Tvich va diqt ma'ruza lotin


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/71
Sana16.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1279162
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71
Bog'liq
Kitob 7399 uzsmart.uz

Joriy ta'mirlash. Avtomobil, agregat, uzelning ishlash qobiliyatini ta'minlash 
yoki tiklash uchun hamda ularning ayrim qismlarini almashtirish (tiklash) maqsadida 
joriy ta'mirlash o’tkaziladi. 
Joriy ta'mirlash uning murakkabligiga qarab avtomobildan foydalaniladigan 
joyning uzida ham, maxsus texnik xizmat ko’rsatish ustaxonalari va stantsiyalarida ham 
amalga oshirilishi mumkin. 
Joriy ta'mirlashda asosan agregat usulidan foydalaniladi. Bu usulda avtomobil 
ayrim qismlarining nuqsonlari ularni yangilari yoki ta'mirlab qo’yilganlari bilan 
almashtirish orqali bartaraf etiladi. Bunda agar avtomobilning qolgan asosiy agregatlari 
ancha katta resurs zaxirasiga ega bo’lsagina uning ishdan chikkan agregatlari yangilari 
yoki kapital
ta'mirlanganlari bilan almashtiriladi. 
Kapital ta'mirlash. Kapital ta'mirlash deganda avtomobilning istalgan 
qismlarini, shu jumladan, bazi qismlarini almashtirish yoki tiklash yo’li bilan 
buyumning resursini to’liq yoki shunga yaqin darajada tiklash hamda sozligini tiklash 
uchun avtomobilni (yoki agregati, uzelini) ta'mirlash tushiniladi. Avtomobilni, agregat 
yoki boshqa tarkibiy qismni kapital ta'mirlash shunga ko’ra farq qilinadi. 
Kapital ta'mirlashda quyidagi ishlar bajariladi: avtomobil, uning agregatlari va 
uzellari detallarga ajratiladi. Nuqsonli detallar ta'mirlanadi yoki almashtiriladi, 
avtomobil yig’iladi, rostlanadi, asta-sekin ishga solinadi, buyaladi, sinaladi. 


71
Avtomobillarni ixtisoslashtirilgan ta'mirlash korxonalarida ta'mirlashning 
egasizlantirilmagan, egasizlantirilgan va agregat usullari keng qo’llaniladi. 
Egasizlantirilmagan yoki egasizlantirilgan ta'mirlash usullarining o’zaro farqi 
shundaki, tiklanadigan tarkibiy qismlarining ma'lum avtomobilga karamligi birinchi 
usulda saqlanadi, ikkinchi usulda esa saklanmaydi. 
Ta'mirlashning agregat usulida ayrim buzuq yigma qismlar yoki agregatlar 
almashma fonddan olingan yangi yoki ta'mirlanganlar bilan almashtiriladi, natijada 
avtomobilning ish qobiliyati dastlabki ikii usulga qaraganda kamroq harajatlar bilan 
tiklanadi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling