Shuning uchun quyidagi: yasli, bog’cha, boshlang’ich, o’rta va yuqori maktab yosh davrlarini pedagogik davrlar deb ham yuritsa bo’ladi. Bolalik davrining tizimi quyidagicha tavsiya etilgan: - Shuning uchun quyidagi: yasli, bog’cha, boshlang’ich, o’rta va yuqori maktab yosh davrlarini pedagogik davrlar deb ham yuritsa bo’ladi. Bolalik davrining tizimi quyidagicha tavsiya etilgan:
- 1. Ona qornida rivojlanish davri. Ushbu davr, homilani ovqatlanishi, nafas olishi, harorati va boshqa omillari masalalarida ona organizmi bilan to’liq bog’liqdir. Bu davrda homilaning o’sishi va rivojlanishi tez sodir bo’ladi.
- 2. Yangi tug’ilgan davri. Bu davr 2-3 haftani tashkil qiladi. Ushbu davr tug’ilish vaqtidan boshlanib,to 2,5- 3,5 haftagacha davom etadi va organizmni tashqi muhit sharoitiga moslashuvi bilan tavsiflanadi. Yangi tug’ilgan bolada ilk bor o’pka orqali nafas olish sodir bo’ladi va o’pkada qon aylanish funksiyasi boshlanadi. Ona organizmi orqali ovqatlanish o’rniga bolaning shaxsiy ovqat hazm qilish trakti fuhksiyasi orqali ovqatlanishi amalga oshadi, analizatorlar ham organizm faoliyatida faol ishtirok etadi. Ushbu davrda homilani oziqlanishini ta’minlaydigan tizimni uzilib tushishi va kindik yarasini tuzalishi sodir bo’ladi, tana og’irligini oldin kamayishi so’ngra esa tiklanishi va ortishi boshlanadi.
3. Chaqaloqlik davri. Bu davr bir yilgacha davom etadi. Ushbu davrda tana uzunligi1,5 barobar kattalashadi va o’rtacha 75 smga yetadi, og’irligi 3 barobar ortadi va 11-12kg atrofida bo’ladi, endokrin bezlar funksiyasi tezlashadi, nutqni harakatlantiruvchi analizatorlari ancha rivojlanib bola gapirishni boshlaydi, lekin so’z boyligi kam bo’ladi, ya’ni atiga 10 tacha so’zni tashkil qiladi.
4. Yasli yosh davri. Bu davrda1yoshdan to 3 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o’sish va tana og’irligini ortishi birmuncha pasayadi, lekin bola yurish va so’z nutqi ko’nikmalariga ega bo’lishi oqibatida, ularning atrof muxit bilan muloqot qilish soxasi kengayadi. Bolani o’zini o’zga odamlardan farqlay olish qobiliyati paydo bo’ladi (ismini aytib chaqirganda qaraydi, qo’lini beradi va x.k.). А’zolarning tuzilishi va funksiyalari takomillashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |