Tuzuvchi: Ashurov Ahtam
Download 0.62 Mb.
|
Ashurov 2
Keyingi yillarda akseleratsiya yanada yorqin namoyon bo’lganligi kuzatilgan. Bundan 50 yil ilgari odamlar bo’yining maksimal uzunligi 25-26 yoshga to’g’ri kelgan bo’lsa, bizning zamonamizda o’g’il bolalar 18-19 yoshda, qiz bolalar esa 16-17 yoshda to’liq jismoniy balog’atga yetadilar. Yangi tug’ilgan chaqaloqlar tanasining uzunligi 1930-1940 yillardagiga nisbatan o’rtacha 1 sm ko’p.
Bolaning rivojlanish davrlari tana va a’zolar og’irligi va kattaligi, skelit suyaklarini qotish darajasi, tishlarni paydo bo’lishi, ichki sekretsiya bezlaridagi birlashtiruvchi to’qimalarni rivojlanishi, kortikal faoliyat tavsifi va boshqa belgilar asosida aniqlanadi. Lekin, hozirgi davrgacha, yoshga oid davrlarni tizimlashtirish uchun asos bo’ladigan universal umumiy biologik funksional va morfologik belgilarning to’liq ro’yxati aniqlanganligi yo’q. Yoshga oid davrlar tizimi N.P.Gundobin tomonidan tavsiya qilingan bo’lib tizimlashtirishda bir tomondan organizmning asosiy rivojlanish qonuniyatlari, ikkinchi tomondan, bolalik va o’smirlik davrida tarbiyalashni tashkil qilish masalalari hisobga olingan. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling