Tvich va diqt ma'ruza lotin


 – Mavzu: Avtomobillarni ta'mirlash bo’yicha umumiy qoidalar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/71
Sana16.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1279162
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71
Bog'liq
Kitob 7399 uzsmart.uz

8 – Mavzu: Avtomobillarni ta'mirlash bo’yicha umumiy qoidalar. 
Reja: 
1.
Avtomobillarni ta'mirlashning nazariy asoslari. 
2.
Ta'mirlash turlari. 
3.
Ta'mirlash usullari
Avtomobillarni ta'mirlash mashinalarning ishqalanish, moylash, yeyilish, va 
eskirish nazariyasiga asoslanadi. Avtomobillarni ta'mirlashni tashkil etish va ta'mirlash 
texnologiyasiga oid masalalarni tadbiq etishda extimollar nazariyasi usullari hamda 
yoppasiga xizmat ko’rsatish nazariyasi, kvalimetriya nazariyasi va boshqa 
nazariyalardan keng foydalaniladi. 
Ishga qobiliyatlilik - avtomobilning texnik xujjatda ko’rsatilgan parametrlar 
bilan o’z vazifasini bajara oladigan xolatdir. 
Ta'mirlash - avtomobilning (yoki undagi ayrim qismlarning) ish qobiliyatini 
tiklash maqsadida ularning nuqsonlarini bartaraf etishga oid ishlardan iborat. 
Avtomobillar ta'mirlash korxonalarida ta'mirlanadi. Ta'mirlash korxonasi 
mashinasozlik korxonalarining bir turi bo’lib, normal ish qobiliyatini yo’qotgan, lekin 
ta'mirlashga yaroqli va bu korxona uchun o’ziga xos tayyorlov rolini bajaradigan 
avtomobil qismlarini (agregatlar, qismlar, detallar, va x.k.) texnik shartlarga muvofiq 
ta'mirlash ishlarini bajaradi. 
Ta'mirlash korxonasi mashinasozlik korxonalaridan farq qilib o’ziga xos 
texnologik jarayonlarni: avtomobil qismlarini yuvish, bo’laklarga ajratish, yaroqli-
yaroqsizlarga ajratish va ta'mirlash ishlarini bajaradi. 
Texnologik jarayon - ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo’lib, buyumning 
xolatini o’zgartirishga qaratilgan harakatlardan iborat (GOST 3.1109-82). 
Texnologiya - ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish usullari va vositalari 
to’g’risidagi bilimlar majmuasidan iborat. Uning ilmiy vazifasi-ishlab chiqarishning 
eng samarali usullarini aniqlash va ulardan foydalanish uchun fizik va boshqa 
qonuniyatlardan iborat. 
Avtomobillarning yeyilganlik, shikastlanganlik darajasiga va xususiyatlariga
shuningdek ta'mirlash ishlariga sarflanadigan mehnatga (sermehnatliligiga) qarab, 


67
avtomobillarga oldindan belgilangan rejali xizmat ko’rsatish va ta'mirlash ishlariga 
quyidagi ta'mirlash turlari kiradi.
Ishqalanish va yeyilishning energetik nazariyasi shunday fizik-kimyoviy 
xodisalarga asoslanadiki, ulardan ishqalanish jarayoni bitta bo’ladi, ammo ular bilan 
bog’liq xodisalar har xil bo’lib, ko’pgina sharoitlarga bog’liq, degan xulosa kelib 
chiqadi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling