Tvich va diqt ma'ruza lotin


 – Mavzu: Komplektlash (butlash) va yig’ish jarayonlari texnologiyasi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/71
Sana16.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1279162
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
Bog'liq
Kitob 7399 uzsmart.uz

12 – Mavzu: Komplektlash (butlash) va yig’ish jarayonlari texnologiyasi. 
Reja: 
1.
Detallarni komplektlash (butlash) 
2.
Avtomobil detallarini yig’ish. 
3.
Chiniqtirish va sinash. 
Detallarni butlashda quyidagi vazifalar xal etiladi: detallarni, yig’ma qismlarni va 
butlovchi buyumlarni tuplash, xisobga olish va saqlash, detallarni nomi va soni bo’yicha 
tanlab tuplash, detallarni o’lchamlari, vazni va o’zaro muvozanatlanganligi bo’yicha 
tanlash. Dastlabki ikki masala xal etilganda avtomobillarni yig’ish uchastkalarini zarur 
detallar bilan uzluksiz ta'minlash imkoniyati yaratiladi, binobarin buyumlarni ta'mirlash 
jarayoni bir tekisda boradi. 
Buyumlarni texnik shartlarga muvofiq aniq va tez yig’ishni osonlashtirish maqsadida 
detallarni nazorat qilish va tanlashga oid ishlar komplektlash (buyumlarni bekam-kust 
butlash) deb ataladi. 
Detallar qator belgilariga qarab: ro’yxatda ko’rsatilgan nomlariga (har qaysi 
yig’ish joyida ishlatiladigan detallar ro’yxatiga) qarab; o’lchamlari guruxlari va 
ta'mirlash o’lchamlari bo’yicha (kushilmalarda zarur tirkish va taranglikni ta'minlash 
uchun), vazni bo’yicha ( mexanizmlarning muvozanatini ta'minlash uchun); koldik ish 
muddati bo’yicha (yigma qismlarning teng mustahkamligini ta'minlash uchun) 
tanlanadi. Bu ishlarning hammasi komplektlash bo’limida amalga oshiriladi. 
Dvigatellarning ba'zi bir detallari komplektlashda faqat vazni bo’yicha tanlanadi. 
Bunday detallarga shatunlar va porshenlar kiradi. 
Komplektlashdagi asosiy talab-qismlarning aniq yigilishini ta'minlashdan iborat 
bo’lib, birikmalarning o’lcham zanjiri texnik shartlarga javob berishi lozim. Bu 
talablarni quyidagi usullarda bajarish mumkin: 
1) to’liq o’zaro almashinuvchanlik usuli. Bu usulda barcha dutallarning 
o’lchamlari joiz chetlashish chegarasida bo’lishi lozim. Bu usulni uzluksiz ishlab 
chiqarish jarayonida va o’lcham zanjirlari qisqa (2-3 detallardan iborat) bo’lganda 
kullanish maqsadga muvofiq bo’ladi; 
2) chala (qisman) o’zaro almashinuvchanlik usuli. Bu usul o’lchamlarning joiz 
chetlashish chegarasi kengaytirilganda qo’llaniladi; 


99
3) rostlash usuli. Detallarni yig’ishda yordamchi zveno ishlatiladi. Bu zveno 
yordamida zarur joiz chetlashish ta'minlanadi. Yordamchi zveno sifatida kiruvchi 
vtulka, shayba, kistirma kabilardan foydalaniladi; 
4) avtomobillarni yig’ish. Avtomobillarni yig’ish jarayoni muxim ish xisoblanadi 
va avtomobillarni ta'mirlashda ayniqsa rezbali, taxtakachlanadigan, ukdosh va 
aylanuvchi birikmalarni yig’ishda ko’p vaqt oladi.
Birikma bolt, gayka, shplintdan iborat bo’ladi. 
Komplektlash bo’limida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 
1. Detallar komplektini ish joyidagi ro’yxatga qarab tanlash. 
2. Detallarin tekshirish va ta'mir o’lchamlari bo’yicha tanlash, 
3. Detallarni tekshirish va o’lcham guruxlari bo’yicha tanlash. 
4. Detallarni (shatun-porshen guruxi detallarini) vazni bo’yicha tanlash. 
5. Pitirlarni tozalash va birikmalarga bir oz chilangarlik ishlovi berib, ularni bir-
biriga moslash. 
6. Shesternyalar komplektini tanlash va chiniqtirish. 
7. Komplektlash bo’limiga keltiriladigan detallarning sifatini umumiy tekshirish. 
8. Komplektlash bo’limiga keltiriladigan va olib ketiladigan detallarni xisobga 
olish. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling