49
6. Shkvoren teshigi ukining ogish burchagidan chetka chiqish ±15’
atrofida
7. Kallak teshigi o’qlari orasidagi masofaning qo’yimi ±3 mm.
Oldingi ko’prik balkasi uchun zagotovkani to’g’ri burchakli prokatni
shtampovkalash yo’li bilan olinadi. Birinchi navbatda
davriy shtampovkalash bilan
shtanga olinib, so’ng bu donabay qilib kesiladi; so’ngra
issiq shtampovkalovchi
molotlarda shtampovka qilinadi.
Zagotovkani olishning bunday yo’lga kuyilishi o’tishlar sonini kamaytirib,
molotlarning yeyilish darajasini bir muncha kamaytiradi.
Olingan pokovka quyidagi texnik shartlarga javob berishi kerak:
1. Brinel bo’yicha qattiqligi NV 230...250 (iz diametra dq3.8...4mm)
2. Kallakdagi usiklar 1 mmdan ortiq emas, kallakdan maydongacha o’tish joyida
3 mmgacha, qolgan joylarda 2 mmgacha, kallakning buralishi har 100mm
uzunlikka 1 mm.
3. Ishlov beriladigan va ishlov berilmaydigan yuzalarda 1.5 mm chukirlikka-cha
ariklarga ruxsat beriladi.
4. Ressora o’rnatiladigan maydonchalarning gorizontaldan qiyshiqligi 2
mmdan ortiq bo’lmasligi kerak.
Oldingi balka mexanik ishlov berish texnologik
jarayoni shkovoren teshik-
lariga ishlov berish, burilish mushtchalari teshigining yon
tomonlariga ishlov berish
ressora o’rnatiladigan maydonchalarga ishlov berish,
pona teshiklari va ressora
o’rnatiladigan maydoncha teshiklariga ishlov berish bilan amalga oshiriladi.
Yuk avtomobili oldingi balkasiga ishlov berish ikki uchastkadan iborat bo’lgan
avtomat qatorlarda amalga oshiriladi.
Birinchi qatorda 8 ta dastgoh 4 tadan 2 ta parallel qatorga joylashtirilib ishlov
beriladi.
Ikkinchi uchastkada beshta dastgoh bo’lib, qator oxirida
nazorat qilish avtomati
o’rnatilgan. Bu avtomat shkvoren teshiklariga ishlov berish sifatini nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: