Tuzuvchi : shohruh arabjonov


SINONIMLAR (MA'NODOSH SO'ZLAR)


Download 2.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/91
Sana16.11.2023
Hajmi2.34 Mb.
#1778723
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91
SINONIMLAR (MA'NODOSH SO'ZLAR) 
 
Sinonimlar - Bir umumiy ma'noni ifodalovchi ikki yoki undan ortiq birliklar. 
M : Ishlamoq -mehnat qilmoq, ter to‘kmoq. 
Kulmoq – tirjaymoq, iljaymoq, ishshaymoq, tabassum qilmoq. 
Es : Sinonimlar nutqning nozik ma'no qirralarini ifodalashga, takrorlarning oldini 
olishda, nutqning ta'sirchanligini oshirishda eng muhim vosita. 
Sinonimlar - bir umumiy ma'noga ega so'zlardir. 
Sinonimlar 6 xildir : 
1)lekso-sinonimiya : odam - bashar - inson - kishi - shaxs 
2)Frazeologik sinonimiya : lom-mim demadi - og'ziga tolqon solmoq 
3)Affiksal sinonimiya : serdaromad - daromadli, beodob - odobsiz 
4)Leksik - frazeologik sinonimiya : o'lmoq - dunyodan ketmoq, jon berib - astoydil 
5)Paremik sinonimiya : oynayi jahon - zangori ekran, fasllar kelinchagi - uyg'onish 
fasli 
6)shartli sinonimiya : nega kerak shu chiroy, shu o't, yig'latdi meniki, siqtatdi meni 
Leksik(lug'aviy sinonim turlari) :
1)to'liq (ma'noga ta'sir etmaydi) 
amr - farmon - buyruq; hisobchi - buxgalter, lingvist - tilshunos, gimn - madhiya, 
doston - poema. 
To'liq sinonimiya - birorta ma'no qirrasi bilan farq qilmaydigan, asosan chet tilidan 
so'z kirish orqali yuzaga kelgan sinonimlik. 
Bunday so‘zlarni birini ikkinchisi bilan bemalol almashtirib bo‘ladi. 
2)ma'noviy (salbiy yoki ijobiy ta'sir) 
vaysamoq - gapirmoq, ozg'in - nozik - lag'ar 
pichirlamoq - so'zlamoq, murda - o'lik- jasad 
Ma'noviy sinonimlik - bir-biridan quyidagi jihatlariga ko'ra keskin farq qiluvchi 
sinonimlik. 
1)ijobiy va salbiyligi : 
so'zlamoq - to'ng'illamoq - ming'irlamoq - vaysamoq - javramoq 
Yuz - bet - aft - bashara - nusxa - turq - chehra - oraz 
ozg'in - nozik - qiltiriq - lag'ar 
bo'shang - landavur - lapashang 
2)kuchli - kuchsizligiga ko'ra : 
a)so'zlamoq - shivirlamoq - baqirmoq - bo'kirmoq - na'ra tortmoq 
b)gavdali - jussali - barvasta - norg'ul - barzangi 
c)gangimoq - dovdiramoq - esankiramoq - kalovlanmoq - talmovsiramoq 
3)Uslubiy xoslanish - xoslanmasligiga ko'ra
oraz - uzor - chehra - ruxsor 


Bunday so‘zlarni birining o‘rniga ikkinchisini aynan qo‘llash qiyinroq. Uslub jihatdan 
farqlanadi. 

Download 2.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling