غرفةٌ -hona المدينةُ -shahar مكتبة -kutubhona.
القريةُ - qishloq.
Shuningdek, اءُ au qo’shimchasi bilan tugagan hamda ى (a) qo’shimchasi bilan tugagan so’zlar, agar, ى (a) harfi o’zak tarkibiga kirmasa muannas so’z hisoblanadi. Masalan:
صحراءُ -sahro, بُشْرَى - esdalik, حُبْلَى - oqiroyoq.
Arab tilida yana shunday so’zlar mavjudki ularning belgisi grammatik belgiga ega emas, shu so’zning mazmuniga qarab belgilanadi.
1. ة ta marbuta harfi bilan tugagan so’z erkak zotini bildirsa yoki erkak kishiga qo’yilgan ism bo’lsa, bu so’z muzakkr so’z hisoblanadi.
Masalan:
خليفةٌ -halifa قتادةُ -Qatoda
حمزة -hamza طلحةُ -Talha
2. Muannaslik grammatik belgisi bo’lmagan quyidagi so’zlar muannas hisbolanadi. a) ayol kishini va ayollarni ismini bildiruvchi so’zlar. أمٌّ -ona, عروسٌ - kelinchak, زينبُ -Zaynab, بنتٌ -qiz.
b) tanadagi juft a’zolarni bildiruvchi so’zlar.
عينٌ -ko’z, يَدٌ -qo’l, أذْنٌ -quloq, رِجْلٌ -oyoq
v) aniqlik artiklni olmagan va tanvin qo’shimchasi bilan tugamaydigan geografik nomlar.
مِصْرُ -Misr بَغْدادُ -Baqdod
بصرةُ -Basra, طرابلوسُ -Tripoli
g) shamol, olov, urush, quyosh kabi so’zlar.
Masalan:
شَمْسٌ نارٌ حّرْبٌ سمومٌ
3. Bundan tashqari ة bilan tugamagan ayrim otlar har ikkala jinsda ham ishlatilishi mumkin.
Masalan:
فَرَسٌ - ot كَبْدٌ - jigar قَوسٌ - yoy
SAVOLLAR
Muzakkar jins nima?
Muannas jinsning qushimchalari qaysilar?
Ikki jinsda ham ishlatiluvchi ismlar ham bormi?
Асосий адабиётлар
1.Иброҳимов Н., Юсупов Т. Араб тили грамматикаси. 1-, 2-ж. –Т., 1998, 2003.
2. Faruk Abu-Chakra. Arabic An Essential Grammar. Routledge, 2007.
Do'stlaringiz bilan baham: |