Tvich va diqt ma'ruza lotin


 Dastgoh, moslama, kesuvchi asbob, detal (DMAD) SPID tizimining bikr


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/71
Sana16.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1279162
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71
Bog'liq
Kitob 7399 uzsmart.uz

5. Dastgoh, moslama, kesuvchi asbob, detal (DMAD) SPID tizimining bikr 
emasligi. Metalga ishlov berish dastgohi moslama va asboblarni ko’rib chiqilayotganda 
shuni nazarda to’tish kerakki, detal ma'lum qo’yimga va kafolatlangan tirkishga ega va 
uni qisish va kesish kuchi faqat bir taraflamagina ta'sir qilishi mumkin. Ta'sir 
qilayotgan kesish kuchi tizimning ba'zi elementlarida elastik deformatsiya va ba'zi 
yuzalarda kontakt deformatsiyasini keltirib chiqarishi mumkin. Bu kontakt 
deformatsiyalar detal materialining elastikligiga, birlashmaning turiga, birlashmaning
sifati va aniqligiga bog’liq. SPID tizimiga kesish kuchi R ta'sir qiladi. Bu kuchni 
koordinata boshi O bo’lgan x, y, z o’qlari bo’yicha uchta tashkil etuvchi kuch Rx 
,Py,Pz deb qarash mumkin. Bu uchta kuchdan ishlov berish aniqligiga Py kuchi asosiy
ta'sirini ko’rsatadi. Chunki Rx kuchi detal bo’ylab yo’nalgani uchun deyarli ta'sir 
qilmaydi.Pz esa juda kam ta'sir qiladi. Shunday qilib SPID tizimi kesish kuchi ta'siri 
ostida detalning ishlov berish aniqligiga ta'sir qiladi. 
SPID tizimining bikrligi deganda esa detalga ishlov berish jarayonida unga ta'sir 
qilayotgan kuchga karshi turish qobiliyati tushiniladi. Ry kuchining SPID tizimiga 
ta'siri, ya'ni ishlov berilayotgan yuzaga ta'siri kuch bilan yuza orasida chiziqli 
boglanishga ega. 
Ry = yj 


20
bunda Ry - y uki bo’yicha ta'sir qiluvchi kuch 
y - asbob va ishlov berilayotgan yuzaning o’zaro siljishi 
j - bikrlik koeffitsienti yoki tizim bikrligi. 
Qo’yim deb - detalni tayyorlash jarayonida tayyor detal yuzasidan olib 
tashlanadigan metal qatlamiga aytiladi. 
Zagotovkaga ishlov berishda metal qirquvchi dastgohlarda metal og’irligining 
60% igacha qirindiga chikib ketadi. Avtomobilsozlikda esa bu ko’rsatkich 20...30% ni 
tashkil qiladi. 
Shuning uchun ishlab chiqarishga ilmiy jihatdan asoslangan qo’yimlarni tadbik 
etish xalk xo’jaligining dolzarb masalalaridan biridir. Detalni tayyorlashda olib 
tashlanadigan metal qatlami tayyorlovchi zavod uchun amalda yukotilgan material 
xisoblanadi, chunki qirindining qiymati yangi material qiymatidan juda ham arzon. 
Ortiqcha metal qatlamini olish bu zagotovkaga ishlov berishning qo’shimcha vaqt, 
kesuvchi jihoz, elektroenergiya degan so’z.
Ishlov berish qo’yimini kamaytirish uchun yangi texnologiyalar qo’llaniladi. 
Masalan, shtamplangan tirsakli vallar deyarli tokarlik ishlov berishga barham beradi. Bu 
esa detal tannarxini anchaga kamaytiradi. Juda kam quyiladigan qo’yimlar ham 
maqsadga muvofiq emas. Chunki bunda brak bo’lish extimoli ko’payadi. 
To’g’ri qo’yilgan qo’yim shunday qo’yimki, bunda sexning yuqori sifatli
mahsulot ishlab chiqarishini eng past tannarx bilan ta'minlovchi qo’yim xisoblanadi. 
Mashinasozlikda bug’ungi kunda qo’yimni aniqlashning tajriba statik usuli qo’llaniladi. 
Bu usulda biror detalga qo’yimni aniqlashda shu detalga uxshash detal tayyorlashda 
quyiladigan qo’yim va tajribaga asoslanib quyiladi. Tajriba statik usulda aniqlangan 
qo’yim juda katta bo’lib, texnologik jarayonlar xususiyatlarini xisobga olmaydi. 
Yakkalab va seriyalab ishlab chiqarishda qo’yim jadvallaridan foydalanish mumkin. 
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonini ishlab chiqishda ishlov berish 
qo’yimining umumiy va oraliq qiymatlarini aniqlash kerak bo’ladi. Texnologik jarayon 
davomida yuzaga bir necha bor ishlov beriladi, bu holda umumiy qo’yim bir necha 
o’tish va operatsiyalar davomida olinadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling