Tvich va diqt ma'ruza lotin
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7399 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tinch xolatdagi ishqalanish
- Surkov materiali bo’lgandagi moyli ishqalanish
- Dumalashdagi ishqalanish
Ishqalanish turlari.
Ishqalanish quyidagi asosiy turlarga bo’linadi: Nisbiy harakatni bor-yukligiga qarab: a-tinch ishqalanish, b-harakatdagi ishqalanish. Harakatning xolatiga qarab: a-sirpanishda ishqalanish; b-dumalab ishqalanish. Moylovchi materialning bor-yukligiga qarab: a-quriq ishqalanish; b- moyli ishqalanish. Moyli ishqalanish uch turga bo’linadi: a) to’la moyli ishqalanish. b) yarim moyli ishqalanish. v) chegarali ishqalanish (0,1 mkm) Jismlarning nisbiy harakati kinematik belgilariga ko’ra ishqalanishning quyidagi turlari ko’proq uchraydi. Tinch xolatdagi ishqalanish - ikki jismning nisbiy harakatga utguniga qadar mikroharakatlaridagi ishqalanish. Harakatdagi ishqalanish - nisbiy harakatda bo’lgan ikki jismning ishqalanishi. Surkov materialisiz (quruq) ishqalanish - ishqalanuvchi sirtiga xech qanday surkov materiali surtilmagandagi ikki jismning ishqalanishi. Surkov materiali bo’lgandagi moyli ishqalanish - ikki jismning ishqalanuvchi sirtiga har qanday surkov materiali surtilgandagi ishqalanishi. Sirpanishdagi ishqalanish - ikki qattiq jismning harakatidagi shunday ishqalanishki, bunda urinish nuqtalarida jismlarning tezliklari qiymati va yo’nalishi bo’yicha har xil bo’ladi. 68 Dumalashdagi ishqalanish - ikki qattiq jismning harakatidagi shunday ishqalanishki, bunda urinish nuqtalarida ularning tezliklari qiymati va yo’nalishiga ko’ra bir xil bo’ladi. Xalk xo’jaligida ishlab chiqarish resurslarini iqtisod qilish uchun detallarning ish qobiliyatini qayta tiklash katta ahamiyatga eg’adir, chunki qayta tiklangan detallarning narxi yangisidan 5..6 marta arzonga tushadi. Detallarni qayta tiklash juda ko’p muammolarni echishga yordai berali: extiyot qismlar taxchilligini kamaytirish, metall va boshqa materiallarni tejash, mashinalarni ta'mirlash tannarxini kamaytirish. Mashinalarni ekspluatatsiya qilishda uning ishchi ko’rsatkichlari yomonlashib boradi, bunga sabab - mashinaning elementlari, ya'ni detallarini eskirishidir. Ishchi ko’rsatkichlarning yomonlashuviga juda ko’p jarayonlar: yeyilish, zanglash, charchash, materialning magnit xossalarini kamayishi, material tarkibining o’zgarishi va xokazo. Buning natijasida mashina o’zining ish qobiliyatini yo’qotadi va uning keyingi ishlatilishi mumkin emas, yoki iqtisodiy tomonlan zararli bo’lib qoladi. Mashinalarning eskirish qonunlari bilish katta ahamiyatga ega. Bu eskirish jarayonini diagnozlash, omillarni o’rganish, ishonchlilini asoslashga yordam beradi. Tipik misol tarikasida materialning eyilish qonunini qurish mumkin (4-rasm). I II III 4-rasm. Eyilishning vaqt bo’yicha o’zgarish grafigi. Yeyilishning vaqt bo’yicha o’zgarishi 3 ta uchaskadan iborat bo’ladi: I. Mikroyeyilish davri; II. Bir maromda yeyilish davri; III. Katostrofik yeyilish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling