Tvich va diqt ma'ruza lotin


Asosiy ishlarga avtomobilni ta'mirlashga qabul qilish


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/71
Sana16.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1279162
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71
Bog'liq
Kitob 7399 uzsmart.uz

Asosiy ishlarga avtomobilni ta'mirlashga qabul qilish; qismlarga ajratish, 
detallarni tozalash, nuqsonlarini aniqlash va yaroqli - yaroqsizlarga ajratish; detallarni 
ta'mirlash; etishmaydigan detallarni butlash; avtomobillarni va ularning tarkibiy 
qismlarini yig’ish, sinash va bo’yash kabi ishlar kiradi.
Yordamchi ishlarga tashish va ombordagi ishlar; uskuna va binolarni asrash 
hamda ta'mirlash; ishlab chiqarishni barcha turdagi energiya bilan ta'minlash; texnik 
nazorat; moddiy - texnika ta'minoti kabilar kiradi.
Detallar yaroqli-yaroqsizlarga ajratilganda ulardan qayta foydalanish mumkinligi, 
detallarni tiklashga oid ishlar turi va hajmi hamda zarur bo’ladigan extiyot qismlar soni 
aniqlanadi. Tiklashni talab etadigan detallar ta'mirlashni kutayotgan detallar omboriga 
so’ngra tegishli tiklash joylariga junatiladi. Ishlashga yaroqli detallar, shuningdek 
tiklangan detallar qismlarni butlash joylariga junatiladi. 
Tashqi yuvish joylari (postlari) avtomobilni siljitadigan konveyerli OM-7459 
yuvish uskunasi bilan jihozlanadi. Uskunada ikkita-yuvish va kuritish xonalari bor. 
Uskuna soatiga 10ta avtomobilni yuvish imkoniyatiga ega. 
Mashinalar va ular agregatlarining sirtini yuvishda labomid -101 va labomid-102 
yuvish vositasidan foydalaniladi. Yuvish vositalarining vazni kontsentratsiyasi: 1m3
suvga 10kg yuvish vositasi solinadi. Eritma harorati 65...700S. Sirtni yuvishda 
agregatlar karteridagi moy tuqiladi va suv bug’i bilan eritib butunlay ketkaziladi.
Tozalash usullari kirga ta'sir etish usuliga qarab ham turlanadi:

Mexanik usul,

fizik usul,

fizik-kimyoviy usul,

kimyoviy-termik usul. 


75
Xozir tozalashning barcha jarayonlarida sun'iy yuvish vositalari (SYuV) dan 
foydalaniladi. Ularning asosini sirtki faol moddalar tashkil etadi.
SYuVning eritmalari uzlarining yuvish xususiyatlari jihatdan odatdagi utkir 
ishkorli aralashmalaridan ustun turadi. SYuV utkir natr eritmasiga qaraganda 3-5 xissa 
foydaliroq.
Dvigatel sovitish tizimining ichki qismlaridagi cho’kindi tuzlar ishkorli eritmalar 
bilan tozalanadi. Cho’kindi tuzlar tarkibidagi kaltsiy karbonati, magniy karbonatlari 
xlorid kislotada eriydi, kaltsiy va magniy sulfadlari va silikatlar esa ishkorli eritmada 
yumshaydi.
Alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangan detallar sirtidagi cho’kindi tuzlar 
fosforli va sutli kislota yordamida ketkaziladi. Detallarni zangdan tozalash uchun ularga 
mexanik, kimyoviy yoki jilvir suyuqlik bilan ishlov beriladi. 
Eski bo’yoqlar, erituvchilar, yuvuvchilar, shuningdek ishkorlarning eritmalari va 
maxsus asboblardan foydalanib tozalanadi. Qora metallar va ularning qotishmalaridan 
tayyorlangan detallarni kaustik sodaning suvdagi 50-100 g/l kontsentratsiyali eritmasida 
850S haroratda tozalash usuli keng qo’llaniladi. 
Eski bo’yoqlar SP - 6, AFT-1, SD yoki SP kabi yuvish vositalari hamda ¹646, 
647, 648, 651 va R-10 eritkichlar yordamida ketkaziladi.
Ta'mirlash ishlarida avtomobil qismlarga qisman yoki to’liq ajratiladi.
Avtomobillarni qismlarga ajratish giloflar, qopqoqlar, ixota to’siqlarni kam vaqt 
sarflab echib olishdan boshlanadi. So’ngra uzatish mexanizmi zanjirlar hamda 
yo’lduzchalarning yuritish mexanizmi echib olinadi.
Avtomobildan echib olingan agregatlar va detallar stellajlariga va har qaysi 
markadagi avtomobil uchun mo’ljallangan maxsus yashiklarga joylanadi. 
Ta'mirlashda bajariladigan barcha ishlar ikkita asosiy guruxga: qismlarga ajratish 
- yig’ish va ta'mirlash-tiklash ishlariga bo’linadi. 
Avtomobillarni qismlarga ajratish kuzov, kabina, kanotlar, yonilgi baklari, 
radiatorlar, elektr jihozlar va yonilgi apparatlarini echishdan boshlanadi. So’ngra 
boshqarishi mexanizmi ajratiladi, dvigatel, uzatmalar kutisi, oldingi va orqa ko’priklar 
boshqa agregat hamda qismlar yechib olinadi. 


76
Korxonaning yillik dasturiga qarab qismlarga ajratishning uzlukli va uzluksiz 
usullari qo’llaniladi. 
Qismlarga ajratish ishlari uzlukli (boshi berk) tashkil etilganda avtomobil 
(agregat) boshidan oxirigacha bir joyda qismlarga ajratiladi.
Qismlarga ajratishni tashkil etishning bu usuli korxonaning ishlab chiqarish 
dasturi nisbatan kichik bo’lganda qo’llaniladi. 
Qismlarga ajratishni tashkil etishning uzluksiz (potok) usuli ancha 
takomillashgan. Bu usulda avtomobilni qismlarga ajratishga oid barcha ishlar navbati 
bilan aloxida ishchilar brigadalari tomonidan bajariladi.
Uzluksiz liniyada bitta buyumni qismlarga ajratishga ketgan vaqt qismlarga 
ajratishga ketgan vaqt qismlarga ajratish takti deb ataladi. Ishchilar ayrim ishlarni 
bajarishga ixtisoslashtirilganligi uchun uzluksiz qismlarga ajratish usulida ta'mirlash 
sifati va mehnat unumdorligi yuqori bo’ladi. Bu usulda ishlarni mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirish vositalaridan keng foydalanish mumkin. Bu juda muxim, chunki 
qismlarga ajratish ishlari juda ko’p mehnat sarflashni talab etadi. 
Qismlarga ajratish ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalariga: 
ko’tarish-tashish qurilmalari, qismlarga ajratish stendlari, mexanizatsiyalashtirilgan 
asbob va qismlarga ajratish moslamalari kiradi. 
Detallar kirdan yuvib, tozalangandan keyin yaroqli - yaroqsizlarga ajratiladi, 
ya'ni nuqsonlarni aniqlash maqsadida tekshiriladi va uch guruxga: keyinchalik 
foydalanishga yaroqli, yaroqsiz va ta'mirtalab detallarga saralanadi. 
Nuqsonlarning turi juda ko’p bo’lib, ularni quyidagi besh guruxga bo’lish 
mumkin: ish sirtlarining o’lchamlari va geometrik shaklining o’zgarishi; ish sirtlarining 
mexanik shikastlanishi; detallar ashyosining fizik-mexanik xossalarining o’zgarishi. 
Detallarni yaroqli - yaroqsizlarga saralashda ular besh guruxga ajratilib, turli 
rangdagi bo’yoqlar bilan belgilab quyiladi: 
1) yaroqli detallar yashil rang bilan belgilanadi; 
2) yangi yoki normal o’lchamgacha tiklangan detallar sarik rang bilan 
belgilanadi; 
3) ustaxonada yoki ixtisoslashtirilgan korxonada ta'mirlanishi lozim bo’lgan 
detallar ok rang bilan belgilanadi; 


77
4) faqat ixtisoslashtirilgan korxonada ta'mirlanishi lozim bo’lgan detallar kuk 
rang bilan belgilanadi; 
5) yaroqsiz detallar - kizil rang bilan belgilanib, chikindilar omboriga topshiriladi. 
Detallar yuvib tozalangandan keyin ularga yaroqli yoki yaroqsiz belgilari 
quyiladi. 
Hozirgi kunda nuqsonlarning aniqlashning asosan uch usulidan foydalanilmoqda:
1) ko’zdan kechirib - optik usulda aniqlash (tirnalgan, yorilgan, zanglagan
va xokazo joylarni); 
2) kapillyar usulda aniqlash (darz joylarni)
3) fizik usullar (induktsiya, ultratovush, magnit, rentgen va xokazo) 
Detallarni 
yaroqli-yaroqsizga 
ajratishda 
quyidagi 
o’lchov 
asboblaridan 
foydalaniladi: 
1) shtangentsirkul, manometr, indiqatorli nutromer (ichki o’lcham ulchagich), 
tangenzubomerlar, indiqatorli universal shtativlar, tekshirish plitalari, chizgichlar, 
goniyalar, optimetrlar, minimetrlar, asbobli mikroskoplar va boshqalar; 
2) magnit-kukun usuli (darzlar, govaklar aniqlanadi, ta'mirlash zavodlarida 
qo’llaniladi); yuvish-kukun usuli (sirtki va sirtga yaqin joyda joylashgan darzlarni, 
govaklarni aniqlashda qo’llaniladi); 
3) induktsiya (uyurmali tok) usuli yordamida kuzga kurinmaydigan darzlar 
aniqlanadi; 
4) ultratovush usuli. Bu usul ultratovushning bir jinsli metalldan uta olish 
xususiyatigga asoslangan. Agar tuskinlik bo’lmasa, ultratovush metall orqali erkin 
utadi; agar metallda darz bo’lsa, ultratovush shu darz orasidagi xavo qatlamidan qaytadi 
va bu maxsus asboblar yordamida qayd etiladi; 
5) rentgenografiya usuli. Bu usul rentgen nurlarining detal qalinligiga qarab (nur 
utkazilgan qatlam qalinligi, ichki nuqsonlarning mavjudligi va x.k. ga qarab) turlicha
yutilishiga asoslangan; 
6) bosim usuli ichi Bo’sh detallarga kuzga kurinmaydigan nuqsonlarni (ko’pincha 
ochik darzlarni) aniqlashda qo’llaniladi. Bu usulda detallar ichiga bosim bilan suv yoki 
xavo kiritiladi. 


78
7) gidravlik usul. Bu usulda korpus detallar (tsilindrlar bloqi, tsilindrlar 
kallagi)dagi darzlar aniqlanadi. Sinovlar detallardagi barcha teshiklarning jips 
yopilishini ta'minlaydigan maxsus stendlarda o’tkaziladi. Detal ichini to’latadigan suv 
bosimi 0.3-0.4MPa bo’ladi. Suvning sizib chiqishiga qarab, detalda darz bor-yukligi 
aniqlanadi; 
8) pnevmatik usul ikki sxema bo’yicha qo’llaniladi. Birinchi sxemada 
sinaladigan detal suvga botiriladi, uning ichki qismiga esa bosim bilan xavo kiritiladi. 
Xavo bosimi detallarni sinash texnik texnik shartlarga muvofiq tanlanadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling