Tuzuvchi : shohruh arabjonov
Ushbu gaplarda ajratib ko`rsatilgan so`zlarga urg`u qo`ying!!!
Download 2.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ushbu gaplarda ajratib ko`rsatilgan so`zlarga urg`u qo`ying!!!
1. Do`stim aybdorlarcha bo`yin egib turdi. 2. O`qituvchi xonaga atlas olib kirdi. 3. Hozir ahvol butunlay boshqacha. 4. Soya loviyadan ko`ra qattiroq bo`ladi. 5. Bir tup olma ekdim. 6. To`y xarjida yuzta boy yapon, Bir kambag`al o`zbekcha yo`qdir. 7. Sizsiz to`y o`tmaydi. 8. Men bu masalning javobini allaqachon chiqarganman. 9. Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozi. 10. Jismlarning fizik xossalarini o`rganmoqdamiz. 11. Men tushlikka qaynatma ichaman. 12. Qo`llar ishlar – tez, mo`jizakor. 13. Sanamay sakkiz dema. 14. Men akademik litseyda o`qiyman. 15. Dono o`zini, nodon do`stini ayblar. 16. Aybsiz do`st axtargan do`stsiz qolar. 17. Yaxshilar tufayli dunyo oboddir. 18. O`zbeklar ichida minglab daholar yetishib chiqqan. 19. Hamma ezgu ishlarning boshi odob sanaladi. 20. Derazamning oldida bir tup O`rik oppoq bo`lib gulladi. 21. Zumradginam dalada qolib ketdi. 22. Mardlargina o`z Vatanlari uchun mardonavor kurasha oladilar. 23. Ishonganim sizsiz. 24. O`zbek qizlariga atlas juda yarashadi. 25. Shovulladi tun bo`yi shamol, Qaldiroqlar ko`chdi larzakor. Shivirlading yonimda xushhol: ―Yana keldi, do`stginam, bahor‖. 26. Tog`lar, ko`m-ko`k adirlar, daryolar cheksiz qumloq. 27. Otni tepmaydi, itni qopmaydi dema. 28. Gulnor guzardagi gulzordan go`zal gullar uzdi. 29. Obro` misqollab keladi, qadoqlab ketadi. 30. Hammamizning onamizdir shu Vatan, Yov qoldirgan siynasida ming tikan, Tirikmiz-ku, uni tozalash bizdan, Yur, o`g`lonim, elni ko`tarish uchun. 31. Qon yig`latdi qaysi bag`ritosh, Jayron, nega ko`zing to`la yosh? Oyog`ingga qo`yib yotay bosh, Jayron, nega ko`zing to`la yosh? 32. Shundan beri inson tinmayin, Shu yer uzra ter to`kar hamon. Yerni go`zal qilgani sayin, Go`zal bo`lar o`zi ham inson. 33. Vaqt – keskir qilich, u hech narsaga qaramay shart o`tadi- ketadi. 34. Hayot darsidan saboq beruvchi bir ganj – xazina bor: bu kitobdir. 35. Har ko`zki, agar olmasa ibrat, ko`rdir, Har luqma, agar bermasa lazzat, sho`rdir. 36. Birinchi avtomobil Germaniyada paydo bo`ldi, lekin haydovchilarning no`noqligi tufayli tez-tez ko`ngilsiz voqealar ro`y bera boshladi. 37. Olma eksa bog`iga har kim, Mehmoniga ol, ye demasmi? “Olma” mening mehmondo`st xalqim Odatiga yot so`z emasmi? 38. Eng buyuk jihod insonning nafsi bilan, shayton bilan qilgan jihodidir. 39. ―Qizginam bo`rilarga yem bo`ldiyov‖, - dedi ota. 40. Ko`zlar inson qalbining aksidir. 41. Salimboyvachcha o`zi uchun amirkon etik buyurtiribdi. 42. Sayoq yursang, tayoq yeysan. 43. Biz atlasdan foydalanib materiklar joylashuvini o`rgandik. 44. Fevral oyigina har to`rt yilda bir marta 29 kundan iborat bo`ladi. 45. Chin inson birovga yaxshilik ko`zlar. 46. Axloqning etik normasiga rioya qilish kerak. 47. Bobom keksa bo`lsalar ham, g`ayratlari hali yigitcha. 48. Bu bola – bizning a`lochi o`quvchimiz. 49. Maktabda yozamiz, o`qiymiz, she`r yod olamiz. 50. Urug`ingdir, aymog`ingdir, Biror og`zi maymog`ingdir. Ulardan ham tonasanmi? Bu osonmi? Bu osonmi? 51. Nomingni qaro degan – paxtaginam, senmisan, Lo`ppi deya yutganim – laxtaginam, senmisan. 52. Yoshlik – gul-u gulg`uncha ekan, Bu gul olam turguncha ekan, Yoshlik behad tushuncha ekan, Poyoni yo`q garduncha ekan. FONETIK HODISALAR 1)og'zaki 2)yozma Og„zaki fonetik hodisalar : 1)Metateza : so'zda kelgan tovushlarning o'zaro o'rin almashinishi. M : daryo - dayro, supra - surpa, tuproq - turpoq, la'nat-na'lat, isitma-istima, Maryam- Mayram, ahvol-avhol, afv-avf, aylanmoq-aynalmoq 2)Dissimilyatsiya - so'zda kelgan 2 bir xil undoshning har xil talaffuz qilinishi. Zarur-zaril, birorta-bironta, zarar-zaral 3)Assimilyatsiya - so'zda kelgan ikki har xil undoshning bir xil talaffuz qilinishi. Besh so'm, uch so'm, sutchi, yigitcha, manman, tuzsiz, mahsi, ketdi, mahkam, itday Yozma fonetik hodisalar (Tovush o‟zgarishlari, fleksiya, fuziya) : 1)tovush tushishi 2)tovush almashishi 3)tovush ortishi TOVUSH TUSHISHI 1)past, sust + ay = pasay, susay 2)qizil + ar = qizar 3)qizi + dir = qizdir 4)og'iz + aki = og'zaki 5)olti + ovlon = oltovlon ikki + ala = ikkala yetti + ov = yettov 6)yig'i + la = yig'la 7)buyur + uq = buyruq 8)o'g'il + im = o'g'lim o'g'il + on = o'g'lon 9)ayir, qayir + il = ayril, qayril 10)ayir + i = ayri ayir + o = ayro 11)ayir + im = ayrim 12)qayir + a = qayra 13)chaqin, ingir, ho'ngir + a = chaqna, ingra, ho'ngra 14)ulug' + ay = ulg'ay 15)men, sen + ni, ning, niki = meniki, sening, seni (qo'shimchadagi tovush tushadi) 16)gramm + mi = grammi metall + lar = metallar kongress + si = kongressi asosdagi tovush tushadi 17)ayta + olmoq = aytolmoq bora + olmoq = borolmoq 18)kelar + edi = kelardi qochar + ekan = qocharkan ketgan + emish = ketganmish 19)o'tir + oq = o'troq 20)sariq + ay = sarg'ay 21)shahar + im = shahrim zahar + i = zahri burun + si = burnisi 22)qorin,o‘rin, qo‘yin, bo‘yin, ko'ngil, egin + im = qornim, ko'nglim 23) qay + yoq, yer = qayoqqa, qayer Es : ko'ks, dimog', chorbog' so'zlariga egalik qo'shilsa fonetik hodisa ro'y bermaydi. TOVUSH ORTISHI 1)Jiz+a=jizza 2)gur, shar, uv + os = gurros, sharros, uvvos 3)var, g'ur, xur + ak = varrak, g'urrak, xurrak 4)ega+ la = egalla 5)u, bu ,shu, o'sha + day, dan, da , ga = unga, shunday, o'shanda 6)g'ij + ak = g'ijjak 7)erta+gi = ertangi 8)fan, his , tib + iy = fanniy, hissiy, tibbiy 9)achi, sasi, isi + q = achchiq, sassiq, issiq 10)Rab + im = Rabbim 11)zid + iyat = ziddiyat 12)had [matem.] + i = hadi (fonetik hodisa yo‗q) had [chegara] + im = Haddi 13) qad + i = Qaddi 14)zar+ in = Zarrin 16)Haq (Alloh ) + i = fonetik hodisa yo‗q haq (maosh) + i = haqqi 17)de, ye + il, ish = yeyishmoq , deyilmoq 18)u, bu, shu, o'sha + nisi, ni = buni, shunisi, bunisi eslatma : uning, oppoq , o'tloq fonetik hodisaga uchramaydi. 19)u, bu ,shu ,o'sha + aqa + gi = shunaqa, bunaqangi 20) obro', mavqe, avzo, parvo,mavzu +i = obro'yi, avzoyi, mavqeyi, mavzuyi 21)Xudo, dohiy, ilohiy + si = Xudosi, dohiysi, ilohiysi (fonetik hodisa yo‗q) 22)insho, orzu + m, ng, si= orzung, inshom, orzusi (fonetik hodisa yo‗q) Eslatma : yeysan, deysan, yeydi, deydi so‘zlarida ham fonetik o‘zgarish mavjud emas TOVUSH ALMASHISHI 1)Son,yosh + a = sana, yasha 2)ot + a = ata 3)ong+la = angla 4)qozoq, qoraqalpoq + iston = qozog'iston 5) sariq + ay = sarg'ay 6)bir + ta = bitta 7)o'qi, to'qi, tinti + v = o'quv, to'quv, tintuv 8)Chuchi + k = chuchuk 9)sovi, quri + q = sovuq, quruq 10)o'yna, yig'la, sayra + qi = o'ynoqi, sayroqi 11)tanla, sina, hayda, sayla, maqta, olqa, oqla, qorala, to'pla, qiyna + v, vchi = maqtovchi, qoralovchi, sinov, qiynov 12)sana, bo'ya, tara, yumsha, yama, mudra, yumala, so'ra, qayna + q = yumshoq, mudroq, bo'yoq, taroq, yamoq, so'roq 13)elak, tilak, kerak, yurak, bolalik, suyak, yumshoq, quloq, qishloq + im = elagim, suyagim, keragi, bolaligi, yumshog'im, qulog'im, qishlog'i Eslatma : Quyidagi so'zlarga egalik shakli qo'shilganda fonetik hodisa yuz bermaydi!!!!! shavq, zavq, idrok, ishtirok, ittifoq, axloq, xulq, erk, chek, chok, ocherk, tok, huquq, ishtiyoq, mashq, nok, park, ravnaq, ko'rk, tuk, yuk, xalq, ko'shk 14)h <> y = juda ham ~ judayam 15)"a" bilan boshlanuvchi fe'llarga "b" bilan boshlanuvchi qo'shimcha qo'shilsa, b <> v = ayta bermoq ~ aytavermoq 16) e <> y = borsa edi ~ borsaydi 17)illa <> ulla = shovulla, g'uvulla 18)ga <> ka, qa = o'tloqqa, kurakka 19) ESLATMA : oxiri k va q harflari bilan tugagan so'zlarga xuddi shu harflar bilan boshlanuvchi qo'shimcha qo'shilsa, fonetik hodisa yuz beradi : elakka, oqqa, chiqqach, uniqqan, suyakkacha, qo‘rqqani. ESLATMA : bog'ga, tog'ga, cho'g'ga so‘zlari boshqacha talaffuz qilinsa-da, shunday yoziladi. 20)ishqa, ilg'a + r = ishqor, ilg'or ESLATMA : ar<>mas = bo'lganda r ~ s fonetik hodisa yo‗q (sifatdosh bo'lishsizligi) Eslatma : -bon, -boz qo‘shimchalari ba‘zan –voz, -von tarzida aytilsa ham, doim –boz, - bon yoziladi : darvozabon, dorboz. Lekin –vachcha qo‘shimchasi har doim shunday yoziladi va aytiladi. MASHQ : Berilgan so'zlardagi fonetik o'zgarishlarni aniqlang. Egallamoq, hilpiramoq, kelmasligi, mudroq, qattiq, oqsoqlik, o'rnashmoq, novvoy, yoshligimiz, aytoladi, ko'ngli, metalni, obro'yi, bundan, shunga qaramay, o'ynovchi, issiq, og'rig'i, so'roq, ikkovimiz, uyushma, yaroqlilik, shaldiroq, yo'qlovchi, achchiq, izohlovchi, qattig'i, bittangiz, og'zaki, bo'g'zi, tibbiy, sayroqi, buyruq, bo'laveradi, yaxshimas, o'shanday, qamoqqa, o'zligini, tergov, yo'lovchi, charchoq, zidlovchi, tanlov, o'rnatmoq, meni, o'troqlashmoq, fanniy, fikrlovchi, jamlovchi, senikimi, portlovchi, titroq, sovuq, quruq, ulg'ay, ko'rgandi, sinig'i. MASHQ : Berilgan so'zlarning qaysilariga egalik qo'shimchasi qo'shilsa, so'zda tovush o'zgarishi kuzatiladi. O'g'il, ishtirok, erk, kurak, yanoq, yorug', yoriq, bek, shahar, ravnaq, bank, og'iz, orzu, tok, ishq, baxtlilik, mag'iz, ariq, bag'ir, sochiq, soliq, bo'yin, burun, zahar, farq, yarim, beshik, botir, egin, tog', yo'q, sovuq. MASHQ : Gapdagi tovush o'zgarishlari sonini va turini aniqlang. 1.Qush edim, qanotim qayrildi, gul edim, bulbulimdan ayrildim, ko'ngil sindi chil-chil, mening ozurda yuragimni bu kun so'roqlamas hech kim. 2.Yashil bo'yoq bilan bo'yalgan, ust tomoni qayrilgan o'ymakor panjarali, katta va og'ir darvozaga yetganda, yigitning yuragi biroz o'ynab ketdi. 3.Bag'rim yoniq, yuzim qora ko'nglim siniq, bo'yim bukik, sening huzuringga keldim sultonim. 4.Unga bitta iltimosimni yetkazib qo'y : yashashimga, mening hayotimga aralashmasin. 5.Vatanning baxti, porloq istiqloli, yorqin kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo'lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham qarzdir. 6.Og'zaki nutqi yaxshi bo'lgani uchun davraga boshlovchilik qilish unga topshirilgandi. 7.Unga uchragani yuragi dov bermadi, yig'lab uyga qaytdi. 8.Qoyalar bag'ridan o'ynab oqib tushayotgan shalola unga zavq bag'ishlardi. 9.Yoshligidan tabiiy fanlarga shunday mehr qo'ydiki, bu fanlarning sirli olami uning butun borlig'ini qamrab oldi. 10.Pichoq otdim terakka, qaytib tegdi yurakka. 11.Terakka chiqib, qo'yniga to'rtta chumchuq bola solib tushdi. 12.Bu falokatga yo'liqqan odamning jon achchig'idagi qichqirig'i, Bill qayrilib ham qaramadi. 13.Chindan ham men uni hammadan qizg'anib rashk qilardim, uning quvnoqligi, o'zini erkin tutishi bilan faxrlanardim. Nega shundayligini o'zim ham bilmagandim. 14.Yuragimda ko'pdir alamli dardlar, Mening qizim - sening singling, nomardlar. Qizing ber, deb mening ko'nglim bo'lasan, Suyagimni yonga o'tga solasan. 15.Qudrat o'rnidan turib, egnini qoqdi, xursandligini yashirolmay, tevaragiga to'yib- to'yib qaradi. 16.O'zbekiston Vatanim mening. Bunday ozod va obod mamlakatni bobolarimiz orzu qilishgan. O'zbekistonning jahondagi obro'yi kundan kunga oshmoqda. 17.Bunday holatda yo'lovchi yoki haydovchi tomonidan da'vo arizasi qaytarib olinganligi munosabati bilan ayblovchi ayblovdan ozod etiladi. 18.O'zbekiston va Qozog'iston a'zolari ertangi uchrashuvlar oldidan yuzaga kelgan anglashilmovchiliklarni bartaraf etib olishadi. 19.Mening o'g'lim unaqalardan emas : bag'rimda turib ko'nglimni xijil qilmaydi. 20.Uning gaplari ko'nglimga yoqqan bo'lsa-da, bilintirmaslikka urinardim. Download 2.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling