Tuzuvchi : shohruh arabjonov
Download 2.34 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinekdoxa
SINEKDOXA
Sinekdoxa - (grekcha - birgalikda anglash) Sinekdoxa - shaxs yoki predmetning nomi o'rnida biror a'zo, bo'lak orqali o'sha tushunchani berish, ya'ni bo'lak orqali butunni yoki butun orqali bo'lakni ifodalashni bildiradi. Sinekdoxa - qism orqali butun, butun orqali qismni ifodalaydi. MISOLLAR : 1)Tirnoqqa zor yashaydi (farzand) 2)Eshitgan quloq nima deydi (odam) 3)o'z jigariga ham shunday qildimi (yaqini) 4)Jingalaksoch do'stlarim kelishdi 5) besh qo'l barobar emas (barmoq) 6)kechgach tuz totmadim (narsa yemaslik) 7)bir burda non kifoya 8)Ostonam tuyoq ko'rmagan 9)shu tuyoq bilan 6 ta og'izni boqaman 10)uyimiz 4 tomdan keyin 11)bu eshikka qadam bosmasman 12)G'ilayning rejasi ma'qul 13)Cho'loqqa achindim 14)Yig'ilishda mo'ylov ham gapirdi. 15)Besh panjangni tort 16)Olma guli gul emas, taqsam chakkamda turmas. 17)Oqbilagoyim Toshkentlik 18)G'ildirakni yurg'iz 19)qora ko'zlar termular 20)bir bosh, bir yoqa bo'lishdi. 21)O‘n qo‘li – o‘n hunar 22)Begona oyoqlar paydo bo'ldi 23)oq sut-u tuz hurmati 24)Olma archayotib qo‘lini kesib oldi. 25)Yoshlarimiz baxtiga yomon ko‘z tegmasin. 26)Qandaydir qo'llar uni amal kursisiga o'tqizdi 27)Hajringda boshim oqardi 28) U yerda meni ikkita qorako‘z kutmoqda 29)Bir boshga bir o‘lim. 30)Gunohi ne edi bu tilla boshning. Eslatma : tilimizdagi oy yuz, oq bilak, qorako‘z, sarvqad kabi atamalar ―yor‖, ―dildor‖ ma‘nolarida kelib sinekdoxani yuzaga keltiradi. M : Sajda aylar zohid ul mehrob aro Men qilarman sajda egma qoshima. Es : sinekdoxa nutqimizni ta'sirchanligini oshirishda, ifodali, jozibali bo'lishida ahamiyatga ega. Download 2.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling