Tvich va diqt ma'ruza lotin


 – Mavzu: Detallarga mexanik ishlov berish aniqligi va qo’yim


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/71
Sana16.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1279162
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71
Bog'liq
Kitob 7399 uzsmart.uz

3 – Mavzu: Detallarga mexanik ishlov berish aniqligi va qo’yim. 
Reja: 
1.
Mexanik ishlov berish aniqligi. 
2.
Detal aniqligiga ta'sir qiluvchi omillar. 
3.
Qo’yim va uning turlari. 
Mashinalarning, jumladan, avtomobillarning yuqori sifatliligini va uzoqqa 
chidamliligini ta'minlovchi asosiy parametrlaridan biri detalni tayyorlash va ularni 
yig’ish aniqligidir. Aniq detallardan - tayyorlangan avtomobillarning foydalanish 
darajasi yuqori, ya'ni ular tezyurar, ko’pga chidamli va ishonchlidir. 
Avtomobillarning ayrim detallarining ishlov berish aniqligini oshirish uning 
tezligini oshiribgina qolmay, balki u qabul qilayotgan yuklama miqdorini ham oshirish 
imkonini beradi. 
Mashinasozlikda detallarni tayyorlash aniqligi nisbiy tushincha deb qaraladi, 
chunki alohida olingan detalning tayyorlash aniqligi deganda buning ideal aniqlikka 
qay darajada mos kelishi tushiniladi. Real olingan detalning aniqligini uning alohida 
olingan elementlari bo’yicha baholanadi, ya'ni shaklning aniqligi, detalning alohida 
uchastkalaridagi o’lchamlar aniqligi, yuzalarning o’zaro joylashish aniqligi. Bu tashkil 
qiluvchi aniqliklar detal chizmasida keltiriladi. Detalni tayyorlash aniqligi mazkur 
ishlab chiqarish jarayonidagi texnologik jarayonlar kompleksiga bog’liq.
Yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash aniqligini oshirish ishlov berish qo’yimini 
kamaytiradi, qiymatini pasaytiradi, ishlov berish jarayoni tarkibini belgilaydi va yig’ish 
ishlari hajmini kamaytiradi. Detaldagi o’lchamlarning bir qismi kafolatlangan aniqlikda 
tayyorlanishi (berilgan qo’yimda) qolgan qismi esa “erkin o’lchamda“ tayyorlanadi. 
Detallarni erkin o’lchamda tayyorlashda texnologik qo’yimlar belgilanadi. Masalan,
rasmda silindrik A, konussimon B, sharsimon V yuzalarga ega bo’lgan detal 
tasvirlangan. Bu shakl yuzalarining aniqlik darajasi sharcha, silindrga
va konusga mos kelish darajasi bilan harakterlanadi.
Har qaysi uchastka o’lcham aniqligi xaqiqiy o’lchamlarning berilgan 
o’lchamlarga mos kelish darajasi bilan aniqlanadi. Yuzalarning o’zaro joylashish
aniqligi esa uchastkalardagi o’qlarning mosligi bilan belgilanadi. Boshqa xollarda 


17
esa o’zaro joylashish aniqligi parallellik, perpendikulyarlik va kontsentriklik bilan 
belgilanadi.
Shaklning aniqligiga esa dastgohning ishchi harakatlari va kesish jihozining 
o’rnatilishi va uning profili va dastgohdagi ko’chirish qurilmasining aniqligi ta'sir 
qiladi. Masalan, A1B va V yuzalar turli jihozlarni qo’llash bilan ketma-ket ishlov 
berilishi yoki shakldor jihoz bilan bir marta ishlov berish bilan olish mumkin.
Alohida - alohida ishlov berilganda A yuzaning aniqligi keskichning aylanish 
o’qiga nisbatan joylashishiga bog’liq. B yuzaga ishlov berishda esa yuza aniqligi 
shakldor keskichning aylanish o’qiga nisbatan joylashishiga bog’liq, agar bu yuza
kopir, ya'ni nusxa ko’chiruvchi bilan ishlov berilsa, u holda nusxa ko’chirgichning 
aniqligiga bog’liq. V yuzaning aniqligi esa keskich asbob aniqligiga bog’liq.
O’lcham aniqligi kesuvchi asbobning qirindiga chiqarish aniqligi, o’tish uzunligi 
va keskichning o’lchamlariga bog’liq. 
Yuzalarning o’zaro joylashish aniqligi texnologik jarayonning turli omillariga 
bog’liq. Detalni bir necha operatsiyada tayyorlashda o’zaro joylashish aniqligi bu 
detalni turli xolatlarda qo’yish aniqligiga bog’liq. 
Agar bu detalning yuzalariga birdaniga ishlov berilsa, bu holda yuzalarning 
o’zaro joylashish aniqligi shakldor keskich aniqligiga bog’liq bo’ladi. Shakl aniqligi 
o’zaro muloqatda bo’lgan birlashmaning ishiga katta ta'sir ko’rsatadi. Shuning uchun 
muxim detallarni tayyorlashda shaklga beriladigan qo’yim o’lchamga beriladigan 
qo’yimdan ko’ra muximroq o’rin egallaydi. Bundan tashqari shaklga beriladigan 
aniqlik, ya'ni shakl aniqligi yuzalarning joylashish aniqligidan muximroq, yuzalarning
o’zaro joylashish aniqligi esa o’lcham aniqligidan ko’ra muxim.
Ishlov berish aniqligiga ishlov berish jarayoni davomida turli omillar ta'sir qiladi. 
Ularga quyidagilar kiradi: 
1) dastgoh noaniqligi va yeyilganligi; 
2) moslamaning noaniqligi va yeyilganligi; 
3) jihozlarning noaniqligi va yeyilganligi;
4) detalni dastgohga o’rnatishdagi noaniqliklar; 
5) dastgoh - moslama - jihoz - detal (SPID tizimining mustahkamemasligi); 
6) temperaturadan deformatsiyalanish; 


18
7) ishlov berilayotgan detalning ichki kuchlanishlari; 
8) o’zidan oldindagi ishlov berishdagi noaniqliklarni kopirovka qilish; 
9) o’lchash vositalari va usullaridagi noaniqliklar;
10) dastgohni sozlashdagi noaniqliklar.
Ishlov berish turi va ishlab chiqarish usuliga qarab yuqoridagi omillar detal 
aniqligiga turlicha ta'sir qiladi. Ularning har qaysisini alohida - alohida ko’rib 
chiqamiz.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling