Tvich va diqt ma'ruza lotin
Detallarni vazni bo’yicha tanlash
Download 0,6 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7399 uzsmart.uz
Detallarni vazni bo’yicha tanlash. Dvigatel ishlayotgan krivoship shatun
mexanizmni dinamik nomuvozanat xolatda bo’lmasligi uchun bir komplektdagi porshen va shatunlar vazni bir dvigatelga o’rnatiladigan boshqa porshen va shatunlar komplektining vaznidan juda kam (ko’pi bilan 20 gr) farqlanishi lozim. Shuning uchun barcha porshenlar va shatunlar uz qopqoqlari, boltlari va vkladishlari bilan birgalikda vazni jihatdan guruxlarga bo’linadi. Har bir gurux korxonada qabul qilingan bulgilar bilan belgilanadi. Detallarning radial va yollanma tepish qiymatiga, shuningdek shovqinsiz ishlashiga qarab tanlash. Shesternya maxsus valga tigiz kiygiziladi; val markazlarga yoki prizmaga o’rnatiladi; shesternya tishlariing orasiga toblangan rolik joylashtiriladi, bu rolik indiqator oyokchasiga tekkizib quyiladi. 100 Rolikni bitta-ikkita tishdan keyin qayta joylashtirib va valni burab indiqatorni ko’rsatishdagi tafovut aniqlanadi. Shesternyalarning diametrining har 100mm ga 0.03- 0.04mm radial tepishi ruxsat etiladi. Shesternyalarning yollanma (torrets) tepishi indiqatorning oyokchasini tishli gardishining yon sirtiga urintirib, uning 360 0 ga burib aniqlanadi. Shesternyalarning diametrining har 100 mm ga 0.06-0.08 mm yollanma tepishi ruxsat etiladi. Komplektlash jarayonida xal etiladigan muxim vazifalardan biri aylanadigan detallar va qismlarni muvozanatlashdan iborat. Nomuvozanatlik xodisalari tirsakli hamda kardanli vallarda, g’ildiraklarning ilashish muftalarining disklari, maxoviklar va boshqalarda sodir bo’ladi. Muvozanatlash ikki xil: statik va dinamik muvozanatlashga bo’linadi. Statik muvozanatlash detal og’irlik markazi O 2 ning aylanish mexvari 0ga mos kelmasligi natijasida paydo bo’lgan nomuvozanatlik statik muvozanatlash yo’li bilan bartaraf etiladi. Statik muvozanatlashda detal f prizma 2ga o’rnatiladi. Nomuvozanat detal muvozanatlanmagan vazn m ta'sirida o’zining aylanish uk chizigi “0” atrofida buraladi va uning og’ir tomoni kuyi xolatga kelib tuxtaydi. Detalni muvozanatlash uchun m vaznli toshni aylanish markazi 0 dan R masofada maxkamlash kerak. Tosh vazni m va masofa Rni shunday tanlash kerakki, bunda RM=R 1 m 1 sharti bajarilsin. Muvozanatlashda ko’pincha detalning og’ir tomonidan oz miqdorda metall olib tashlanadi (parmalanadi, frezalanadi). Odatda unchalik uzun bo’lmagan va nisbatan katta diametrli detallar (shkivlar, maxoviklar, ilashish muftasining disklari) statik muvozanatlanadi. Dinamik muvozanatlash. Buyi diametriga nisbatan ancha uzun bo’lgan detallar (tirsakli vallar va kardanli vallar) ning nomuvozanatligi dinamik muvozanatlash yo’li bilan bartaraf etiladi. Dinamik muvozanatlashda ikkala turdagi nomuvozanatlik yo’qoladi. Dinamik muvozanatlashda detalga qo’shimcha biriktirilishi lozim bo’lgan tosh yoki detaldan kesib olinadigan metall vazni va urni aniqlanadi: shunda detal ham statik, ham dinamik muvozanat xolatiga keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling