Tvich va diqt ma'ruza lotin


 – Mavzu: Avtomobilsozlik texnologiyasining nazariy asoslari


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/71
Sana16.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1279162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Kitob 7399 uzsmart.uz

 
2 – Mavzu: Avtomobilsozlik texnologiyasining nazariy asoslari. 
Reja: 
1.
 
Ishlab chiqarish jarayoni. 
2.
 
Zagatovkalarni tayyorlash. 
3.
 
Baza va uning turlari. 
Avtomobilsozlikda asosan ikki xil ishlab chiqarish amalga oshiriladi: ishlab 
chiqarish va texnologik jarayonlar. Ishlab chiqarish jarayonlari deb - ishchilar va 
ishlab chiqarish qurollarini birgalikda mahsulot tayyorlash uchun qilingan harakatlarga 
aytiladi. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlarga bo’linadi: xomaki detallar 
tayyorlash, ularga mexanik ishlov berish, detallarni uzellarga yig’ish, uzellarni bir butun 
mahsulotga yig’ish, bo’yash, sinash. Texnologik jarayonlar - ishlab chiqarish 
jarayonining bir qismi bo’lib mahsulotni shakl va xolatini o’zgartirish uchun 
bajariladigan ishlar majmui.
Texnologik jarayon quyidagi turga bo’linadi: loyihaviy, ishchi, namunaviy, 
marshrutli, operatsion va marshrutli operatsion.
Texnologik jarayon quyidagi asosiy elementlardan iborat: operatsiya, o’rnatish va 
o’tish.
Operatsiya - bu texnologik jarayonning tugallangan qismi bo’lib bir ish joyida 
bajariladi (tokarlik, frezarlik va boshqa). 


10
O’rnatish - bu ishlov berilayotgan mahsulotni to’g’ri va mustahkam qilib 
qotirishdir. Buning uchun bazalar tanlanadi. 
Avtomobil sanoatida asosan zagotovkalarning quyidagi turlari qo’llaniladi: 
- cho’yan, po’lat va rangli metal quymalari; 
- po’lat va ba'zi rangli metallardan shtampovka va prokat qilish;
- po’lat va rangli metallardan prokat olish;
- plastmassadan prokat va pokovka (quyma) olish; 
- po’lat va boshqa metallardan payvand - shtampli prokat olish; 
- metalloqeramikadan (kukun) prokat olish. 
Detal tannarxi zagotovka tannarxi va unga ishlov berish tannarxidan iborat 
bo’lgani uchun detal tayyorlash jarayonini kompleks holda qurish kerak, ya'ni 
zagotovka olish jarayonini va unga ishlov berish jarayoni. 
Zagotovkani olishning juda ko’p usullari bor bo’lishiga qaramasdan mazkur 
sharoitda detal tayyorlash uchun eng kam tannarx beradigan usulni olish kerak. 
Masalan, ko’plab ishlab chiqarishda zagotovka olish uchun tayyor detal
o’lchami va shakliga yaqinroq bo’lgan zagotovka iqtisodiy jihatdan samara beradi. 
Zagotovkaga ob'ektiv texnologik harakteristika berish uchun metal qatlamini kesib 
olish koeffitsienti qo’llaniladi. (Kb): 
g
1
- g
2
Kb = -------- 
g
1
bunda, g
1
- zagotovka og’irligi 
g
2
- detal og’irligi 
Ko’plab ishlab chiqarish sharoitida ratsional zagotovka uchun metall qatlamini 
olish koeffitsientining qiymati juda kichik bo’lishi kerak. 
Avtomobil detallarini tayyorlashning turlarga bo’linishi metall qatlamini olib 
tashlashda har qaysi gurux detallari uchun bu koeffitsientning ma'lum qiymatlari bor. 
Zagotovkani olingandan so’ng unga mexanik ishlov berishning ham turli usullari
bor. Mexanik ishlov berishda ham turlicha mehnat sarflab turlicha tan narxga ega 
bo’lgan detall olishimiz mumkin. 
Zagotovkani bir martalik, yarim doimiy va doimiy qoliplarga qo’yish mumkin. 
Bir martalik qoliplarga qo’yish usuli rangli va qora metallarda to’la o’lchamdagi va 


11
turli shakldagi quyma olishda ishlatiladi. Quyma qo’yish bir martalik xo’l yoki quruq 
qumli qoliplarga, qobiqli qoliplarga va egiluvchan qoliplarga quyiladi. 
Qumli qoliplar Opoqli va Opoqsiz tayyorlanishi mumkin. Opoqli qoliplar qo’lda 
yoki mashinada tayyorlanishi mumkin. Opoqsiz qoliplar esa faqat qo’lda tayyorlanadi. 
Mashinada qolip tayyorlaganda mehnat sarfi qo’lda tayyorlangandagiga qaraganda 
10...20 marta kam. Shuning uchun kam seriyali ishlab chiqarishda ham mashinada qolip 
tayyorlashga harakat qilinadi. 
Quyma yuzalarining g’adir-budirligi 1 klass tozaligidan ham pastroq bo’ladi. 
Odatda quruq sterjenli qoliplar murakkab shaklli muxim detallarni olishda ishlatiladi 
(silindrlar bloqi). Qolipni sterjen va konduktorlar bo’yicha yig’iladi. Bu usulda olingan 
quyma 1 klass aniqligi va 2 klass yuza tozaligini ta'minlaydi. Quyma devorlarining
qalinligi quymaning o’lchamlari va shakliga bog’liq. Masalan, gabarit o’lchamlari 250 
mm bo’lgan cho’yan quyma uchun 3 mm, po’lat uchun esa 5mm qalinlikkacha quyma 
olish mumkin.
Quymalarda teshik diametri ko’plab ishlab chiqarishda 16 mmdan, seriyali ishlab
chiqarishda - 20 mm va yakkalab ishlab chiqarishda esa 30 mmdan kam bo’lmasligi 
kerak. Qobiqli qoliplarga qo’yilgan zagotovkalar oddiy qoliplarga qo’yilgan 
zagotovkalarga qaraganda o’lcham va shaklining aniqligi bilan ajralib turadi. Qobiqli 
qoliplarda kulrang cho’yanlardan, bolg’alanuvchan cho’yanlardan, po’latdan, o’ta 
mustahkam cho’yandan va rangli metallardan zagotovka olinadi.
Qobiqli qoliplar 5 - 8 mmli yupqa va mustahkam devorga ega. Qobiqli qoliplarni 
92...95% kvars qumidan 8...5% esa termoreaktiv smoladan iborat. 
Qobiqli qoliplar olishda yuqori unumdor avtomat va yarim avtomat qatorlar 
ishlatilib, bular soatiga 400 tagacha qolip olish imkonini beradi.
Qobiqli qoliplarga quyib quyma olishda qo’yish yerlarini 10 martagacha 
qisqartirib, mehnat unumdorligini esa 10 - 15 marta oshiradi. Bu usulda po’lat 
quymalarning devor qalinligi 3 mmgacha alyumininiy quymalarida esa 1 mmgacha 
olish mumkin. Quyma aniqligi esa 4 - 5 klass aniqlikda yuza tozaligi esa 3-4 klass 
bo’ladi. 
Zagotovkalarni presslash, shtamplash va prokat usulida olish metallarning bosim 
ostida plastik deformatsiyalanish xususiyatlariga asoslangan.


12
Zagotovkalar prokat usulida maxsus tekis yoki shakldor prokatlar (juvalar) 
orasidan bosim ostida siqib chiqarish yo’li bilan olinadi.
Shtamplash usulida esa ochik yoki yopiq shtamplar yordamida sovuq holda yoki
issiq holda bosim bilan ishlanadi. Bundan tashqari ayrim zagotovkalar payvandlashning 
elektr - kontakt, elektr yoy va boshqa usullari yordamida olinadi (A.V.Mirboboev 
“Konstruktsion materiallar texnologiyasi” Toshkent, O’qituvchi,1984)

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling