Tvich va diqt ma'ruza lotin


To’liq o’zaro almashinuvchanlik usuli


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/71
Sana16.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1279162
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71
Bog'liq
Kitob 7399 uzsmart.uz

To’liq o’zaro almashinuvchanlik usuli - bu usulda qismni yig’ishdagi talab 
etilgan aniqlik, ya'ni barcha buyumlarda o’lcham zanjiri tutashtiruvchi zvenosining 
talab etilgan aniqligi bu o’lcham zanjiriga tashkil etuvchi zvenolarni xech tanlamasdan 
yoki ularning o’lchamlarini o’zgartirmasdan kiritish yo’li bilan ta'minlanadi. Bu 
usulning afzalliklari detallarni komplektlash va yig’ish jarayonining oddiyligidan iborat. 


102
Qisman o’zaro almashinuvchanlik usuli - bu usulda yig’ish paytida barcha 
detallar emas, balki qisman detallar tanlamasdan yoki o’lchamlarini o’zgartirmasdan 
yig’iladi. Yig’ishning bu usulida qismlarning bir qismi belgilangan aniqlikni qondira 
olmaydi va ularni qayta bo’laklarga ajratish va yig’ishga to’g’ri keladi. Bunday holda 
barcha qismlarni yoppasiga nazorat qilish va qismlarga ajratish-yig’ish ishlari bilan 
bog’liq bo’lgan qo’shimcha harajatlar qilinadi. O’lchamlarining joiz chetlashish 
chegarasi tor bo’lgan detallarga ishlov berish harajatlari ancha kam bo’lgani holda 
buyumlar (qismlar) ning talab etilgan aniqlikda yigilishini ta'minlaydi. 
Guruxli o’zaro almashinuvchanlik usulida detallar joiz chetlashish maydoni ancha 
tor bo’lgan o’lcham guruxlariga saralanadi. Har qaysi gurux ichida talab etilgan yig’ish 
aniqligi o’zaro almashinuvchanlik usulida to’liq ta'minlanadi. Bu usul ancha 
samaralidir. Bunda kushilma detallarga ishlov berishda kam harajat qilingan holda 
yig’ish aniqligi yuqori bo’ladi. Shunda aniqligi past detallardan foydalangan holda 
buyumlarni yuqori darajada aniq yig’ish mumkin bo’ladi. 
Detallarni rasmana sharoitlarida ishlashga tayyorlash uchun ularning 
ishqalanuvchi sirtlari chiniqtirish yo’li bilan bir-biriga moslanadi.
Chiniqtirish jarayonida ta'mirlashda yo’l qo’yilgan nuqsonlar ham aniqlanadi
mexanizmlar, qismlar va kushilmalar uzil - kesil rostlanadi. 
Ishlatib moslash. Detallarni ishlatib bir-biriga moslash jarayonida ularning urinish 
sirtlari kattalashib, bu sirtlarning yeyilishiga chidamliligi oshadi, ya'ni detallarning ish 
boshlanishida o’zaro ishqalanuvchi sirtlarining sifati yaxshilanadi. 
Ishlatib moslash jarayonida detallar sirtida murakkab mexanik, fizik va kimyoviy 
jarayonlar sobir bo’lib, bular sirtlarning makro, mikro va submikroskopik notekisliklari 
shaklini o’zgartiradi. 
Ishlab moslanish jarayoniga asosan quyidagi omillar ta'sir etadi: 
1) ishqalanuvchi sirtlar sifati; 
2) qismlarning to’g’ri yig’ilganligi; 
3) detallarga beriladigan solishtirma yo’q; detallarning sirtlari kanchalik g’adir-
budir bo’lsa, ularning xaqiqiy urinish sirti kam bo’lib, solishtirma yuk qiymati 
kattalashadi; 
4) sirpanish tezligi; 


103
5) harorat; 
6) moylash; 
Ob'ektlarni sinash - ta'mirlash sifatini baholash maqsadida o’tkaziladigan nazorat 
ishi. Sinashda dvigatellarning quvvati, yonilgining solishtirma sarfi, gidravlik nasosning 
ish unumi, hajmiy foydali ish koeffitsienti kabilar aniqlanadi. 
Ta'mirlangan avtomobillar stendlarda va xo’jaliklarda ma'lum tartiblarda ishlatib 
sinovdan o’tkaziladi.
Dvigatellarni chiniqtirish. Dvigatellar STE- 40-1000 GOSNITI, STEU -28-1000 
GOSNITI universal elektr tormozli chiniqtirish stendlarida ishlatib chiniktiriladi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling