Tuzuvchilar: katta o’qituvchilar: V. G. Yakubov H. R. Fozilov Taqrizchilar


Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi


Download 214 Kb.
bet8/13
Sana04.02.2023
Hajmi214 Kb.
#1165789
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3-kurslar uchun Amaliyot Dasturi (2)

6.Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi.
Asosiy vositalar hisobini tashkil qilish hamda uning vazifalari. Asosiy vositalarni turkumlash. Aktiv tan olinganida uni baholash. Asosiy vositalarni xo’jalik sub’ekti balansiga kirim qilish yo’llari. Kapital qo’yilmalarni hisobga olish. Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash tartibi va usullari.
Mavzu bo’yicha buxgalteriya o’tkazma (provodka)larini beradi va mavzuga doir xujjatlarni to’ldirib hisobotga ilova qiladi
Nomoddiy aktivlar hisobini tashkil etish. Nomoddiy aktivlarni turkumlash va baholash. Nomoddiy aktivlarni kirim qilish va xarakatini hujjatlashtirish. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash tartibi va usullari. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish tartibi. Biznes birlashuvining qismi sifatida sotib olish. Gudvill hisobining xususiyatlari.
Nomoddiy aktivlarni kirimga olish uchun quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:
1. Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-toshirish dalolatnomasi
2. Nomoddiy aktivlarni tugatilishi (hisobdan chiqarish) dalolatnomasi.
3. Nomoddiy ob’ektlarga amortizatsiyasini hisoblash qaydnomasi.
4. Nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarish jarayonida qo’llanilishi bo’yicha korxona rahbarining buyrug’i;
5. Nomoddiy aktivlar ob’ektlaridan foydalanish muddatlari to’g’risidagi bayonnoma;
6. Nomoddiy aktivning maxfiyligi to’g’risidagi korxona rahbarining buyrug’i.
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish qo’yidagi hujjatlarga asoslanadi:
1. Baholash to’g’risidagi mustaqil baholovchi korxonaning xulosasi asosida tuziladigan hisobdan chiqarish dalolatnomasi;
2. Amal qilish muddati tugaganda, komissiya xulosasi asosida tuziladigan hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnomasi;
3. Boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida qo’yganida, tahsis hujjatlari, foydalanish huquqini boshqa birovga berish to’g’risidagi shartnoma, foydalanish huquqini boshqalarga berish qiymatini baholash to’g’risidagi mustaqil baholovchi korxona xulosasi bo’yicha tuziladigan qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi yoki chiqib ketish dalolatnomasi;
4. Tekinga berilganda, foydalanish huquqini boshqa birovga berish to’g’risida tuzilgan shartnoma asosida tuziladigan qabul qilib olish-topshirish yoki chiqib ketish dalolatnomasi.
Mavzu bo’yicha buxgalteriya o’tkazma (provodka)larini beradi va mavzuga doir xujjatlarni to’ldirib hisobotga ilova qiladi



Download 214 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling