Tvich va diqt ma'ruza lotin


Yig’ish - yakunlovchi ish xisoblanadi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/71
Sana16.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1279162
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71
Bog'liq
Kitob 7399 uzsmart.uz

Yig’ish - yakunlovchi ish xisoblanadi. Yig’ish paytida avtomobillarni yig’ish 
texnologiyasida keltirilgan ishlarni navbati bilan bajarish va yig’ish ishlariga oid 
umumiy qoidalarga aniq rioya qilish zarur. Avval detallar juftlanadi, so’ngra ular 
ma'lum tartibda birlashtirilib, yigma qismlar xosil qilinadi, rostlanadi va nixoyat, yigma 
qismlardan va detallardan avtomobil yig’iladi. 
Yig’ish deganda detallarni juft qilib va ayrim qismlarga birlashtirish, qism va 
detallarni birlashtirib, agregatlar (mustaqil ishlay oladigan yirik qismlar) xosil qilish
agregatlar, qismlar va detallarni ularning texnik shartlar hamda yig’ish chizmalarida 
ko’rsatilgan kinematik sxemalari, o’tkazish turi va o’lcham zanjirlarining qiymatiga 
qarab birlashtirib, avtomobil xosil qilish tushiniladi. 
Dvigatelni yig’ish texnologik jarayonida silindrlar bloqi aloxida yig’iladi, gaz 
taksimlash mexanizmi, agregatlarni yuritish shesternyalari, tirsakli val, gilzalar va 
porshenlar guruxi, silindrlar kallagi, klapanlarning shtangalari va koromislolari
maxovik karteri, maxovik dvigatel tizimlari detallari va qismlari o’rnatiladi.
Avtomobilni yig’ish detaldan boshlanadi. So’ngra qolgan boshqa barcha detallar, 
yordamchi va butun qismlar hamda agregatlar yig’iladi. Qismni yig’ishda uning 
bajaradigan vazifasiga qarab detallar kushilmasida zarur tirkishlar va tarangliklar 
ta'minlanishi 
lozim. 
Detallarning 
o’lchamlari 
topshirikda 
ko’rsatilgan 
joiz 
chetlashishlarda bog’liq bo’lib, yig’ish aniqligi turlicha bo’ladi. 
Avtomobilni ta'mirlash uni yig’ish bilan tugallanadi. Ta'mirlangan avtomobilning 
sifati, puxtaligi va uzok vaqtga chidamliligi uni yig’ish sifatiga bog’liq. Yig’ish 
texnologik jarayoni detallarni qismlarga birlashtirishdan iborat. Qismlar va aloxida 
detallardan agregatlar, agregat va qismlardan esa avtomobil yig’iladi. 
Yig’ish aniqligini quyidagi usullardan foydalanib ta'minlash mumkin: to’liq 
o’zaro almashinuvchanlik, qisman o’zaro almashinuvchanlik, guruxli o’zaro 
almashinuvchanlik, rostlash, moslash. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling