7. Moliyaviy natijalar va rentabellik tahlili.
Moliyaviy natijalarni tahlil kilishning axamiyati, mazmuni va vazifalari. Tahlilning axborot manbalari. Umumiy moliyaviy natijalar, ularning tarkibi va tuzilishini tahlili. Maxsulot sotishdan kurilgan yalpi moliyaviy natija va unga ta’sir etuvchi omillarning tahlili. Asosiy faoliyatning moliyaviy natijalari tahlili. Moliyaviy faoliyatning daromadlari va xarajatlari tahlili. Umumxo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari tahlili. Solik tulangunga kadar foyda tahlili. Byudjetga tulovlar va ajratmalarning tahlili. Sof foyda va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili. Rentabellik kursatkichlari va ularga ta’sir etuvchi omillar tahlili. Foyda va rentabellikni oshirish imkoniyatlarini aniklash.
8. Korxonalar moliyaviy xolatini reyting baxolash va
tahlil kilish.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy xolatini reyting baxolashning zaruriyati. Tahlil maksadi, mazmuni va vazifalari. Korxonalar faoliyati reytingining turlari, moxiyati va baxolash usullari. Korxonalar moliyaviy xolatini reyting baxolashda kullaniladigan kursatkichlar tizimi va ularni aniklash usullari.
IX. Amaliyot hisobotini rasmiylashtirishga bo’lgan talablar.
Amaliyotning tugashida har bir talaba bajargan ishi bo’yicha hisobot topshirishi kerak. Hisobot yuqorida belgilangan mavzular bo’yicha yoziladi. Uni belgilangan tartibda yozib kafedraga topshiradi. Hisobotda amaliyotni o’tagan joydan ijobiy tavsifnoma bo’lishi shart.
Amaliyotning oxirida talabalar yozma ravishda yakuniy hisobotni rasmiylashtiradilar.
Tushuntirish xati A4 bichimdagi qog’ozda 14 shriftda, 1,5 intervalda yozilgan 30-35 betdan iborat bo’ladi.
Sahifaning tartib raqami sahifaning pastki qismidan o’rtaga qo’yilishi, agar hisobot qo’lyozma shaklida yozilsa, unda sahifa raqami pastki qismda sahifa chetida yoziladi. Hisobotni raqamlash kirish qismidan 3 raqam bilan boshlanadi. Hisobotning betlarida matnning chap tomoni 30 mm, yuqori tomoni 20 mm, o’ng tomoni 15 mm, quyi tomoni 20 mm bo’lishi, Times New Roman shriftlaridan foydalanilgan bo’lishi tavsiya etiladi. O’ngdan 3sm, chapdan 1sm, pastdan va yuqoridan 2 sm dan joy tashlab, titul varag’i bilan boshlanadi. Hisobot betida (titul varag’ida) institutning nomi, kafedraning nomi, amaliyot turi, talabaning ismi sharifi, rahbar o’qituvchining ismi sharifi va tegishli imzolar bo’lishi kerak.(1-ilova)
Hisobot qo’lyozma va kompьyuter variantda tayyorlanishi mumkin. Hisobot yakunida ilovalar keltirilishi kerak. Hisobotning barcha varaqlari va jadvallarda ularning tartib raqami qo’yilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |