Tvich va diqt ma'ruza lotin


Dastgohning noaniqligi va yeyilganligi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/71
Sana16.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1279162
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
Bog'liq
Kitob 7399 uzsmart.uz

1. Dastgohning noaniqligi va yeyilganligi. Ma'lumki, metalga ishlov beruvchi 
hamma dastgohlar DUST (GOST)ga muvofiq ma'lum aniqlik bilan tayyorlanadi, ya'ni 
har qaysi alohida olingan dastgoh ideal dastgohning kinematik sxemasiga solishtirganda 
uning ishchi organlarining siljishi va quyilishida noaniqliklar bo’ladi. Masalan, DUST 
bo’yicha tokarli va frezerlik dastgohlarining radial tepishi 0.01-0.015 mm atrofida yon 
tomonga tepishi 0.01-0.02 mm stanina yunaltiruvchisining parallel emasligi 
(neparallelnost) va to’g’ri emasligi (nepryamolineynost) emasligi har 1000 mmga 0.02 
mm atrofidagina yo’l quyiladi. Bu noaniqliklar ishlov berilayotgan detalga to’g’ridan-
to’g’ri utadi. 
Bundan tashqari dastgoh ishlaganda eyiladi va uning aniqlik darajasiga
ta'sir qiladi. 
2. Moslamaning yeyilganligi va noaniqligi. Mexanik ishlov berish aniqligiga 
moslamalarning tayyorlanish aniqligi ham katta ta'sir qiladi. Moslamalar detallar
tayyorlash aniqligi bo’yicha tayyorlanadi. Detalni 2 - 3 klass qo’yim bilan ishlov berib 
tayyorlangan bo’lsa, moslamaning o’lcham aniqligi esa 1/2 – 1/3 qo’yim aniqlikda 
bo’ladi. Shunday qilib moslamani tayyorlashda ma'lum noaniqlik xosil bo’ladi, bu esa 
ishlov berish aniqligiga ta'sir qiladi. Bu noaniqliklar yuklamasiz holda bo’ladi. Ish 
paytida esa u yeyiladi, bu uz navbatida moslama noaniqligini yanada oshiradi. 
3. Jihozning noaniqligi va yeyilganligi. Jihozlarni ishlab chiqish juda yuqori 
aniqlikda bo’ladi, ammo kesish asbobi ish davomida anchagina yeyiladi. Odatda ishlov 
berish aniqligi keskichning tayyorlanish aniqligi bilan bog’liq. Asboblarni 
tayyorlashdagi qo’yim DUST bo’yicha reglamentlanadi (belgilanadi).
4. Detalni dastgohga o’rnatish noaniqligi. Detalga ishlov berishdan avval uni 
keskich asbobga nisbatan xolatini belgilab olish kerak va shu xolatni operatsiyaning 


19
bajarilishi davomida o’zgartirilmaydi. O’rnatilgan detal xolatini qisib turuvchi 
qurilmalar yordamida fiksatsiya qilish mumkin. Ammo detalni qo’yishda va qatirishda 
ma'lum xatolikka yo’l kuyilishi mumkin. Qo’yish noaniqligi texnologik bazani to’g’ri 
tanlab olishga, yuza tozaligi va aniqligiga bog’liq. Bundan tashqari u moslama va 
dastgohning aniqligi va tozaligiga ham bog’liq. Shunday qilib detalni dastgohga 
o’rnatish noaniqligi deganda detalni mazkur operatsiyada bazalashdagi noaniqligi va 
qatirishdagi noaniqlik tushiniladi. 
Qischqichlar qisish yuzasiga ta'sir qilib, uni elastik yoki plastik deformatsiyalashi 
mumkin. Qisish kuchi detalga umuman ta'sir qilib uni deformatsiyalaydi va kesuvchi 
asbobga nisbatan siljitib yuborishi mumkin.
Bularning hammasi detalning ishlov berish aniqligiga ta'sir qilishi mumkin. 
Shuning uchun toza ishlov berishda detalni qisish kuchini shunday tanlab olish kerakki, 
u kerakli aniqlikni ta'minlasin. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling