13 - DARS. Ta’rix moddasi, muammo,
Darsning maqsadi: talabalarga arab grafikasi asosidagi eski o’zbek yozuvining isloh qilinishi tarixi, uning “Chig’atoy gurungi” tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi, yutuq va kamchiliklarini tushuntirish.
Dars turi - amaliy mashg’ulot.
Dars metodi - jonli nutq asosida og’zaki va yozma bayon.
Dars jihozi - darslik, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi. Tashkiliy qism:
1.Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish.
2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
3.Yangi mavzu:
Asrlar davomida qo’llanib kelgan arab alifbosi xalq ommasining savod chiqarishi uchun birmuncha qiyinchilik tug’dirdi. Shuning uchun ham o’zbek ziyolilari oldida alifboni soddalashtirish yoki boshqa osonroq imloni qabul qilish masalasi ko’ndalang turardi. Nihoyat, 1921 yilda arab yozuvi isloh qilindi. Ya’ni yozuv oldingisiga nisbatan birmuncha soddalashtirildi. Ommaning osonroq savod chiqarishi uchun muayyan qulaylik yaratildi.
Hozirgi yozuvdan savod chiqargan kishi uchun eski o‘zbek yozuvini o‘rganish ancha mashaqqatli ish bo‘lib ko‘rinadi. Biroq bu yozuvning xususiyatlariga chuqur ilmiylik nuqtai nazaridan yondoshgan va metodik jihatdan to‘g‘ri yo‘ldan borgan kishi uchun yozuvni o‘zlashtirishda hech qanday qiyinchilik bo‘lmaydi, aksincha, unda shu yozuvni o‘rganishga nisbatan alohida qiziqish va ishtiyoq paydo bo‘ladi.
Eski o‘zbek yozuvini o‘rganish bo‘yicha yaratilgan qo‘llanmalar anchagina bor va ulardan foydalanib talabalarimiz eski yozuv sirlari bilan allaqachon tanishib ulgurdilar. Biroq yozuvni o‘rganish ustidagi mashqlar o‘quvchini tabiiy tarzda bir qancha noaniq nuqtalarga, anglashilmovchiliklarga duch keltiradiki, biz bu erda tilga olingan ma’lumotlar orqali ana shu xil noaniqliklarni bartaraf etishga va eski yozuvning eski o‘zbek tilini o‘rganishga yo‘l ochuvchi ayrim tomonlarini yoritishga harakat qilamiz.
14 – DARS. Hamzaning imlo qoidalari
Darsning maqsadi: talabalarga arab grafikasi asosidagi eski o’zbek yozuvining isloh qilinishi tarixi, uning “Chig’atoy gurungi” tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi, yutuq va kamchiliklarini tushuntirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |