Tvich va diqt ma'ruza lotin
Yakkalab ishlab chiqarishning
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7399 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seriyalab ishlab chiqarishda
- Seriyali va katta seriyali ishlab chiqarishda
- Ko’plab hamda seriyalab ishlab chiqarishda
Yakkalab ishlab chiqarishning asosiy belgilaridan biri yig’ish uchastkasida juda
ko’plab buyumlarning tuplanishi, yagona texnologiyaning yukligi, universal jihoz va uskunalardan foydalanish, yuqori malakali ishchilardan foydalanish bilan harakterlanadi. Yakkalab ishlab chiqarishda meyoriga etkazish ish-larining hajmi juda katta (moslab qo’yish). Seriyalab ishlab chiqarishda mahsulot ma'lum vaqt oraligida qaytarilib turuvchi seriyalab, partiyalab ishlab chiqariladi. Ularning qaytarilish kulamiga bog’liq bo’lgan holda shartli ravishda: kichik seriyali va katta seriyali ishlab chiqarishga bo’linadi. Seriyali va katta seriyali ishlab chiqarishda mahsulotni yig’ish jarayoni uzellarni yig’ish va umumiy yig’ish jarayonlariga bo’linadi. Kam seriyali va qisman seriyali ishlab chiqarishda moslab qo’yish ishlarining hajmi yakkalab ishlab chiqarishga qaraganda birmuncha kamroq. Ko’plab ishlab chiqarishda bir xil mahsulot ni ishlab chiqarish tuxtovsiz amalga oshiriladi. Bunda uzellarni yig’ish va umumiy yig’ish ishlar bir-biridan aniq qilib ajratilgan. Har qaysi ish urni uchun ma'lum ish hajmi biriktirib qo’yilgan. Uni bajarilishi yig’ishning umumiy tempi bilan uzviy bog’liq. Ko’plab hamda seriyalab ishlab chiqarishda yig’ishga keladigan bir xil detallarga o’zaro almashuvchanlik printsipida yig’iladi (qo’yim va o’lcham gruppasi chegarasida). Ko’plab ishlab chiqarishda, qisman katta seriyali ishlab chiqarishda mahsulotni yig’ish potok liniyalarida bajarilganligi uchun moslab qo’yish ishlari bajarilmaydi. Yig’ish operatsiyasi deb bir yoki bir necha ishchi tomonidan mazkur uzel yoki mahsulot ustida bajarilgan texnologik jarayonning tugallanagan qismiga aytiladi. O’zgarmas jihoz ishtiroqida ma'lum birikma ustidan bajarilgan operatsiyani bir bo’lagiga o’tish (переход) deyiladi. Yig’ish jarayonida ishchining aloxida tugallangan harakati - o’tish elementi deb ataladi. Masalan, tishli g’ildirakni val bilan yig’ish ikki o’tishdan iborat bo’lgan bitta operatsiyani tashkil qiladi (g’ildirakni preslab valga kiritish, valni tepishga tekshirish) har qaysi o’tish esa bir kancha elementlardan tashkil topgan: valni olish, val oxiriga tishli g’ildirakni qo’yish, press tugmachasini bosish va xokazo. 61 Umumiy holda yig’ish operatsiyasining tarkibiga quyidagilar kiradi: detani berish, detallarni bir-biriga nisbatan urnini aniqlash (orientatsiya) biriktirish (kontaktni amalga oshirish), kuch bilan qotirish, yig’ilgan uzelni echib olish va nixoyat nazorat (ba'zi xollarda echib olmasdan turib nazorat o’tkaziladi). Umuman, yig’ish jarayonida quyidagi asosiy ishlar qilinadi: Tayyorlov - detal va sotib olingan mahsulotlar (uzellar) yig’ish sharoiti talab qilgan xolatga keltiriladi (dekonservatsiyalash o’lchovlariga ko’ra turlarga ajratish, ma'lum idishlarga solish va boshqalar). Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling