Tvich va diqt ma'ruza lotin


Yakkalab ishlab chiqarishning


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/71
Sana16.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1279162
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71
Bog'liq
Kitob 7399 uzsmart.uz

Yakkalab ishlab chiqarishning asosiy belgilaridan biri yig’ish uchastkasida juda 
ko’plab buyumlarning tuplanishi, yagona texnologiyaning yukligi, universal jihoz va 
uskunalardan 
foydalanish, 
yuqori 
malakali 
ishchilardan 
foydalanish 
bilan 
harakterlanadi. Yakkalab ishlab chiqarishda meyoriga etkazish ish-larining hajmi juda 
katta (moslab qo’yish). 
Seriyalab ishlab chiqarishda mahsulot ma'lum vaqt oraligida qaytarilib 
turuvchi seriyalab, partiyalab ishlab chiqariladi. Ularning qaytarilish kulamiga bog’liq 
bo’lgan holda shartli ravishda: kichik seriyali va katta seriyali ishlab chiqarishga 
bo’linadi. 
Seriyali va katta seriyali ishlab chiqarishda mahsulotni yig’ish jarayoni
uzellarni yig’ish va umumiy yig’ish jarayonlariga bo’linadi. 
Kam seriyali va qisman seriyali ishlab chiqarishda moslab qo’yish ishlarining 
hajmi yakkalab ishlab chiqarishga qaraganda birmuncha kamroq. 
Ko’plab ishlab chiqarishda bir xil mahsulot ni ishlab chiqarish tuxtovsiz amalga 
oshiriladi. Bunda uzellarni yig’ish va umumiy yig’ish ishlar bir-biridan aniq qilib 
ajratilgan. Har qaysi ish urni uchun ma'lum ish hajmi biriktirib qo’yilgan. Uni bajarilishi 
yig’ishning umumiy tempi bilan uzviy bog’liq. 
Ko’plab hamda seriyalab ishlab chiqarishda yig’ishga keladigan bir xil
detallarga o’zaro almashuvchanlik printsipida yig’iladi (qo’yim va o’lcham gruppasi 
chegarasida). Ko’plab ishlab chiqarishda, qisman katta seriyali ishlab chiqarishda 
mahsulotni yig’ish potok liniyalarida bajarilganligi uchun moslab qo’yish ishlari 
bajarilmaydi. 
Yig’ish operatsiyasi deb bir yoki bir necha ishchi tomonidan mazkur uzel yoki 
mahsulot ustida bajarilgan texnologik jarayonning tugallanagan qismiga aytiladi.
O’zgarmas jihoz ishtiroqida ma'lum birikma ustidan bajarilgan operatsiyani bir 
bo’lagiga o’tish (переход) deyiladi. 
Yig’ish jarayonida ishchining aloxida tugallangan harakati - o’tish elementi deb 
ataladi. Masalan, tishli g’ildirakni val bilan yig’ish ikki o’tishdan iborat bo’lgan bitta 
operatsiyani tashkil qiladi (g’ildirakni preslab valga kiritish, valni tepishga tekshirish) 
har qaysi o’tish esa bir kancha elementlardan tashkil topgan: valni olish, val oxiriga 
tishli g’ildirakni qo’yish, press tugmachasini bosish va xokazo. 


61
Umumiy holda yig’ish operatsiyasining tarkibiga quyidagilar kiradi: detani 
berish, detallarni bir-biriga nisbatan urnini aniqlash (orientatsiya) biriktirish 
(kontaktni amalga oshirish), kuch bilan qotirish, yig’ilgan uzelni echib olish va nixoyat 
nazorat (ba'zi xollarda echib olmasdan turib nazorat o’tkaziladi). Umuman, yig’ish 
jarayonida quyidagi asosiy ishlar qilinadi:
Tayyorlov - detal va sotib olingan mahsulotlar (uzellar) yig’ish sharoiti talab 
qilgan xolatga keltiriladi (dekonservatsiyalash o’lchovlariga ko’ra turlarga ajratish, 
ma'lum idishlarga solish va boshqalar).

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling