Tuzuvchi : shohruh arabjonov
SINONIMLAR (MA'NODOSH SO'ZLAR)
Download 2.34 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Leksik(lugaviy sinonim turlari) : 1)toliq
- 2)manoviy
SINONIMLAR (MA'NODOSH SO'ZLAR)
Sinonimlar - Bir umumiy ma'noni ifodalovchi ikki yoki undan ortiq birliklar. M : Ishlamoq -mehnat qilmoq, ter to‘kmoq. Kulmoq – tirjaymoq, iljaymoq, ishshaymoq, tabassum qilmoq. Es : Sinonimlar nutqning nozik ma'no qirralarini ifodalashga, takrorlarning oldini olishda, nutqning ta'sirchanligini oshirishda eng muhim vosita. Sinonimlar - bir umumiy ma'noga ega so'zlardir. Sinonimlar 6 xildir : 1)lekso-sinonimiya : odam - bashar - inson - kishi - shaxs 2)Frazeologik sinonimiya : lom-mim demadi - og'ziga tolqon solmoq 3)Affiksal sinonimiya : serdaromad - daromadli, beodob - odobsiz 4)Leksik - frazeologik sinonimiya : o'lmoq - dunyodan ketmoq, jon berib - astoydil 5)Paremik sinonimiya : oynayi jahon - zangori ekran, fasllar kelinchagi - uyg'onish fasli 6)shartli sinonimiya : nega kerak shu chiroy, shu o't, yig'latdi meniki, siqtatdi meni Leksik(lug'aviy sinonim turlari) : 1)to'liq (ma'noga ta'sir etmaydi) amr - farmon - buyruq; hisobchi - buxgalter, lingvist - tilshunos, gimn - madhiya, doston - poema. To'liq sinonimiya - birorta ma'no qirrasi bilan farq qilmaydigan, asosan chet tilidan so'z kirish orqali yuzaga kelgan sinonimlik. Bunday so‘zlarni birini ikkinchisi bilan bemalol almashtirib bo‘ladi. 2)ma'noviy (salbiy yoki ijobiy ta'sir) vaysamoq - gapirmoq, ozg'in - nozik - lag'ar pichirlamoq - so'zlamoq, murda - o'lik- jasad Ma'noviy sinonimlik - bir-biridan quyidagi jihatlariga ko'ra keskin farq qiluvchi sinonimlik. 1)ijobiy va salbiyligi : so'zlamoq - to'ng'illamoq - ming'irlamoq - vaysamoq - javramoq Yuz - bet - aft - bashara - nusxa - turq - chehra - oraz ozg'in - nozik - qiltiriq - lag'ar bo'shang - landavur - lapashang 2)kuchli - kuchsizligiga ko'ra : a)so'zlamoq - shivirlamoq - baqirmoq - bo'kirmoq - na'ra tortmoq b)gavdali - jussali - barvasta - norg'ul - barzangi c)gangimoq - dovdiramoq - esankiramoq - kalovlanmoq - talmovsiramoq 3)Uslubiy xoslanish - xoslanmasligiga ko'ra oraz - uzor - chehra - ruxsor Bunday so‘zlarni birining o‘rniga ikkinchisini aynan qo‘llash qiyinroq. Uslub jihatdan farqlanadi. Download 2.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling