Qisman o’zaro almashinuvchanlik usuli - bu usulda yig’ish paytida barcha
detallar emas, balki qisman detallar tanlamasdan yoki o’lchamlarini o’zgartirmasdan
yig’iladi.
Guruxli o’zaro almashinuvchanlik usulida detallar joiz chetlashish maydoni ancha
tor bo’lgan o’lcham guruxlariga saralanadi.
Chiniqtirish jarayonida ta'mirlashda yo’l qo’yilgan
nuqsonlar ham aniqlanadi,
mexanizmlar, qismlar va kushilmalar uzil-kesil rostlanadi.
Ishlatib moslash. Detallarni ishlatib bir-biriga moslash jarayonida ularning
urinish
sirtlari kattalashib, bu sirtlarning eyilishiga chidamliligi oshadi, ya'ni
detallarning ish boshlanishida o’zaro ishqalanuvchi sirtlarining sifati yaxshilanadi.
Ob'ektlarni sinash - ta'mirlash sifatini baholash maqsadida o’tkaziladigan
nazorat ishi.
118
Dvigatellarni chiniqtirish. Dvigatellar STE- 40-1000 GOSNITI, STEU -28-
1000 GOSNITI universal elektr tormozli chiniqtirish stendlarida ishlatib chiniktiriladi.
Chiniqtirish tartiblari:
sovuqlayin chiniqtirish, gaz berib yuksiz ishlatib
chiniqtirish, gaz berib yuklab chiniqtirish, sinash va ko’zdan kechirib nazorat qilish.
Grunt - bo’yash uchun tayyorlangan sirtga surtiladigan qatlam.
Shpatlevka - grunt ustidan surtiladigan qatlam bo’lib,
sirtlarni tekkislash -
govaklarni, tirnalgan, chuqur va boshqa notekisliklarni to’ldirish uchun mo’ljallangan.