Tvich va diqt ma'ruza lotin
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7399 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 – Mavzu: Konstruktsiyalarning texnologiyaga mosligi………………………..…25 5 - Mavzu: Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni…………………………..…31 6
- 7 – Manzu: Avtomobilsozlikda yig’ish jarayoni………………………………...…..61 8 – Mavzu: Avtomobillarni tamirlash bo’yicha umumiy qoidalar…………….….71
- 11 – Mavzu: Qayta tiklash texnologik jarayonini loyihalash va yangi metodlar…………………………………………………………………………….….96
- 1- Mavzu: Kirish. O’zbekiston avtomobil sanoatining rivojlanishi. Reja: 1. Fanning maqsadi va vazifalari. 2. Vatanimiz avtomobilsozlik sanoatining tarixi.
“TAVSIYa ETILGAN”
„Transport vositalaridan foydalanish“ kafedrasi Majlisida muhokama qilingan va tavsiya etilgan Kafedra mudiri________________________T.Almatayev (kafedra majlisining_____-sonli bayonnomasi) “_____”_________________200__y. 3 MUNDARIJA 1 - Mavzu: Kirish. O’zbekiston avtomobil sanoatining rivojlanishi…………..…….4 2 – Mavzu: Avtomobilsozlik texnologiyasining nazariy asoslari………………...…10 3 – Mavzu: Detallarga mexanik ishlov berish aniqligi va qo’yim……………...…..17 4 – Mavzu: Konstruktsiyalarning texnologiyaga mosligi………………………..…25 5 - Mavzu: Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni…………………………..…31 6 – Mavzu: Avtomobillarning na'munaviy detallarini tayyorlash texnologiyasi………………………………………………………………….………..40 7 – Manzu: Avtomobilsozlikda yig’ish jarayoni………………………………...…..61 8 – Mavzu: Avtomobillarni ta'mirlash bo’yicha umumiy qoidalar…………….….71 9 – Mavzu: Ta'mirlashda ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar……………...78 10 – Mavzu: Avtomobil detallarni ta'mirlash usullari…………………………..….86 11 – Mavzu: Qayta tiklash texnologik jarayonini loyihalash va yangi metodlar…………………………………………………………………………….….96 12 – Mavzu: Komplektlash (butlash) va yig’ish jarayonlari texnologiyasi…..…..103 Tayanch iboralar…………………………………………………………………….116 4 1- Mavzu: Kirish. O’zbekiston avtomobil sanoatining rivojlanishi. Reja: 1. Fanning maqsadi va vazifalari. 2. Vatanimiz avtomobilsozlik sanoatining tarixi. 3. Avtomobil zavodlari va uning turlari. Avtomobilsozlik sanoatini rivojlanishida avtomobillarni ishlab chiqarish alohida o’rin egallaydi. Chunki davlatning iqtisodiy rivojlanishi og’ir sanoat rivojlanishi bilan bog’liq. Shuning uchun ham bo’lajak bakalavrlar transport vositalarini ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish va ta'mirlash usullari va metodlarini to’liq bilishi zarur bo’ladi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng, jadal rivojlanish, davlat va ijtimoiy xayotining barcha sohalarini tubdan o’zgartirish, bozor munosabatiga o’ziga xos yo’l tanlab, bosqichma - bosqich o’tishi tamoyilini tutdi. Xalk xo’jaligining barcha tarmoqlari faoliyati yangi bosqichiga o’tishni o’zaro manfaatdorlik tashqi iqtisodiy aloqalar asosida ko’rmoqda. Xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarning jadal rivojlanayotgan shu davrida respublika avtotransport sohasi taraqqiyoti muxum ahamiyatga ega. Davlatimiz raxbariyati va prizidentimiz avtomobilsozlikni rivojlantirish va transportdan samarali foydalanish masalalariga katta e’tibor bermoqdalar. 1996 yilda Janubiy Koreyaning “DAEWOO” firmasi bilan hamkorlikda Andijon viloyatining Asaka shaxrida “Uz DAEWOO avto” Co qo’shma korxonasi qurilib, uch xil rusumdagi: “Tiko”, “Damas” va “Nexia” avtomobillari ishla chiqarila boshlashi O’zbekistonni dunyoning bu sohasidagi 28-mamlakati sifatida tan olinishini ta'minladi. “Uz DAEWOO avto” Co ishga tushishi bilan O’zbekiston ichki bozorni yengil Avtomobil va mikroavtobuslar bilan to’ldirilibgina qolmay, Rossiya Federatsiyasi, MDX va boshqa davlatlarga ham Avtomobil eksport qila boshladi. “Uz DAEWOO avto” Co avtomobillariga agregat va ehtiyot qismlarni mamlakatimizda ishlab chiqarish borosida ko’plab qo’shma korxonalar ishga tushirilmoqda. Bunday qo’shma korxonalar Andijon, Namangan, Farg’ona va boshqa viloyatlarda tashkil qilindi. Masalan: Andijonda “Uz Dong Xong Ko”, “Uz Dong Yang Ko”, “Uz Qoram Ko” qo’shma korxonalari ishga tushirildi, bular avtomobilning saloni 5 ichki qoplamalari, oldi va orqa bamperlar, asboblar, panellar, benzobaklar, lak, bo’yoq materiallari va boshqalar ishlab chiqarmoqdalar. “Uz DAEWOO avto” Co va unga aloqador qo’shma korxonalarning barpo etilishi mamlakatimiz xalk xo’jaligining avtotransportga bo’lgan ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, minglab zamonaviy ish o’rinlar bunyod etilishiga sabab bo’ldi. Shuning uchun ham yurtboshimiz I.A.Karimov: “Avtomobil sanoati O’zbekiston iqtisodiyotining tayanchiga aylanib bormoqda” - deb bejis xitob qilmaydi. 1999 yilda Samarqandda “Sam Kucha avto” qo’shma korxonasi ishga tushirildi. Bu korxona o’rta sig’imli avtobuslar, kichik va o’rta sig’imli yuk tashish avtomobillari chiqaradi, loyiha quvvati xozircha yiliga 3000 dona avtobus va 1000 dona yuk avtomobillari chiqarishga qodir. Hozirgi kunda O’zbekistonga Yaponiya, Amerika, Frantsiya va boshqa chet el firmalarining avtomobillari ham ko’plab keltirila boshlandi. “Ikarus” (Vengriya), “DEU” (Janubiy Koreya), “Karosa” (Chexiya), “Mersedes Bents” (Germaniya), “Dogan” (Turkiya) kabi chet el firmalari avtomobillaridan keng foydalanilmoqda. Respublika xalk xo’jaligining bir me'yorda ishlashi uchun yaxshi yo’lga qo’yilgan ichki va tashqi transport aloqalariga ega bo’lishi kerak. I.A.Karimov. “O’zbekiston XXI asr bo’sagasida xavsizlikka taxdid va barqarorlik shartlari, taraqqiyoti kafolatlari” asarida transport sohasiga munosabatida shunday deydi: - “O’zbekiston respublikasi qonunchilik asosining transport munosabatlarini tartibga soluvchi qismini umuman qabul etilgan xalqaro norma va qoidalariga yaqinlashtirish bo’yicha faol ish olib bormoqdalar. Masalan, avtomobilda yuk tashish borasida MDP guvoxnomasini qo’llagan holda xalqaro yuk tashish to’g’risidagi bayonnoma konventsiyasi, xalqaro yuk tashish shartnomasi to’g’risidagi konventsiya, yo’l belgilari va signallari to’g’risidagi konventsiya va yo’l harakati to’g’risidagi konventsiya ratifikatsiya qilindi”. [1-2] O’zbekiston BMT ning “Tranzit yuk tashishda hamkorlikni rivojlantirish orqali savdoni kengaytirish” dasturida bevosita ishtiroq etib, “Buyuk ipak yo’lini” tiklash uchun katta amaliy ishlar bajarilmoqda. Respublikamizda Avtomobil transporti bilan yuk tashish 1990 yilda 300000000 t. ga yaqinni tashkil qilgan bo’lsa, 1995 yilga kelib bu ko’rsatkichni 420000000 t. ni va 6 umumiy yuk tashish hajmining 50% ni tashkil etdi. Yaqin kelajakda bu ko’rsatkich yanada jadal oshish istiqboliga ega. Talabalarga bu borada Avtomobil ishlab chiqarish va ta'mirlash texnologiyasi fani zarur bilim va ko’nikmalar beradi. Ushbu fan ikki qismdan iborat bo’lib: birinchi qismida avtomobillarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xomaki detallarni olish ularga mexanik ishlov berish, yig’ish, sinash va bo’yash jarayonlari bilan tanishiladi; ikkinchi qismida esa ekspluatatsiya davrida o’zini ishlash xususiyatlarini yo’qotgan avtomobil va uning qismlarini ta'mirlash texnolgik jarayoni o’rganiladi. Bularning hammasi vatanimiz avtomobilsozligi rivojlanish davrida ekanligini ko’rsatib turibdi. Bunday avtomobillardan foydalanish uchun biz ularni qay tarzda ishlab chiqarilayotganligini unda qanday dastgohlar va jarayonlar mavjudligini bilishmiz zarur. Avtomobil ishlab chiqaradigan zavodlar turli xil bo’lishi mumkin. Avtomobil zavodlari ishlab chiqarayotgan mahsulotning turiga qarab kompleks Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling