Tvich va diqt ma'ruza lotin
To’liq o’zaro almashinuvchanlik usuli
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7399 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisman o’zaro almashinuvchanlik usuli
To’liq o’zaro almashinuvchanlik usuli - bu usulda qismni yig’ishdagi talab
etilgan aniqlik, ya'ni barcha buyumlarda o’lcham zanjiri tutashtiruvchi zvenosining talab etilgan aniqligi bu o’lcham zanjiriga tashkil etuvchi zvenolarni xech tanlamasdan yoki ularning o’lchamlarini o’zgartirmasdan kiritish yo’li bilan ta'minlanadi. Bu usulning afzalliklari detallarni komplektlash va yig’ish jarayonining oddiyligidan iborat. 102 Qisman o’zaro almashinuvchanlik usuli - bu usulda yig’ish paytida barcha detallar emas, balki qisman detallar tanlamasdan yoki o’lchamlarini o’zgartirmasdan yig’iladi. Yig’ishning bu usulida qismlarning bir qismi belgilangan aniqlikni qondira olmaydi va ularni qayta bo’laklarga ajratish va yig’ishga to’g’ri keladi. Bunday holda barcha qismlarni yoppasiga nazorat qilish va qismlarga ajratish-yig’ish ishlari bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha harajatlar qilinadi. O’lchamlarining joiz chetlashish chegarasi tor bo’lgan detallarga ishlov berish harajatlari ancha kam bo’lgani holda buyumlar (qismlar) ning talab etilgan aniqlikda yigilishini ta'minlaydi. Guruxli o’zaro almashinuvchanlik usulida detallar joiz chetlashish maydoni ancha tor bo’lgan o’lcham guruxlariga saralanadi. Har qaysi gurux ichida talab etilgan yig’ish aniqligi o’zaro almashinuvchanlik usulida to’liq ta'minlanadi. Bu usul ancha samaralidir. Bunda kushilma detallarga ishlov berishda kam harajat qilingan holda yig’ish aniqligi yuqori bo’ladi. Shunda aniqligi past detallardan foydalangan holda buyumlarni yuqori darajada aniq yig’ish mumkin bo’ladi. Detallarni rasmana sharoitlarida ishlashga tayyorlash uchun ularning ishqalanuvchi sirtlari chiniqtirish yo’li bilan bir-biriga moslanadi. Chiniqtirish jarayonida ta'mirlashda yo’l qo’yilgan nuqsonlar ham aniqlanadi, mexanizmlar, qismlar va kushilmalar uzil - kesil rostlanadi. Ishlatib moslash. Detallarni ishlatib bir-biriga moslash jarayonida ularning urinish sirtlari kattalashib, bu sirtlarning yeyilishiga chidamliligi oshadi, ya'ni detallarning ish boshlanishida o’zaro ishqalanuvchi sirtlarining sifati yaxshilanadi. Ishlatib moslash jarayonida detallar sirtida murakkab mexanik, fizik va kimyoviy jarayonlar sobir bo’lib, bular sirtlarning makro, mikro va submikroskopik notekisliklari shaklini o’zgartiradi. Ishlab moslanish jarayoniga asosan quyidagi omillar ta'sir etadi: 1) ishqalanuvchi sirtlar sifati; 2) qismlarning to’g’ri yig’ilganligi; 3) detallarga beriladigan solishtirma yo’q; detallarning sirtlari kanchalik g’adir- budir bo’lsa, ularning xaqiqiy urinish sirti kam bo’lib, solishtirma yuk qiymati kattalashadi; 4) sirpanish tezligi; 103 5) harorat; 6) moylash; Ob'ektlarni sinash - ta'mirlash sifatini baholash maqsadida o’tkaziladigan nazorat ishi. Sinashda dvigatellarning quvvati, yonilgining solishtirma sarfi, gidravlik nasosning ish unumi, hajmiy foydali ish koeffitsienti kabilar aniqlanadi. Ta'mirlangan avtomobillar stendlarda va xo’jaliklarda ma'lum tartiblarda ishlatib sinovdan o’tkaziladi. Dvigatellarni chiniqtirish. Dvigatellar STE- 40-1000 GOSNITI, STEU -28-1000 GOSNITI universal elektr tormozli chiniqtirish stendlarida ishlatib chiniktiriladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling