244
maqsadida mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasidagi kurash; xo‘jalik yurituvchi shaxslarning
bozorda o‘z mahsulotini aynan shunday mahsulotlar sotish shartlariga
ta’sir qilish maqsadidagi bellashuvi. Raqobat ikki ko‘rinishda:
a) tarmoqlararo; b) tarmoq ichida ko‘rinishlarda bo‘ladi. Tarmoqlararo
R.- turli yo‘nalishlarda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning
kapitalini
eng qulay joylashtirish, ko‘p foyda olish uchun olib borgan kurashi.
Tarmoq ichidagi R.- bir xil ko‘rinishda mahsulot ishlab
chiqaruvchilarning
bozor uchun, mahsulotni foydali, qulay sotish
uchun olib borgan kurashi. Halol
R- bozordagi kurashda qabul
qilingan qonun-qoida, hammaga ma’qul usullarga asoslanadi. G‘irrom
R o‘z ichiga quyidagi xarakterli belgilarni oladi: 1) raqib haqida
noto‘g‘ri va noaniq ma’lumotlar
tarqatish; 2) mahsulotning sifati,
ishlab chiqarilgan joyi xususida iste’molchini aldash, uni adashtirish;
3)
raqibning mahsulot belgisidan, nomidan noto‘g‘ri foydalanish;
4) past sifatli mahsulotlarni reklama qilish; 5)
raqib mahsulotining
sifati to‘g‘risida asossiz ma’lumot tarqatish va h.k.
Reklama
– (fr.reclame)-tovar yoki ko‘rsatiladigan xizmat to‘g‘risidagi xolis
axborot, ularni ko‘proq sotish maqsadida xaridorlarga ularning
xossalari, afzalliklari va sotib olish shartlarini yetkazish. R.
maxsus
firmalar orqali amalga oshiriladi va yuqori daromad manbayi
hisoblanadi.
Rentabellik – (nem.rentabel – foydali, daromadli)-foyda olish darajasi. R. ma’lum
davr mobaynida olingan foyda miqdorining shu davrda sarflangan
asosiy ishlab chiqarish fondlari va
oborot vositalari qiymati
yig‘indisiga yoki mahsulotning ishlab chiqarish va sotish xarajatlari –
tannarxga nisbati sifatida foizlarda hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: