Tuzuvchi: Yunusova Mohira 3-“ ” sinf o’quvchisi
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
3- sinflar uchun ta\'til topshiriqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Ertakdan chiqargan xulosangizni yozing.
1. Ertak nima haqda edi?
_____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ______________ 2. Tulki nima uchun hayla ishlatdi ?_____________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _______________ 3. Yo’lbar nima uchun odamlar tulkidan qochishdi deb o’yladi? __________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ________________ 4. Sizningcha qaysi qahramon qo’rqoq va dovyurak?______________________ _____________________________________________________________________________ _________________________________________________________ 5. Ertakdan chiqargan xulosangizni yozing. _______________________________ _____________________________________________________________________________ _________________________________________________________ Yo‘lbars, kiyik va tulki Bir kuni yo‘lbars tog‘ etagida aylanib yurib daraxtlar ostidagi ko‘m-ko‘k maysalarni yeb yurgan kichkinagina kiyikchani ko‘rib qolibdi. Kiyikcha yo‘lbarsni ko‘rib, qo‘rqqanidan turgan yerida qotib qolibdi. Hech qayerga qochib bo‘lmas ekan-da! Shunda kiyikcha butun jasoratini to‘plabdi-da, yo‘lbarsni aldashga qaror qilibdi. U bu yo‘lbarsning tirik kiyikni ilgari hech ko‘rmaganligini bilarkan. Shuning uchun o‘zini yo‘lbarsni ko‘rmaganlikka solibdi-da, teskari qarab indamay o‘tlab yuraveribdi. Yo‘lbars bu g‘alati hayvon nega qochmadiykin, deb ajablanibdi. Keyin yaqinroq kelib: — E birodar, boshingizdagi shoxingiz nima uchun kerak? — deb so‘rabdi. Kiyikcha kulimsirab: — Yo‘lbarslarni tilka-pora qilish uchun, — deb javob beribdi. — Nima uchun biqinlaringizda xollar juda ko‘p? — deb so‘rabdi tag‘in yo‘lbars. Kiyikcha unga: — Har safar yo‘lbarsni yeganimda bittadan oq xol paydo bo‘laveradi. Sendaqalardan shunchalik ko‘p yedimki, endi bu xollarni sanasam adashib ketaman, — debdi. Bu so‘zlarni eshitgan yo‘lbars qo‘rqib qochib ketibdi. Yo‘lda tulkini uchratibdi-da, unga qo‘rqqanining sababini aytib beribdi. Tulki qah-qah otib kulibdi. — Kiyikcha seni rosa mazax qilibdi-ku! — debdi u. Biroq yo‘lbars uning gapiga ishonmay qo‘rqqanidan dag‘-dag‘ titrayveribdi. — Agar shunchalik qo‘rqsang, ijozat ber, ustingga minib olay, ikkimiz kiyikchaning oldiga boramiz-da, hammasini aniqlaymiz, — debdi tulki. Kiyikcha tulki bilan yo‘lbars ning birga kelayotganini ko‘rib, tulki haqiqatni aytib berganini payqabdi. Endi qanday qilib ulardan qutulish kerak? Shunda u to‘satdan ovozining boricha baqira boshlabdi: — Yasha tulkivoy, rahmat senga! Kecha «kattakon yo‘lbarsni haydab kelaman», degan eding, bugun keltiribsan, qoyilman, so‘zingning ustidan chiqar ekansan! Juda chiroyli yo‘lbarsni keltiribsan-da! Ayni tushlik vaqtida yetkazib kelibsan-a! Bu gaplarni eshitgan yo‘lbars bir sakrab bechora tulkini tishlab olibdi-da, tiraqaylagancha qochib ketibdi. Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling