Tvich va diqt ma'ruza lotin
Konstruktiv ishlab chiqish quyidagilarni o’z ichiga oladi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7399 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik ishlash quyidagilarni uz ichiga oladi
Konstruktiv ishlab chiqish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) buyumni kompanovka qilishni soddalashtirish; 2) buyumni montaj va regulirovka qilishning qulay bo’lishini ta'minlash uchun uni bo’laklarga ajratish; 3) buyumning aloxida yig’ish birikmalarini parallel yig’ish imkoniyatini ta'minlash; 4) buyumni tashkil qiluvchi detallar ro’yxatini qisqartirish; 5) soddaroq shaklga ega bo’lgan detallarni ishlatish; 6) ishlatiladigan detallarning yuqori ishonchliligini ta'minlash uchun ularni iloji boricha unifikatsiya qilish, detallar zagotovkasi uchun texnologiyaga moslashgan zagotovkalarni qo’llash; 7) konstruktiv bazalarni tanlab olish va detal tayyorlash jarayonini xisobga olgan holda o’lcham qo’yish; 8) ishlov berilayotgan yuzalarning ratsional tozaligiga erishish (рациональная чистота поверхности) hamda o’zaroalmashuvchanlikning maqsadga muvofiq shaklini ta'minlovchi qo’yimlar qo’yish; 9) buyumning normal ishlashini ta'minlovchi montaj tirkishlari va tarangliklarini qo’yish; 10) asboblar, detallar, yig’ish birikmalari va agregatlar unifikatsiyasi. Texnologik ishlash quyidagilarni uz ichiga oladi: 1) ishlab chiqarishni o’zlashtirish muddatlarini qisqartirish ta'minlovchi jihozlar, agregatlar va yig’ish birikmalarining unifikatsiyasini ta'minlash va konstruktsiyaga mosligini ta'minlash; 2) ishlov berishda zamonaviy yuqori unumdor va avtomatlashgan texnologik jarayonlarni qo’llash; 3) buyumni tayyorlashda berilgan aniqlik va sifatni ta'minlash; 26 4) buyumni tayyorlash uchun sarflanadigan material minimal sarflanishini ta'minlash; 5) buyumni nazorat qilishning ratsional usuli va vositalarini qo’llash. Ekspluatatsion ishlash quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1) buyumning foydalanish ishonchliligi va ko’pga chidamliligi; 2) foydalanish jarayonida xizmat ko’rsatishning qulay bo’lishi; 3) ta'mirlashning soddaligi va qulayligi; 4) buyumni og’irligi minimal bo’lishi. Avtomobil konstruktsiyasining texnologiyaga mosligini oshirish ishlarini bajarishda quyidagilarni xisobga olish kerak: 1.Texnologiyaga mos konstruktsiyani yaratishda yuqori unumdor, iqtisodiy samarador ishlov berish va yig’ish texnologik jarayonlarga asoslanish. 2.Konstruktsiyaning texnologiyaga mosligini ishlab chiqishda buyumni butunicha qarash kerak, uning qismlarini aloxida-aloxida qarash kerakli natijalarni bermaydi. Buyumning texnologiyaga mosligini baholash konstruktsiyaning ikki yoki bir necha variantini ishlov berishdan avval va ishlov berishdan keyin taqqoslab baholanadi. Konstruktsiyaning texnologiyaga mosligini baholashning eng mukammal usuli bu buyumning tayyorlash qiymati bo’lib, qolgan ko’rsatkichlar konstruktsiyaning texnologiyaga mosligiga to’liq baho bera olmaydi. Buyumni tayyorlash qiymati S quyidagi bog’lanish bilan ifodalanishi mumkin. С= М+ Z+ Н bunda, M - materiallar qiymati, Z - asosiy ish xaqi, N- jihoz va binolar qiymatidan to’lanadigan to’lovlar, yordamchi xizmat ko’rsatuvchi texnik va boshqaruv apparati ish xaqini o’z ichiga oluvchi nakladnoy harajatlar. Asosiy ish xaki buyumni tayyorlash mehnat sarfining funktsiyasi bo’lgani uchun tayyorlash mehnat sarfi konstruktsiyaning texnologiyaga mosligi asosiy ko’rsatkichlardan xisoblanadi. Detalni tayyorlash mehnat sarfi zagotovkani tayyorlash 27 mexanik-termik ishlov berish, qoplama qoplash kabilardan tashkil topadi. Buyumni tayyorlash mehnat sarfi esa uning har qaysi detalni tayyorlash mehnat sarfi hamda uni yig’ish siyqalash va sinash mehnat sarflarini o’z ichiga oladi. Mexanik ishlov berish va yig’ish mehnat sarflari bir turli buyumlarda turg’un bog’lanishga ega bo’lib, o’zaro ma'lum mutanosibsiz bo’ladi. Mehnat sarfi bilan baholashda konstruktsiyaning turli variantlarini ularning umumiy mehnat sarflarini taqqoslash bilan bajariladi. Material sig’imi esa buyumning aloxida detallarini va butunicha tayyorlash uchun talab qilinadigan materiallar sarfini ko’rsatadi. Metaldan foydalanish koeffitsienti tayyor buyum og’irligini shu buyumni tayyorlash uchun sarflangan material og’irligiga nisbati bilan harakterlanadi. Bu koeffitsient qabul qilingan texnologik jarayon buyumni tayyorlashning qanchalik ratsional ekanligini ko’rsatadi. Mexanik ishlov berish va yig’ish mehnat sarfi konstruktsiyaning texnologiyaga mosligini to’liq harakterlamaydi. Chunki mexanik ishlov berish va yig’ish sifat jihatdan detallar shaklining soddaligi yig’ishning o’ngayligi bilan ham harakterlanadi. Agar konstruktsiyaning texnologiyaga mosligini asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha tadqiqot qilishda to’liq tasavvur bermasa, u holda qo’shimcha ko’rsatkichlar bo’yicha baholanadi. Qo’shimcha ko’rsatkichlar sifatida quyidagilar qabul qilinadi: 1) detallar unifikatsiyasi; 2) detal elementlarining progressiv texnologiya bilan va tayyorlashdagi unifikatsiyasi; 3) maxsus po’latlarni qo’llash. 3. Qabul qilingan texnologik echim ayrim olingan uzel va agregatlarni meyoriga etkazish (prigonka) ishlarini kullamasdan erkin oqim usulida yig’ishni ta'minlashi kerak. Konstruktsiyani ishlab chiqishda yig’ish birligida detallar soni iloji boricha minimal bo’lishiga harakat qilish kerak. Bunga yig’ish birligining eng oddiy sxemasini tanlab olish va texnologiyaga mos bo’lgan bir necha detallarni bitta detalga birlashtirish bilan erishish mumkin. Texnologiyaga mos bo’lgan buyum konstruktsiyasi parallel va erkin yig’ish usulini ta'minlaydi. Bu buyumni mustaqil yig’ish birliklari va agregatlariga oqilona 28 ajratish bilan xal qilinadi. Agregat va yig’ish birikmalarining texnologiyaga mos konstruktsiyasi yig’ish nuqtai nazaridan quyidagi masalalarni yechadi. a) yig’ish siklini kamaytiradi; b) yig’ish operatsiyalariga aniq iqtisoslashtirish kiritib, ish sifatini oshiradi; v) yig’ish mehnat sarfini kamaytirib, yig’uvchilar malakasini kamroq bo’lishini ta'minlaydi. Yig’ish sodda bo’lishi va yig’ish joyi esa ishlash uchun o’ngay bo’lishi kerak. Yig’ishning soddaligi deganda biriktirishda murakkab texnologik jihozlarni qo’llab emas, balki oddiy usular bilan biriktirish tushiniladi. Ishlash uchun o’ngay bo’lish deganda esa yig’ish joylarining iloji boricha ochiqligi ularni sozlash va nazorat qilish ham o’ngay bo’lishi kerak. Agar birikadigan yoki presslanadigan birikmalarda faska yoki kirish qismi ko’zda tutilgan bo’lsa, yig’ish ancha soddalashgan bo’ladi. Yig’ishda ayrim detallarga mexanik ishlov berish yoki birikkan detallarga birgalikda ishlov berishni ko’zda tutgan maqsadga muvofiq emas. Yig’ish jarayoni yig’ilayotgan buyum va ishlab chiqarish turiga bog’liq. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling