Tuzuvchi: Yunusova Mohira 3-“ ” sinf o’quvchisi
Hikoya qahramonlarini yozing
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
3- sinflar uchun ta\'til topshiriqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Bo’ri nima uchun savodsiz bo’lsa ham otning tuyog’idagi xatni o’qimoqchi bo’ldi
- Yo’lbars bilan tulki
1. Hikoya qahramonlarini yozing
_____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ______________ 2. Bo’ri nima uchun yemishsiz qoldi ?_____________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _______________ 3. Bo’ri nima uchun savodsiz bo’lsa ham otning tuyog’idagi xatni o’qimoqchi bo’ldi? __________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ________________ 4. Bo’rining o’limiga nima sabab bo’ldi?__________________________________ _____________________________________________________________________________ _________________________________________________________ 5. Ertakdan chiqargan xulosangizni yozing. _______________________________ _____________________________________________________________________________ _________________________________________________________ Yo’lbars bilan tulki Kunlardan bir kun tulki to‘qayzorda och yo‘lbarsga duch kelib qolibdi. Yo‘lbars bo‘kiribdi, tulki bo‘lsa qo‘rqqanidan turgan yerida qotib qolibdi. «Agar uni aldamasam ajalim yetdi», — debdi tulki o‘ziga-o‘zi. Nima qilish kerak? Yo‘lbars tashlanay-tashlanay deb turibdi. Shunda tulki o‘zini qo‘rquvdan emas, kulgidan titrayotgan qilib ko‘rsatib: «Ha-ha-ha!» deb kulibdi. Yo‘lbars hayron bo‘lib yerga o‘tiribdi-da: — Nega kulayapsan? — deb so‘rabdi. — Sen bechoraning holingga kulayapman-da! — deb javob beribdi tulki zo‘rma-zo‘raki kulgancha — Nima? Senga kulayapman, deysanmi? — deb bo‘kiribdi yo‘lbars. — Albatta, senga kulayapman-da! — debdi tulki. — Sen bechora hozir meni yemoqchi bo‘layapsan, mening bo‘lsa kulgim kelayapti. Ha-ha-ha! Axir sendan endi hech kim qo‘rqmaydiku! Lekin mendan hamma qo‘rqadi, hatto odamlar ham qo‘rqishadi! Yo‘lbars o‘ylanib qolibdi: «Balki uning gapi to‘g‘ridir? Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, tulkiga tegish xavfli- ku!» — Ishonmayotganga o‘xshaysan, — debdi tulki. — Yur, bo‘lmasa, agar odamlar mendan qo‘rqishmasa, meni dum-pumim bilan yeb qo‘yaqol. Yo‘lbars rozi bo‘libdi, so‘ng ikkovlari yo‘lga tushishibdi. Dehqonlar shahardan qaytib kelayotgan yo‘lga yaqin borishibdi. — Tez-tez yur, orqada qolma! — deb qichqiribdi tulki va o‘zi oldinga tushib yuguribdi. Yo‘lbars katta-katta qadam tashlab, tulkining orqasidan boraveribdi. Odamlar qarashsa bahaybat yo‘lbars ular tomon kelayotgan emish. Birdan qiy-chuv ko‘tarib qichqirishibdida, bor narsalarini tashlab qocha boshlashibdi. Shunda baland o‘sgan o‘tlar orasida ko‘rinmay ketgan tulki bo‘ynini cho‘zib yo‘lbarsga qichqiribdi: — Xo‘sh, ko‘rdingmi? Odamlar dumimning uchini ko‘riboq shunchalik Qo‘rqib ketishdi. Senga hech kim qaragani ham yo‘q! Ahmoq yo‘lbars uyalganidan tumshug‘ini quyi solibdida, astoydil xafa bo‘lib o‘z to‘qayzoriga qarab ketibdi. Endi tulki uning ustidan rostakamiga kulibdi. Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling