Tuzuvchilar: katta o’qituvchilar: V. G. Yakubov H. R. Fozilov Taqrizchilar


X. Amaliyot natijalarini yakunlash va hisobotni himoya qilish


Download 214 Kb.
bet12/13
Sana04.02.2023
Hajmi214 Kb.
#1165789
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3-kurslar uchun Amaliyot Dasturi (2)

X. Amaliyot natijalarini yakunlash va hisobotni himoya qilish
Amaliyot bo’yicha yozilgan hisobot talaba tomonidan imzolanishi, amaliyot tugaganidan keyin belgilangan kundan kechiktirmasdan “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasiga topshirishi lozim. Hisobot bilan birga dastur, kundalik va tavsifnoma ham qo’shib topshiriladi.
Amaliyoti bo’yicha yozilgan hisobot topshirilgandan so’ng kafedra mudiri tomonidan belgilangan rahbar ushbu hisobotni tekshirib, ijobiy baholangan taqrizini bergandan keyin, agarda, unda kamchiliklar ko’rsatilgan bo’lsa, ushbu kamchiliklar bartaraf etilishi shart.
Hisobot tavsifnoma va xulosa bilan “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasiga taqdim qilinadi. Ijobiy xulosa va taqrizga ega bo’lgan hisobot kafedra professor-o’qituvchilarning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda himoya qilishga qo’yiladi.
Amaliyot bo’yicha yozilgan hisobotni tekshirish va himoya qilish institut tomonidan belgilangan muddatda kafedrada tuzilgan komissiya tomonidan o’tkaziladi. Malakaviy amaliyot hisoboti amaliyoti 100 balli tizim bo’yicha baholanadi va talabaning reyting daftarchasiga yoziladi.
Amaliyot davrida talaba korxonada belgilangan tartibga rioya qilmasa, mehnat qonunchiligida belgilangan tartibga bo’ysunmasa, ichki ish tartibiga rioya etmasa amaliyot rahbari Farg’ona politexnika instituti rektori nomiga shikoyat yozishga haqlidir. Talabaning keyingi taqdiri Farg’ona politexnika instituti rektori tomonidan hal etiladi.
XI. O’quv malakaviy amaliyotini o’tash natijalari bo’yicha talabalar bilimini baholash mezonlari
Amaliyot natijalari bo’yicha talabalar bilimi quyidagi mezonlar bo’yicha baholanadi:
Dasturda belgilangan vazifa bo’yicha o’zining mustaqil xulosasini va taklifini shakllantiradi. Bunda mustaqil ravishda korxonaning xududidagi yoki mamlakat iqtisodiyotidagi tutgan o’rni hamda ahamiyati, rivojlantirish yo’nalishlari bo’yicha takliflarini shakllantirgan holda korxona rahbariyatiga taqdim etish belgilanadi.

90-100 bal

  • Agar talaba hisobotni belgilangan talab bo’yicha rasmiylashtirsa, dasturda belgilangan vazifalarni to’liq bajarsa, har bir belgilangan yo’nalish bo’yicha mustaqil xulosa va fikrlarini havola etsa hamda korxonani rivojlantirish bo’yicha amaliy ahamiyatga ega bo’lgan takliflarni shakllantirib, korxona rahbariyati tomonidan ijobiy natija olgan hamda himoya jarayonida berilgan barcha savollarga to’liq javob bersa.

70-89 bal

  • Agar talaba amaliyot hisobotini belgilangan talab bo’yicha rasmiylashtirsa, dasturda belgilangan vazifalarni bajarib, har bir belgilangan yo’nalish bo’yicha mustaqil xulosa va takliflarni bersa, lekin korxona rahbariyati tomonidan ijobiy natija olmagan hamda himoya jarayonida berilgan savollarga asosan javob bersa.

60-69 bal

  • Agar talaba amaliyot bo’yicha hisobotni rasmiylashtirishda ba’zi kichik xatolarga yo’l qo’yib, har bir belgilangan yo’nalish bo’yicha mustaqil xulosa va takliflarni shakllantirmagan bo’lsa, korxona rahbariyati tomonidan ham ijobiy natija olmagan hamda himoya jarayonida berilgan savollarga qisman javob bersa.

59 dan past bal

  • Agar talaba amaliyot bo’yicha hisobotni rasmiylashtirishda jiddiy xatolarga yo’l qo’ygan bo’lsa, amaliyot ob’ekti yuzasidan ma’lumotlar va ko’nikmalarga ega bo’lmasa yoki bajarilgan hisobotni himoya qila olmasa va berilgan savollarga javob bera olmasa.

1-ilova
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


Farg’ona politexnika instituti


«Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi

Malakaviy amaliyoti bo’yicha


HISOBOT

______________________________________________________


(amaliyot o’tkazilgan joy nomi va manzili)
______________________________________________________
Guruh:________________________________

Talaba:_________________________________


Institut tomonidan tayinlangan rahbar:__________________

Korxona tomonidan tayinlangan rahbar:___________________


(imzo va muhr)
Hisobotga qo’yilgan baho:___________
Farg’ona-2022

Download 214 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling