Tvich va diqt ma'ruza lotin


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/71
Sana16.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1279162
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71
Bog'liq
Kitob 7399 uzsmart.uz

Iqlim sharoitlari – yomg’ir va kor yogmasligi, shamol tezligi 3mg`s dan 
oshmasligi, atmosfera bosimi 730 … 765 mm simob ustunini tashkil qilish va atrof 
muxit harorati - 5 dan ±25 C doirasida bo’lishi kerak. Yana shuni aloxida ta'kidlash 
zarurki, yuqorida keltirilgan sinovdan 3000 km dan ortiq yurgan (aynan shu divigatel 
bilan) avtomobillar o’tkazilishi lozim. Sinovni boshlashdan oldin, avtomobilning yurish 
qismini (ya'ni, old g’ildirakning yaqinlashuvini va ogish burchaklarini, tormoz 
rostlanganligini, shinadagi xavo bosimini va xokazo) tekshirish va zarurat bo’yicha 
texnik xizmat ko’rsatish lozim.
Avtomobilning sinovga tayyorligi, uni erkin yurish masofasi bilan aniqlanadi. 
Sinovlar boshlashdan avval, divigatelni me'yorida rostlanganligiga ishonch xosil qilish 
kerak (klapanlardagi tirkishlar, o’t oldirishni ilgarilatish burchagi va xok.). Sinovlarni 
boshlashdan avval avtomobilni 85…95 km/soat tezlik bilan 50…60 km masofaga 
yurgizib, uning divigatelini va shassi agregatlarni kizdirib olish zarur. 
Eshik oynalari to’liq yopilgan bo’lishi kerak. Avtomobilning erkin yurish 
masofasi uni 550 kmG`soat barkaror tezlik bilan harakatlangan xolidan boshlab 
ulchanib, ikkita o’zaro karama-karshi yo’nalishda avtomobil to’liq tuxtaguncha davom 
etiladi. Avtomobilning erkin yurish masofani o’lchash uchun O’lchov chizigi to’g’risida 
ilashish muftasini tez uzib, uzatma kutisi pishangi neytral xolatiga o’tkazish lozim. 
Texnik jihatdan soz avtomobilning erkin yurish masofasi 500 m dan kam bo’lmasligi 
kerak. 
Avtomobilning tortish sifati, uning harakatlanishi mumkin bo’lgan maksimal 
tezlik bilan aniqlanadi. 
Avtomobilning maksimal tezligi 1 km uzunlikdagi masofada aniqlanadi. 
Avtomobil belgilangan masofani bosib o’tishi uchun ketgan vaqt sekundomer 
yordamida o’lchanadi. Avtomobilning maksimal tezligi sifatida karama-karshi
ynalishda, ketma-ket utkazilgan ikki sinov natijasida olingan tezlik qiymati qabul 
qilinadi.
Avtomobillarni ishlatganda uning bug’i atrof-muxit va mexanik ta'sir natijasida 
xiralashadi, eyiladi, yoriladi va ko’chadi. 


108

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling