У ч е н ы й X x I в е к а международный научный журнал


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/49
Sana14.05.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1460793
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49
Bog'liq
uch21vek 3 2022

ASOSIY QISM: 
Adabiy asardagi qahramonlar portreti ularni bir-biridan farqlash imkonini 
beradi. Portret – fransuzcha “portaire” so‘z bo‘lib, “tasvirlamoq” demakdir. Portret 
qahramonlarning tashqi jihatlari haqidagina emas, uning ichki olami-ma’naviy qiyofasi, 
fe’l-atvori haqida ham muayyan tasavvur beradi.
3
Atoqli yozuvchimiz Omon Muxtor 
qalamiga mansub “Oppoq qor” hikoyasi asosida “Ota” timsoliga baho beramiz. 
Hikoyada ikki farzandidan ajralgan ota timsoli yoritilgan. Hikoya hajm jihatidan 
qisqa, ammo mazmunan teran mohiyatga egaligi bilan kitobxonlar qalbidan chuqur joy 
egallagan. 
No‘mon cholning ikki nafar o‘g‘li bor edi. Allohning inoyati bilan, biri yoshligida 
vafot etadi. Oradan ma’lum yillar o‘tib, ikkinchi farzandi ham voyaga yetib-yetmay 
urushga jo‘natiladi. Shu-shu ahyon-ahyonda xat kelib turadi, uni qo‘shni qiz Mayram 
olib kelar va otani xursand qilib o‘qib berar edi. Kunlarning birida Mayram yana 
qo`lida xat bilan keldi. Tushkun kayfiyatda, yig`lagan, aybdor qiyofada. Ota hammasini 
sezar, Mayramni aytishini kutardi. Ammo …… 
1
Qayumova Gulasal - QarDUPI Tillar fakulteti Ta’lim-tarbiya maslahatchisi, 
O‘zbekiston, Qashqadaryo. 
2
qarang, “Adabiyotshunoslik nazariyasi”, A.Ulug‘ov, G‘.G‘ulom NMIU, T – 2018
3
“Adabiyotshunoslik nazariyasi”, A.Ulug‘ov, G‘.G‘ulom NMIU, T – 2018, 62-63-b 


Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)
69 
No‘mon ota ichki dard bilan qichqirdi. Uning og‘ir, mo‘ysafid boshi quyi egildi. 
Mayram doka xo‘llab cholning peshonasiga qo‘ydi, qo‘ltig‘idan ushlab o‘ringa yotqizdi. 
Chol pechka biqinidagi ko‘rpada, ko‘zlari yarim yumuq holda cho‘zilib yotar, 
nimalarnidir pichirlar edi.
 
No‘monxon otaning ikkinchi bor ham qalbi farzand dog‘ida kuydi, ado bo‘ldi. 
Dunyo ko‘zlariga tor ko‘ringan kezlarida bozor aylanishni o‘ziga odat qilib oldi. 
Kunlarning birida bozor aylanib, non do‘koni yoniga kelib qoldi. Non do‘koni yonida 
uymalanib yurgan choponi yirtiq, qarovsiz bir bolani ko‘rib qoldi. U tepalik tagida 
ko‘zlarini yumib junjikib o‘tirardi. 
Chol Bolani ko`rib,rahmi keldi. 
-Nega bu yerda o‘tiribsan, bolam? 
-Otam o‘gay. Haydadi… Non bermaydi, onamni uradi. Haydadi…Sovuq yedim, 
amakijon. 
No‘mon otaning qalbiga bosilgan og‘ir tosh ustiga yanada og‘irroq bir tosh 
bosildi. Ammo bu alam toshlari qanchalik vazmin bo‘lmasin, ularni bir siltanib, uloqtirib 
tashladi chol. 
-Yur, bolam, menikiga yur. 
No‘mon ota, bola kattagina ekanligiga qaramay, uni ko‘tardi-da, keksa yelkasiga 
mindirib uyiga olib keldi.
1
Hikoya so`ngi No`mon ota asrab olgan farzandi, ulg‘ayib kamolga yetadi, 
uylanadi, farzandli bo`ladi. Hikoyamiz qahramoni bir quchoq nevaralar qurshovida, 
ardog`ida hayot kechiradi. 
Shu o`rinda bir naql yodga tushadi: Bolani begonasi bo`lmaydi. Darhaqiqat, buni 
yuqoridagi hikoya orqali ham guvohi bo`ldik.
Amur Temurdek buyuk sarkarda ham farzandlari o`rtasida tenglikni, adolatni 
kuylagani, barcha mol-mulkini taqsimlashda ham adolat bilan yondoshganligi tarixga 
muhrlangan. Bunda farzandlariga saltanatni taqsimlash jarayoni, to`la-to`kis misol 
bo`la oladi. Otalik maqomiga erishgan har bir inson, xoh shoh yoki oddiy bir inson, u 
farzandlari uchun o`z mavqeiga ega. Amur Temur farzandlari orasidan saltanat uchun 
bosh ko`targan o`g`illariga jazoni shunday tartibda belgilaganki, bunda otalarcha 
mehrni bilmaslikning, sezmaslikning imkoni yo`q. 
“Amir qildimki,agar o`g`illarimdan qaysi birovi saltanat martabasiga da’vogarlik 
qilib bosh ko`tarar ekan, uni o`ldirishga qo`llarini bog`lashga yoki muchasidan biror 
joyini kamaytirishga hech kim jur`at qilmasin. Lekin o`z da’vosidan kechmaguncha, uni 
asrlikka saqlasinlar, toki Xudoning mulkida urush chiqmasin.”
2
Bu o`rinda Amur Temurning siyosatiga yoki, uning adolatga putur yetkazayotgan 
shoh sifatida fikr bildirishdan yiroqmiz. Umuman olganda fikrimiz otalik maqomiga 
qaratilgan ekan, otaning farzandlariga bo‘lgan mehri degan bo`lar edim. 
Shu o`rinda savol tug`iladi: Agar shoh farzandini o‘rniga boshqa bir zadogon yoki 
oddiy xalq farzandi bo`lganida uning ahvoli ne kechar edi? 
Navbatdagi masala Abdulla Qodiriyning “O`tkan kunlar” romanidagi ota timsoli 
xususida. Bu romanni bilmagan, o`qimagan o`zbek kitobxoni yo`q desak, mubolag`a 
bo`lmas. Asarda, o`zbekona urf-odatlar, milliy qadriyatlar, ota- ona va farzand 
munosabatlari juda ajoyib tarzda o`z ifodasini topgan. Ayniqsa, Otabek va Yusufbek hoji 
obrazlari orqali haqiqiy o`zbek otasi obrazi ochib berilgan. Bundan tashqari Otabek va 
Hasanali o‘rtasidagi munosabatda Otabekning nechog‘liq tarbiya sohibi ekanligi yaqqol 
namoyon bo‘ladi. 
-O`g`lim, Otabek. 
-So`zlangiz. 
-Ayting-chi, men sizning kimingiz? 
Otabek, Hasanalining maqsadiga tushunolmay majhul unga nazar tashladi: 
-Sizmi?-deb kulimsiradi. –Otam bo`lmasangiz ham, meni otaliq muhabbati bilan 
suygan sodiq va mehribon bir kishimsiz,ya`ni ma`naviy otam.
3
1
“O‘zbek hikoyalari antologiyasi”, “Sharq” nashriyot-matbaa kontsernining bosh 
tahririyati. T – 1997
2
“Temur tuzuklari”, “ shodlik” nashriyoti. Toshkent – 2019-yil, 99-bet). 
3
A.Qodiriy “O`tkan kunlar” romani, “Navro`z” Toshkent – 2019-yil,25-bet. 


Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84) 
70 
Bu o`rinda biz Hasanali Otabekga nisbatan qanday fikrdaligi, uning qanday inson 
ekanligi, unga qilgan xizmatlari, mehr-muhabbati qay darajadaligini romanni o`qigan 
har bir kitobxon biladi, his qiladi. Aslida-chi? 
Aslida, Hasanali Otabekga ota, nainki, ota hatto unga qarindoshlik aloqasi ham 
yo`q bir uy xizmatchisi hisoblanar edi. Yusufbek hoji , aql va zakovatli, xalqparvar inson. 
Uni har bir gap-so`zidan ma`no olish mumkin bo`lgan, ziyoli va bilimli obraz. Otabek 
ham o`z navbatida otasiga tik boqqan farzand emas. Buni quyidagi suhbat orqali ham 
bilib olish mumkin. 
-O`g`lim, hali san eshitdingmi, yo`qmi haytovur , biz saning ustingdan bir ish qilib 
qo`ydiq… 
Otabek ma`lumki, ularning “qilib qo`ygan yoki qilmoqchi bo`lgan ishlarini”, 
albatta , bilar edi. Shundoq ham bo`lsa, bilmaganga solindi: 
-Aqllik kishilarning o`g`ullari ustidan qilg`anishlari, albatta noma`qul bo`lmas, -
dedi.
1
Endi Otabek o`rnida zamonaviy o`g`il va ota timsolini bir ko`z oldingizga keltirib 
ko`ringchi…? 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling