Tvich va diqt ma'ruza lotin
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7399 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tiko va Damas avtomobillari uchun sinov uslublari
- Ikkinchi bosqich
Chiniqtirish tartiblari: sovuqlayin chiniqtirish, gaz berib yuksiz ishlatib
chiniqtirish, gaz berib yuklab chiniqtirish, sinash va ko’zdan kechirib nazorat qilish. Dvigatelni sinashda ta'mirlash sifati mexanizmlarning to’g’ri rostlanganligi va bundan tashqari dvigatelning quvvati, yonilgining soatli va solishtirma sarfi aniqlanadi. Tiko va Damas avtomobillari uchun sinov uslublari «UzDEU avto» avtomobillarining tamirlangan ichki yonuv dvigateli ikki bosqichli sinovdan o’tkaziladi. Birinchi bosqich - dvigatelni yuklamasiz, 25 minut davomida quyidagi rejimlarda (har rejimda 5 minutdan) chiniktiriladi: 900 … 1100 min 1900 … 2100 min 2900 … 3100 min 3900 … 4100 min 4000 … 4600 min Chiniqtirish dvigatel ishlab chiqargan zaod tomonidan tavsiya qilingan moy bilan o’tkaziladi. Chiniqtirish jarayonida oldin ut oldirishni ilgarilatish burchagi tekshiriladi, zarur bo’lsa, rostlanadi. Sinov vaqtida karbyuratorning xavo to’siqchasi to’la ochik bo’lishi kerak. Chiniqtirishning birinchi bosqichi davomida moylash tizimidagi bosim tekshiriladi, moyning sizib chikmasligi nazorat qilinadi va dvigatel salt ishlanganidan aylanishlar chastotasi rostlanadi. Chiniqtirish jarayonida aniqlangan nosozliklar bartaraf qilinadi va dvigatel karterdagi moy almashtiriladi. 104 Chiniqtirishning birinchi bosqichini stentdda o’tkazish maqsadga muvofiq, ammo stend bo’lmasa avtomobilning uzida ham utkazsa bo’ladi. Ikkinchi bosqich - avtomobilning 5000 km yurishi davomida, undan foydalanish boshida tavsiya etilgan harakat tezliklariga rioya qilgan holda chiniktiriladi. Bunda dvigatel ishga tushirilib, kiyidagilar tekshiriladi: - suv yoki yonilgini quvurlar biriktirilgan joylardan sizib chikmayotganligi; moyning bosimi. Temperatura 80 0S va tirsakli valning aylanish chastotasi 4000 min bo’lganda bosim 0,3 … 0,5 MPa (3…5 kgkG` sm), 1000 min aylanishlar chostotasida esa kamida 0,07 MPa (0,7 kgkG`sm) bo’lishi kerak; - dvigatelning ishshdagi ortiqcha shovqini yukligi; - moyni quyidagi birikmalar orqali sizib ketmayotganligi: a) silindarlar kallangi va kallak kopkogi orqasidagi kistirma orqali. Moy sizib chikkan xollarda kuzatilsa, maxkamlash boltlarining tortilganligi tekshiriladi. Agar boltlar tortilgandan keyin ham moy sizib chiqishi tuxtamasa, kallak kopgogi echiladi va kistirma to’g’ri o’rnatilgani tekshiriladi. Zarurat bo’yicha kistirma almashtiriladi; b) dvigatelning moy karteri, silindirlar bloqi va qopqoqlari orasidagi kistirmalar orqali. Zarurat bo’yicha boltlar tortiladi. Sinov dovomida nosozliklar yuzaga kelsa, dvigatel uchiriladi va ular bartaraf qilinganidan keyingia sinov davom etiriladi. Chiniqtirishning dastlabki davrida dvigatelning aloxida kisimlarining ishqalanish yuzalari orasidagi ishqalanish kuchi katta bo’lganligi sababl, yangi dvigatelning detallarini bir-biriga moslanishi ma'lum vaqtni talab qilishni xisobga olish zarur. Bu, ayniqsa, to’la ta'mirlangan porshen, shatun va o’zak podshipniklari almashtirilganda, tirsakli valning bo’yinchalari va silindar kuzgusi jilolangan divigatelga taluklidir. Ta'mirlangan divigatelni stendda sinalganda, uning ishini maksimal rejimgacha yetkazish mumkin emas. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling