Tuzuvchilar: katta o’qituvchilar: V. G. Yakubov H. R. Fozilov Taqrizchilar
X. Amaliyot natijalarini yakunlash va hisobotni himoya qilish
Download 214 Kb.
|
3-kurslar uchun Amaliyot Dasturi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- X I . O’quv malakaviy amaliyotini o’tash natijalari bo’yicha talabalar bilimini baholash mezonlari
X. Amaliyot natijalarini yakunlash va hisobotni himoya qilish
Amaliyot bo’yicha yozilgan hisobot talaba tomonidan imzolanishi, amaliyot tugaganidan keyin belgilangan kundan kechiktirmasdan “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasiga topshirishi lozim. Hisobot bilan birga dastur, kundalik va tavsifnoma ham qo’shib topshiriladi. Amaliyoti bo’yicha yozilgan hisobot topshirilgandan so’ng kafedra mudiri tomonidan belgilangan rahbar ushbu hisobotni tekshirib, ijobiy baholangan taqrizini bergandan keyin, agarda, unda kamchiliklar ko’rsatilgan bo’lsa, ushbu kamchiliklar bartaraf etilishi shart. Hisobot tavsifnoma va xulosa bilan “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasiga taqdim qilinadi. Ijobiy xulosa va taqrizga ega bo’lgan hisobot kafedra professor-o’qituvchilarning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda himoya qilishga qo’yiladi. Amaliyot bo’yicha yozilgan hisobotni tekshirish va himoya qilish institut tomonidan belgilangan muddatda kafedrada tuzilgan komissiya tomonidan o’tkaziladi. Malakaviy amaliyot hisoboti amaliyoti 100 balli tizim bo’yicha baholanadi va talabaning reyting daftarchasiga yoziladi. Amaliyot davrida talaba korxonada belgilangan tartibga rioya qilmasa, mehnat qonunchiligida belgilangan tartibga bo’ysunmasa, ichki ish tartibiga rioya etmasa amaliyot rahbari Farg’ona politexnika instituti rektori nomiga shikoyat yozishga haqlidir. Talabaning keyingi taqdiri Farg’ona politexnika instituti rektori tomonidan hal etiladi. XI. O’quv malakaviy amaliyotini o’tash natijalari bo’yicha talabalar bilimini baholash mezonlari Amaliyot natijalari bo’yicha talabalar bilimi quyidagi mezonlar bo’yicha baholanadi: Dasturda belgilangan vazifa bo’yicha o’zining mustaqil xulosasini va taklifini shakllantiradi. Bunda mustaqil ravishda korxonaning xududidagi yoki mamlakat iqtisodiyotidagi tutgan o’rni hamda ahamiyati, rivojlantirish yo’nalishlari bo’yicha takliflarini shakllantirgan holda korxona rahbariyatiga taqdim etish belgilanadi.
1-ilova O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Farg’ona politexnika instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi Malakaviy amaliyoti bo’yicha HISOBOT ______________________________________________________ (amaliyot o’tkazilgan joy nomi va manzili) ______________________________________________________ Guruh:________________________________ Talaba:_________________________________ Institut tomonidan tayinlangan rahbar:__________________ Korxona tomonidan tayinlangan rahbar:___________________ (imzo va muhr) Hisobotga qo’yilgan baho:___________ Farg’ona-2022 Download 214 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling