У ч е н ы й X x I в е к а международный научный журнал


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/49
Sana14.05.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1460793
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Bog'liq
uch21vek 3 2022

 
References 
 
1. Jalolov J. "Methods of teaching a foreign language" Tashkent, "Teacher's Publishing 
House" 1996. 
2. Mirolyubov A.A. Rahmonov M.V. Setlin V.S. "General methods of teaching foreign 
languages in secondary schools" Tashkent "Teacher" 
3. Saidakhmedov N. "New pedagogical technologies" No. 1 "People's education" 
magazine 1999. 
4. Farbermann B.X. "Advanced pedagogical technologies" Tashkent, own. 2000 y. 
5. Gafforova T. et al. "Advanced technologies of education" Karshi, Nasaf 2003. 
6. Eshmuhamedov R.J. "Ways to increase the effectiveness of education through 
innovative technologies" Tashkent 2004 
7. Yuldashev J. "Problems of new pedagogical technologies" public education 1999 
8. Azizxo`jayeva N.N. "Pedagogical technologies and pedagogical skills" Tashkent 2003 
9. Abdinazarov Sh. "Actual issues of education" Karshi 1991 
10. Tassov E.U. «Основы методики обучение иностранным языкам». Москва 1997 г.
© 
Yu.S. Mamatova
, 2022. 


Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)
15 
MUQIMIYNING “SAYOHATNOMA”SIDA DAVR, MUHIT, VOQELIK TASVIRI 
 
Ja.Z. Nizomiddinov
1

 
Ushbu maqolada Muqimiy hajvlarining g‘oyaviy konsepsiyasi, “Sayohatnoma” 
asarining janr xususiyatlari va obrazlari, asarda davr, muhit va voqelik tasviri, Qo‘qon 
adabiy muhitida siyosiy hayotning badiiy tasviri, satiraning o‘rni, ijtimoiy tiplarning 
satirik talqinlari haqida so`z yuritilgan. 
 
Kalit so`zlar: Muqimiy, hajv, “Sayohatnoma”, Qo‘qon adabiy muhiti, satira, o’zbek 
adabiyoti, poetik mahorat, “Tanobchilar”, hajviya. 
Xalqimizning ijtimoiy-falsafiy tafakkuri, madaniy-adabiy taraqqiyotimiz tarixida
beqiyos rol o’ynagan ulug’ siymolar nomi va sha’ni o’zining haqiqiy qadr-qimmatini 
topmoqda. Markaziy Osiyoda mashhur Mavlono Muqimiy tarix sinovlaridan 
muvaffaqiyatli o’tib kelayotgan, abadiyatga daxldor ana shunday namoyandalardan
biridir. 
О‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirgan Muqimiy, Furqat, Zavqiy 
singari qalam sohibalari о‘zlarining kо‘ngil kechinmalari, rangin tuyg‘ulari hamda 
ijtimoiy hayotga munosabatlarini badiiy ifodalashda о‘ziga xos mahorat maktabi 
yaratganlar. Shuning uchun ham madaniy merosimizni, uning ulug‘ siymolarining 
hayot va ijod yо‘llarini ham ilmiy ham badiiy talqin etish bugungi kunimizning muhim 
vazifalaridan biridir.
Endilikda o’zbek adabiyoti tarixi yangilanayotgan badiiy tafakkur talablari 
asosida qayta idrok etilmoqda, o’tmishda yaratilgan asarlarning asl mohiyatini 
ochishga harakat qilinmoqda. Adabiyotshunoslik istiqlolgacha bo’lgan davrlarda
badiiy asarlarni asosan ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazaridan tekshirishga moslashgan 
bo’lsa, endi o’sha qoliplarni tark etib, badiiy matnga estetik talablar asosida 
yondashishga, har qanday xulosani matnning o’zidan keltirib chiqarishga harakat 
qilmoqda. Natijada ko’plab mumtoz adabiyot namunalarining asl badiiy qiymati, bir 
qator adiblarning millat estetik tafakkuri taraqqiyotidagi tarixiy o’rni xolisona 
belgilanayotir.
Bizning kelajagi buyuk davlatimiz ana shu falsafaga uyg‘un holda, Xoja Ahmad 
Yassaviy, Xoja Bahovaddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Amir Temur, 
Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari mutafakkir ajdodlarimizning dono 
fikrlariga uyg‘un holda shakllanishi lozim” degan fikri milliy qadriyatlarimizning davr, 
zamon, istiqlol mezoni asosida tadqiq etishni taqozo etadi. Prezidentimiz nomlarini 
tilga olgan ulug‘ ajdodlarimiz safiga o‘zbek mumtoz adabiyotini yangi bosqichga 
ko‘targan, lirikaga yangi ruh, yangi mavzular olib kirgan, ijodi bilan o‘ziga xos mahorat 
va tajriba maktabi yaratgan Mavlono Muqimiyni ham qo‘shish mumkin. Xalqimizning 
bu ulug‘ farzandi o‘zining adolatparvarlik va ma’rifiy qarashlari, ilm-fandagi hamda 
ijtimoiy hayotdagi yangiliklarni badiiy tarannum etishi bilan o‘zi mansub bo‘lgan muhit 
doirasidan yuqori ko‘tarila olgan. Shoir zamonasining taraqqiyparvar kuchlari o‘rtasida
haq so‘zi va haqiqat uchun kurashishi tufayli oldingi o‘rinlarni egallagan. 
Sho‘ro davrida yaratilgan bir qancha tadqiqotlarda ham Muqimiy hayoti va ijodi 
haqida qimmatli ma’lumotlar bildirilgan. Homil Yoqubov, Abdulla Olimjonov, Hamid 
Olimjon, Hodi Zaripov, Hoshimjon Razzoqov, G‘ulom Karimov, Abdurashid 
Abdug‘afurov, 
Abduvohid 
Shokirov 
kabi 
olimlar 
tadqiqotlari 
shular 
jumlasidandir. Ammo bu tadqiqotlarning bahsli, munozarali jihatlari ham talaygina. 
Ularni Milliy istiqlol mafkurasi nuqta nazaridan yangicha talqin etish zarurati bor. 
Muqimiy ijodini o‘rganishda professor G‘.Karimovning xizmatlari katta bo‘ldi. U 
Muqimiy “Asarlar to‘plami”ni jami to‘rt marta (1958, 1960, 1973, 1974-yillarda) nashr 
ettirdi. Shoirning nazmiy asarlariga bag‘ishlangan tadqiqotlari, xususan, 1962-yili 
yoqlangan “O‘zbek demokrat shoiri Muqimiy va uning davri adabiyoti” mavzuidagi 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling