Tvich va diqt ma'ruza lotin


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/71
Sana16.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1279162
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
Kitob 7399 uzsmart.uz

Yig’ish operatsiyasi - bir yoki bir necha ishchi tomonidan mazkur uzel yoki 
mahsulot ustida bajarilgan texnologik jarayonning tugallanagan qismiga aytiladi.
Tayyorlov - detal va sotib olingan mahsulotlar (uzellar) yig’ish sharoiti talab 
qilgan xolatga keltiriladi (dekonservatsi-yalash O’lchovlariga ko’ra turlarga ajratish, 
ma'lum idishlarga solish va boshqalar).
Moslab o’rnatish - mazkur operatsiyada yigilish jarayonini ta'minlash va keyingi 
yig’ishning borishini ta'minlash. 
Sozlash - detallarning uzellardagi va uzellarning mahsulotdagi xolatini
aniqligiga erishish uchun amalga oshiriladi. 


114
Yig’ish jarayonining takomillashish darajasi eng avvalo uning qanchalik 
mexanizatsiyalashganligi bilan belgilanadi.
Qo’zg’almas birikma detallari ishchi xolatda bir-biriga nisbatan qo’zg’ala 
olmaydi.
Texnologiya - ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish usullari va vositalari 
to’g’risidagi bilimlar majmuasidan iborat.
Tinch xolatdagi ishqalanish - ikki jismning nisbiy harakatga o’tguniga qadar 
mikroharakatlaridagi ishqalanish.
Harakatdagi ishqalanish - nisbiy harakatda bo’lgan ikki jismning ishqalanishi. 
Surkov materialisiz (quruq) ishqalanish - ishqalanuvchi sirtiga xech qanday 
surkov materiali surtilmagandagi ikki jismning ishqalanishi. 
Surkov materiali bo’lgandagi moyli ishqalanish - ikki jismning ishqalanuvchi 
sirtiga har qanday surkov materiali surtilgandagi ishqalanishi. 
Sirpanishdagi ishqalanish - ikki qattiq jismning harakatidagi shunday 
ishqalanishki, bunda urinish nuqtalarida jismlarning tezliklari qiymati va yo’nalishi 
bo’yicha har xil bo’ladi. 
Dumalashdagi ishqalanish - ikki qattiq jismning harakatidagi shunday 
ishqalanishki, bunda urinish nuqtalarida ularning tezliklari qiymati va yo’nalishiga 
ko’ra bir xil bo’ladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling