Tuzuvchi: Shukurov F. M. SamDu “Xorijiy Sharq tillari” kafedrasi o’qituvchisi
Download 0.54 Mb.
|
5e5817ec2b415da5af273d952119369e “XORIJIY TIL (ARAB TILI)” FANIDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan nomi: Amaliy xorijiy til (arab tili) Fan turi
- Semestr: 1 Taʼlim shakli
- Amaliy mashg‘ulotlar 60 Laboratoriya mashg‘ulotlari
- Kredit miqdori: 4 Baholash shakli
- Fanning maqsadi (FM) FM1
- Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar 1.
- Mashgʻulotlar shakli: maʼruza (M) mashg’ulotlari uchun fan dasturida soatlar ajratilmagan
- Dastur muallifi: Shukurov F.M. E-mail
- O’QUV MATERIALLARI 1-Modul. Араб alifbosi xususiyatiari
Mazkur modul filologiya fakulteti kengashining 2021 yil -sonli yigʻilishida koʻrib chiqilgan va tasdiqlangan. O’QUV MATERIALLARI 1-Modul. Араб alifbosi xususiyatiari 1-mavzu. Kirish. Араб tili haqida umumiy ma’lumot. Grafika. Arab-Араб alifbosi. Arab yozuvi va uning o'ziga xos xususiyatiari. Kirish. Араб tili haqida umumiy ma’lumot. Darsning maqsadi: talabalarga arab yozuvi va uning tarqalishi. Arab adabiy tilining vujudga kelishini tushuntirish. Dars turi - amaliy mashg’ulot. Dars metodi - jonli nutq asosida og’zaki va yozma bayon. Dars jihozi - darslik, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar. Darsning borishi. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish. 2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash. 3.Yangi mavzu. Arab tili Somiy-Homiy tillar oilasining somiy tarmog’iga tegishlidir. Somiy tillar tarmog’i juda katta tarmoq hisoblanadi va olimlar tomonidan yahshi o’rganilgan. Qadimgi somiy tilida ashshurlar, ibriylar, finikiylar, oromeylar, va arablar gaplashganlar. Somiy tillar tarmog’i 4 guruhga bo’linar ekan, arab tili Janubiy Markaziy yoki Arabiston tili guruhiga kiradi. Qadimgi darajasini - qadimgi arab tili, o’rta va yangi darajasini - klassik va zamonaviy arab tili va ularning shevalari tashkil etadi. Barcha somiy tillar tarmog’iga o’xshash umumiylik xosdir. Bu umumiylik olimlar tomonidan qiyosiy-tarixiy metod asosida aniqlanib quyidagi omillarda yaqqol ko’zga tashlanadi: Fonetik umumiylik: a) Barcha somiy tillarda unlilarning cho’ziq va qisqa ko’rinishlari mavjud. b) Undoshlarning uchlik guruhi mavjud. v) So’z hech qachon unli tovushdan boshlanmaydi. g) Shuningdek ko’sh undoshli boshlanish ham so’zlarda uchramaydi. Leksik umumiylik. Olimlar barcha somiy tillar uchun yuzlab umumiy so’z yoki o’zakni aniqladilar: Morfologik umumiylik: a) Barcha somiy tillarda umumiy xususiyat -o’zakning undosh harflardan iborat bo’lishidir. Odatda o’zak uch undoshdan va kamroq besh undoshdan iborat bo’ladi. b) Unlilar ba’zan qo’shimcha undoshlar bilan o’zak mazmunini ta’kidlash yoki grammatik kategoriyani ko’rsatish uchun hizmat qiladi. v) Arab tilida barcha somiy tillar kabi ichki flektsiya mavjud. g) Ichki qurilishda o’zgarmagan so’zlarda suffiksatsiya ham mavjud. d) Arab tilida barcha somiy tillar kabi ikki jins mavjud. ye) Arab tilida barcha somiy tillar kabi butunlik va yaqqollik tushunchasi mavjud va hokazo. Arab tili tarixiy jihatdan Somiy tillar tarmog’ida eng yosh til hisoblanadi. Janubiy arablar va Shimoliy arab qabilalarning tillari qo’shilib chatishgan holda bizga islomgacha bo’lgan (johiliya davri) arab adabiyoti orqali yetib keladi. Arabiston yarim orolining Shimolida yashovchi Adnon qabilasi bilan Janubda yashovchi Kahtan qabilasi o’rtasida savdo sotiq ishlari natijasida tillarini boyish jarayoni bo’lib o’tdi. Shimoliy Adnon qabilasining mudariy tili nomini olgan til juda rivojlandi va mintaqada hukmronlik qila boshladi. Aynan mana shu mudoriy tili asosida adabiy arab tili paydo bo’ldi. Shunday qilib arab adabiy tilining paydo bo’lishini asosiy omili - himyariylar va mudoriylar tilining qo’shilib ketishi va rivojlanishi. Bu tilning asosiy namunasi islomgacha (joliyya davri) bo’lgan adabiyotda va Qur’oni Karimda o’z ifodasini topdi. Arab tili tarixida uchta katta davr ajralib talqin qilinadi: Qadimgi arab tili. (er.av. II asrdan to IVer. asrigacha). Klassik arab tili. (V-XIX asrgacha). Zamonaviy arab tili. (XIX asrdan to shu kungacha). Qadimgi arab tilidagi yozma yodgorliklar lahen samud safovit yozuvlarida bitilgan bo’lib Arabiiston yarim oroli mintaqasida va Suriyaniing janubiy qismida topilgan. Ular eramizni I va IV asrlarigacha taalluqlidir. Klassik arab tilining ilk davri og’zaki holdagi johiliya she’riyatiga borib taqaladi. Bu she’riyat eramizning VIII va IX asrlarida arab filologlari tomonidan yozildi. Qur’oni Karim klassik arab tilining eng yorqin namunasi sanaladi. Zamonaviy arab tili klassik arab tilining keyingi rivojlanish mahsuli hsioblanadi. SAVOLLAR Arab yozuvi qaysi yozuvdan kelib chiqqan? Arab yozuvi necha turga bo’linadi? Keng qo’llanadigan yozuv qaysi? Nash yozuvi qanday yozuv? Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling