Tvich va diqt ma'ruza lotin
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7399 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapital tamirlash
Joriy ta'mirlash. Avtomobil, agregat, uzelning ishlash qobiliyatini ta'minlash
yoki tiklash uchun hamda ularning ayrim qismlarini almashtirish (tiklash) maqsadida joriy ta'mirlash o’tkaziladi. Joriy ta'mirlash uning murakkabligiga qarab avtomobildan foydalaniladigan joyning uzida ham, maxsus texnik xizmat ko’rsatish ustaxonalari va stantsiyalarida ham amalga oshirilishi mumkin. Joriy ta'mirlashda asosan agregat usulidan foydalaniladi. Bu usulda avtomobil ayrim qismlarining nuqsonlari ularni yangilari yoki ta'mirlab qo’yilganlari bilan almashtirish orqali bartaraf etiladi. Bunda agar avtomobilning qolgan asosiy agregatlari ancha katta resurs zaxirasiga ega bo’lsagina uning ishdan chikkan agregatlari yangilari yoki kapital ta'mirlanganlari bilan almashtiriladi. Kapital ta'mirlash. Kapital ta'mirlash deganda avtomobilning istalgan qismlarini, shu jumladan, bazi qismlarini almashtirish yoki tiklash yo’li bilan buyumning resursini to’liq yoki shunga yaqin darajada tiklash hamda sozligini tiklash uchun avtomobilni (yoki agregati, uzelini) ta'mirlash tushiniladi. Avtomobilni, agregat yoki boshqa tarkibiy qismni kapital ta'mirlash shunga ko’ra farq qilinadi. Kapital ta'mirlashda quyidagi ishlar bajariladi: avtomobil, uning agregatlari va uzellari detallarga ajratiladi. Nuqsonli detallar ta'mirlanadi yoki almashtiriladi, avtomobil yig’iladi, rostlanadi, asta-sekin ishga solinadi, buyaladi, sinaladi. 71 Avtomobillarni ixtisoslashtirilgan ta'mirlash korxonalarida ta'mirlashning egasizlantirilmagan, egasizlantirilgan va agregat usullari keng qo’llaniladi. Egasizlantirilmagan yoki egasizlantirilgan ta'mirlash usullarining o’zaro farqi shundaki, tiklanadigan tarkibiy qismlarining ma'lum avtomobilga karamligi birinchi usulda saqlanadi, ikkinchi usulda esa saklanmaydi. Ta'mirlashning agregat usulida ayrim buzuq yigma qismlar yoki agregatlar almashma fonddan olingan yangi yoki ta'mirlanganlar bilan almashtiriladi, natijada avtomobilning ish qobiliyati dastlabki ikii usulga qaraganda kamroq harajatlar bilan tiklanadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling