12 - DARS. Abjad hisobi: ta’rix moddasi, muammo, hijriy qamariy va hijriy shamsiy yilni milodiy yilga hamda milodiy yilni hijriy qamariy va hijriy shamsiy yilga aylantirish.
Darsning maqsadi: talabalarga nuni kof va so’z o’rtasida va oxirida qo’llanishi, hozirgi o’zbek tilidagidek “ng” tovushini ifoda qilishi haqida ma’lumot berish.
Dars turi - amaliy mashg’ulot.
Dars metodi - jonli nutq asosida og’zaki va yozma bayon.
Dars jihozi - darslik, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi. Tashkiliy qism:
1.Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish.
2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
3.Yangi mavzu:
Arab alifbosiga asoslangan eski o‘zbek yozuvida ң (ng) sonor tovushi hozirgi yozuvdagi kabi ikkita harf ى va گ yordamida birikma shaklida qo‘llangan. Ң tovushi ishtirok qilgan so‘z va qo‘shimchalar ًگ tarzida yozilgan va o‘qilgan. 1-topshiriq. Lom-alif, kof-alif va gof-alif harfiy birikmalarini har birini mashq daftaringizga bir necha qatordan yozing.
2-topshiriq. Berilgan so‘zlarni eski o‘zbek yozuviga o‘giring.
Bugun, butun, ko‘rik, eshik, terak, gulzor, gugurt, gard, gulchi, gulari, agar, elak, dalil, kelin, kabutar, barg, norin, nodir, gap, kapalak, kamalak, kiprik.
3-topshiriq. Berilgan harflarni alifbodagi o‘rni bo‘yicha joylaщtiring:
د س ؿ ٍ ژ ی ا م ّ ک م ط ل ى گ ػ ى
topshiriq. Berilgan matnni o‘qing va undan ikkinchi shaxs egalik va qaratqich kelishigi ishtirok qilgan jumlalarni mashq daftaringizga yozing.
A.Avloniyning «Birinchi muallim» kitobidan
ARSLON ILA AYIQ
Bir kun Arslon ila Ayiq ikkisi do‘st bo‘lub, ov qilmoqchi bo‘ldilar. Sahroga chiqub, yugurub-yelub bir kiyikni tutdilar.
Yemakchi bo‘lub turgan vaqtlarinda oralarinda urush paydo bo‘ldi. Arslon: - Man kattaman, manga ko‘brog‘ berursan. Ayiq: - Man kichik bo‘lsam ham sandan ko‘b harakat qildim, yugurdim, yeldim. San bir joyda qarab turding. Sergo‘sht yerni man yerman, deb urush boshladilar. Shul darajaga yetdilarki, ikkisi ham o‘lar holatga yetub, yerga yiqilub, qimirlashga majol qolmadi. Bularning holidan bir necha bo‘rilar xabardor bo‘lub, kelushub tayyorgina kiyik go‘shtini ueb, suyagini qo‘yub ketdilar. Bu ikki janjal qilgan bechoralar bir-birlariga der edilarki, agar bizlar urushmagan bo‘lsak edi, ikkimizning ham qornimiz to‘ygon bo‘lur edi. Mana, urushgonimiz uchun ikkimiz ham og‘zimizdagi oshimizdan ayrilduk, deb afsus qilub, oxirda surgolib borub, molimizning so‘lakayi deb, quruq suyakni chaynadilar.
Urushgonlar suyakni zo‘rg‘a chaynar, Tamoshachi suyaksiz etni poylar.
Ketub qaymog‘i, sut qolg‘au o‘ziga,
Sut ham shirin ko‘ringay och ko‘ziga.
Do'stlaringiz bilan baham: |