Tvich va diqt ma'ruza lotin
Dastgohning noaniqligi va yeyilganligi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7399 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Moslamaning yeyilganligi va noaniqligi
- 3. Jihozning noaniqligi va yeyilganligi
- 4. Detalni dastgohga o’rnatish noaniqligi.
1. Dastgohning noaniqligi va yeyilganligi. Ma'lumki, metalga ishlov beruvchi
hamma dastgohlar DUST (GOST)ga muvofiq ma'lum aniqlik bilan tayyorlanadi, ya'ni har qaysi alohida olingan dastgoh ideal dastgohning kinematik sxemasiga solishtirganda uning ishchi organlarining siljishi va quyilishida noaniqliklar bo’ladi. Masalan, DUST bo’yicha tokarli va frezerlik dastgohlarining radial tepishi 0.01-0.015 mm atrofida yon tomonga tepishi 0.01-0.02 mm stanina yunaltiruvchisining parallel emasligi (neparallelnost) va to’g’ri emasligi (nepryamolineynost) emasligi har 1000 mmga 0.02 mm atrofidagina yo’l quyiladi. Bu noaniqliklar ishlov berilayotgan detalga to’g’ridan- to’g’ri utadi. Bundan tashqari dastgoh ishlaganda eyiladi va uning aniqlik darajasiga ta'sir qiladi. 2. Moslamaning yeyilganligi va noaniqligi. Mexanik ishlov berish aniqligiga moslamalarning tayyorlanish aniqligi ham katta ta'sir qiladi. Moslamalar detallar tayyorlash aniqligi bo’yicha tayyorlanadi. Detalni 2 - 3 klass qo’yim bilan ishlov berib tayyorlangan bo’lsa, moslamaning o’lcham aniqligi esa 1/2 – 1/3 qo’yim aniqlikda bo’ladi. Shunday qilib moslamani tayyorlashda ma'lum noaniqlik xosil bo’ladi, bu esa ishlov berish aniqligiga ta'sir qiladi. Bu noaniqliklar yuklamasiz holda bo’ladi. Ish paytida esa u yeyiladi, bu uz navbatida moslama noaniqligini yanada oshiradi. 3. Jihozning noaniqligi va yeyilganligi. Jihozlarni ishlab chiqish juda yuqori aniqlikda bo’ladi, ammo kesish asbobi ish davomida anchagina yeyiladi. Odatda ishlov berish aniqligi keskichning tayyorlanish aniqligi bilan bog’liq. Asboblarni tayyorlashdagi qo’yim DUST bo’yicha reglamentlanadi (belgilanadi). 4. Detalni dastgohga o’rnatish noaniqligi. Detalga ishlov berishdan avval uni keskich asbobga nisbatan xolatini belgilab olish kerak va shu xolatni operatsiyaning 19 bajarilishi davomida o’zgartirilmaydi. O’rnatilgan detal xolatini qisib turuvchi qurilmalar yordamida fiksatsiya qilish mumkin. Ammo detalni qo’yishda va qatirishda ma'lum xatolikka yo’l kuyilishi mumkin. Qo’yish noaniqligi texnologik bazani to’g’ri tanlab olishga, yuza tozaligi va aniqligiga bog’liq. Bundan tashqari u moslama va dastgohning aniqligi va tozaligiga ham bog’liq. Shunday qilib detalni dastgohga o’rnatish noaniqligi deganda detalni mazkur operatsiyada bazalashdagi noaniqligi va qatirishdagi noaniqlik tushiniladi. Qischqichlar qisish yuzasiga ta'sir qilib, uni elastik yoki plastik deformatsiyalashi mumkin. Qisish kuchi detalga umuman ta'sir qilib uni deformatsiyalaydi va kesuvchi asbobga nisbatan siljitib yuborishi mumkin. Bularning hammasi detalning ishlov berish aniqligiga ta'sir qilishi mumkin. Shuning uchun toza ishlov berishda detalni qisish kuchini shunday tanlab olish kerakki, u kerakli aniqlikni ta'minlasin. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling