YI. Muassasadan tayinlangan amaliyot rahbarining vazifalari.
6.1. Talabalarni muassasa tarkibi, barcha iqtisodiy bo’limlar vazifalari bilan tanishtirish;
6.2.Har bir amaliyot o’tuvchi talabani zaruriy materiallar bilan ta’minlash;
6.3.Talabalarning amaliyot o’tishini dastur asosida amalga oshirilishini ta’minlash;
6.4.Talabalar tomonidan. Dasturning ma’lum qismi bajarilgandan so’ng uning kundalik daftarga yozilishi ustidan nazorat qilish va imzo qo’yish;
6.5.Talabalar yozgan hisobotlarini o’qib turish va o’z fikr - mulohazalarini bildirish;
6.6. Amaliyot yakunida talabalarning faoliyatiga o’z bahosini berish.
VII. Malakaviy amaliyotga rahbarlik qilish va uni nazorat qilish tartibi
Malakaviy amaliyotni tashkil qilish va rahbarlik qilishi institutning “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir amaliyot o’tayotgan korxonaga institutdan belgilangan kafedraning professor-o’qituvchilaridan biri pedagogik yuklamaga muvofiq berilgan soatlar doirasida rahbarlik qiladi. Bundan tashqari amaliyotni o’taydigan talabalar uchun har bir korxonaning o’zida korxona rahbari yoki bosh buxgalteri tomonidan rahbar tayinlanadi. Talaba amaliyotni dasturga muvofiq ravishda o’tishi uchun tegishli shart-sharoit bilan ta’minlanadi.
Institutdan tayinlangan amaliyot rahbari, ishlab chiqarishda tayinlangan amaliyot rahbari bilan birgalikda talabaga ushbu dasturga muvofiq kalendar rejasini tuzadi. Rejada ish kunlar soni aniq ko’rsatiladi.
SHu bilan birgalikda amaliyotni o’tish jarayonini nazorat qiladi va talabalarga tegishli maslahatlar beradi.
Ishlab chiqarishdan tayinlangan rahbar har bir talabaning kalendar rejasi bilan tanishib, talabaning kalendar rejasi bo’yicha ishlashini ta’minlaydi. Talabalarning amaliyotiga dastur hamda kalendar rejasi bo’yicha ishlashini doimiy ravishda nazorat qiladi.
Malakaviy amaliyotining tugashida hisobotning rasmiylashtirilishi, uning mazmuni, tartibliligi va sifatiga e’tibor qaratiladi.
Korxonadagi amaliyot rahbari amaliyoti tugaganda talabaga tavsifnoma berib, hisobot haqida amaliyot bo’yicha kundalikka o’z fikr mulohazalarini yozib baho qo’yib beradi.
Agarda talaba korxonadagi tartib-intizomni buzsa, korxona tomonidan tayinlangan rahbar salbiy tavsifnoma berish huquqiga ega. U holda talaba hisobotini topshirish va himoya qilish huquqidan mahrum bo’ladi. Natijada amaliyotini qayta o’taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |