Tvich va diqt ma'ruza lotin


Qotirish detallarni tayorlash


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/71
Sana16.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1279162
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71
Bog'liq
Kitob 7399 uzsmart.uz

Qotirish detallarni tayorlash. 
Qotirish detalari asosan uglerodli va legerlangan 30-35-40X kabi po’latlardan 
tayorlanadi. Boltlarni tayorlash uchun A123, A129 avtomatlar, rezba ochuvchi A2418, 
AA2G3 avtomatlar va gayka tayorlovchi A1617, A411 avtomatlar ishlatiladi. 
Bolt va gaykalarni hajmiy sovuq holda va issiq holda shtamplanadi.
Boltlarni tayorlash quyidagi sxema yordamida amalga oshiriladi

Zagatovka maxsus avtamat orqali chuziladi va bolt kallagi xosil qilinadi. 

Zagatovka qizdiriladi. 

Zagatovkaga rezba ochiladi. 
Avtomobil kanotining detallari, kuzov detallari, sovutish tizimining agregatlari 
xavo va moy tozalash tizimining agregatlari va boshqa muxim detallar list po’latidan 
sovuq holda shtamplash yoki shtamplangandan so’ng bu detallar yig’ish birligi qilib 
yig’iladi. 
Sovuq holda list po’latidan shtamplangan detallar boshqa detallarga qaraganda 
bir muncha afzalliklarga ega. 
1. Sovuq holda shtamplangan detallar yengil, mustahkam va bikr.
2. Tayyorlash sermehnatligi kam va metaldan foydalanish koeffitsienti 
yuqori. 
3. Bu detallar o’zaro almashuvchan. 
4. Metal bo’lmagan materiallardan ham detal tayyorlash mumkin.
Yassi detallarni deyarli har qanday materiallardan tayyorlash mumkin 
(cho’zishsiz), ammo chuqur cho’zish bilan tayyorlanadigan detallarni faqatgina 
plastikligi yuqori bo’lgan materialdangina tayyorlash mumkin. Plastiklikning asosiy 


53
ko’rsatkichlari quyidagilar: mustahkamlik chegarasi; oquvchanlik chegarasi, 
oquvchanlik chegarasining mustahkamlik chegarasiga nisbati HRB bo’yicha qattiqligi. 
Chuqur cho’zish bilan tayyorlanadigan detallar uchun qattiqligi HRB< 36-48 
bo’lgan po’lat tavsiya qilinadi. 
Tarkibida uglerod miqdori 0.05...0.15% bo’lgan po’lat chuqur cho’zishdan juda 
yaxshi natijalar beradi. Ammo hamma kam uglerodli po’latlar ham chuqur
cho’zish (gluboqaya vo`tyajka) bilan tayyorlangan detallarda yuqori sifatli bezak
ishlov berishda yaxshi natijalar bermaydi.
Avtomobil detallarini juda chuqur (vesma glubokoy) cho’zish bilan
tayyorlashda va yuzaga ishlov berganda yaxshi natija beradigan list po’lati quyidagi 
harakteristikaga ega bo’lishi kerak: 
δ
т
----- = 0.6 , nisbiy uzayishi d = 44%, qattiqligi HRBq38 
δ
в
Chuqur cho’zishni talab qilib tayyorlanadigan detallar uchun esa 
δ
т
----- = 0.65 , d = 44%, HRB=40 
δ
в
Chuqur cho’zish bilan va yuzasida uncha-muncha nuqsoni bor detallar uchun esa 
δ
т
----- = 0.70 , d = 40%, qattiqligi HRB=40 
δ
в
Sovuq holda shtamplanadigan po’lat eskirish xususiyatiga ega, buning natijasida 
qattiqligi ortadi, demak shtamplanish xususiyati yomonlashadi. 
Yuqoridagi keltirilgan xususiyatlarga asosan sifatli konstruktsion yupqa po’lat 
listlar uch guruxga bo’linadi. 
VG - juda chuqur (tortish) cho’zish uchun
G - chuqur cho’zish uchun 
N- normal cho’zish uchun 
VG guruxdagi po’latlarga St 08 dan Stal 20 tamgali po’latlar, G guruxiga esa Stal 
08dan Stal 35 , N guruxiga kiruvchi po’latlar esa St 08dan Stal 50 gacha kiradi. 


54
Sovuq dumaloqlangan (xolodno-katannaya) po’latlar qalinligi bo’yicha juda 
qattiq reglamentlanadi. Masalan, qalinligi 0.2...1.2 mm bo’lgan list po’lati qalinligi
bo’yicha ± (0.03...0.09)mm qo’yimga ega, issiq dumaloqlangan po’lat listlar 0.5...1.2 
mm qalinlikdagisi ± (0.5...0.11) mm qo’yimga ega.
Yuza xolatiga ko’ra shtamplanuvchi po’latlar 4 guruxga bo’linadi: 
1 gurux - yuzasiga juda yuqori ishlov berilgan
2 gurux - yuzasiga yuqori ishlov berilgan
3 gurux - yuzasiga yaxshi ishlov berilgan 
4 gurux - yuzasiga normal ishlov berilgan 
Sovuq holda olingan dumaloqlangan (olingan) siykalanmagan po’lat listning yuza 
tozalagi 7 klassgacha, siykalanganiniki esa 9 klassgacha boradi.
Avtomobillarning shtampovkalab olingan detallarining yuzasi juda yuqori sifatga 
ega bo’lishi kerak, chunki ularga juda yupqa bezak (deqorativ) qoplama suriladi. 
Shuning uchun bu detallarning yuzasida ingichka chiziqchalarning ham bo’lishiga yo’l 
kuyilmaydi. 
Bu shuni ko’rsatadiki, bunday detallarni cho’zish katta ahamiyatga ega va 
detallarni shtampovkalab olish mumkinmi, yukmi aniqlab beradi. Chuqur cho’zish bilan 
olinadigan detallarga iloji boricha sodda shakl berish kerak. 
Fazoviy ichi Bo’sh detallarni konstruktsiya qilishda (o’lchamlar nisbatini) 
kundalang kesimi yuzasi nisbati bilan cho’zish chuqurligiga nisbatini to’g’ri tanlay 
bilish kerak. 
Bundan tashqari egrilik radiuslarini ham normalarga qarab to’g’ri tanlay bilish 
katta ahamiyatga ega. 
Avtomobilning kuzov detallarini preslash texnologik jarayonini “UzDEUavto” 
korxonasining presslash sexi misolida ko’rib chiqamiz. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling