Tvich va diqt ma'ruza lotin


 – Mavzu: Ta'mirlashda ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/71
Sana16.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1279162
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71
Bog'liq
Kitob 7399 uzsmart.uz

9 – Mavzu: Ta'mirlashda ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar. 
Reja: 
1.
Avtomobillarni ta'mirlashga qabul qilish. 
2.
Avtomobillarni qismlarga ajratish. 
3.
Nuqsonlarni aniqlash. 
Avtomobilni ta'mirlashga tayyorlashda undan omborda saqlash uchun: elektr 
jihozlar, ta'mirlash tizimining asbob va qismlari, rezinadan va gazlamadan 
tayyorlangan detallar echib olinadi. Sovitish, ta'minlash tizimlari va karterlar 
sovituvchi suyuqlik, yonilgi, tormoz suyuqligi va moylardan Bo’shatib olinadi. So’ng 
mashina kirdan tozalanadi, sovitish tizimi va karterlar yuviladi. 
Avariya bo’lgan avtomobillar avariya to’g’risida akt bo’lgandagina ta'mirlashga 
junatiladi. Bu akt rayon ishlab chiqarish korxonasi yoki Davlat avtomobil nazorati 
vakilining ishtiroqi bilan rasmiylashtiriladi. 
Yetishmaydigan maxkamlash detallarining soni ularning umumiy sonini 25 
foizdan oshmasligi kerak, quyidagi xujjatlar tuziladi. 
1. Buyumdagi nuqsonlar. 
2. Detallar, yigma qismlardagi nuqsonlar ro’yxati. 
3. Nuqsonlarni aniqlash (yaroqli, yaroqsizlarga ajratish) texnologik jarayoni 
kartasi. 
4. Ta'mirlash texnologik jarayoni kartasi. 
5. Tozalash namunaviy texnologik jarayoni kartasi. 
6. Detallar, yigma qismlar ro’yxati. Bu ro’yxat tozalash texnologik jarayoni 
ro’yxatiga qo’shib quyiladi. 
7. Metal suyo’ltirib qoplash ishlari kartasi.
Avtomobilni ta'mirlashga qabul qilishda qabul qilish - topshirish akti bilan 
belgilangan shaklda uch nusxada tuziladi. Aktda ta'mirlashga topshirilgan ob'ektning
texnik xolati va bekam - ko’stligi qayd etiladi. Aktga avtota'mirlash korxonasi va 
buyurtmachining vakillari imzo qo’yadilar.
Aktning birinchi va uchinchi nusxalari ta'mirlash korxonasida qoladi, ikkinchi 
nusxasi esa buyurtmachiga beriladi. 


74
Ta'mirlash uchun qabul qilinadiga avtomobillar quyidagi talablarga javob berishi 
kerak: uzi yurib borishi lozim; takror ta'mirlashni talab etadigan usullarda ilgari 
ta'mirlangan detallari bo’lmasligi kerak; avtomobildagi barcha nuqsonlar tabiiy yeyilish 
natijasida sodir bo’lgan bo’lishi lozim; akqumulyatori va shinalari ishga yaroqli bo’lishi 
kerak. 
Avtomobillar va agregatlarni ta'mirlashda bajariladigan barcha ishlarni asosiy va 
yordamchi ishlarga ajratish mumkin. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling