U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
Download 1.35 Mb.
|
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)
Muomalalar mazmuni
t/r 59
HISOBGA OLISH Xomashyo va materiallar qabul qilgan korxonalar ularning qiymatini mol yetkazib beruvchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bilan birgalikda to‘laydi. Mol yetkazib beruvchi korxona olingan tushumdan QQSni byudjetga to‘laydi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) tovarlarni sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga asoslangan holda sof daromadning bir qismini budjet daromadiga olib qo‘yishning bir shaklidir. QQS 20 foizlik stavkada undiriladi. QQS ikki xil usulda hisoblanadi: 1) Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: S QQS = S Tob * SS/100; (1) Bunda: S QQS – iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi; S Tob - soliqqa tortiladigan aylanma; SS — qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi. 2) Tovar (ish, xizmat)lar qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z ichiga olgan narxlar va tariflar bo‘yicha sotilganida soliq quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: S QQS = T q *SS/(SS+100); (2) bunda: T q — qo‘shilgan qiymat solig‘i ham hisobga olingan tovar (ish, xizmat)lar qiymati. Masalan, «Imkoniyat» kompaniyasi mol yetkazib beruvchilardan 200000 so‘mlik material sotib oldi. Uning QQS summasi quyidagicha bo‘ladi: 1-holat bo‘yicha: QQS summasi=(200000*20%)/100%=40000 so‘m. 2-holat bo‘yicha: QQS summasi=(200000*20%)/(100%+20%)=33333,(33) so‘m. Moddiy boyliklarni xarid qilish bo‘yicha to‘lanadigan QQSni buxgalteriya hisobida hisobga olib borish uchun 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» schyotidan foydalanish ko‘zda tutilgan. Materiallar ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarga sarflanishi jarayonida hisoblangan QQS summasi 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» schyotidan 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyotiga sarflangan materiallar qiymatiga mutanosib ravishda o‘tkaziladi. Misol. Korxona mol yetkazib beruvchidan 100000 so‘mlik material 60
laga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: – Sotib olingan material qiymatiga – 100000 so‘m: D-t 1010-«Xomashyo va materiallar» – 100000 so‘m. K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» – 100000 so‘m. – Hisoblangan QQS summasiga – 20000 so‘m: D-t 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» – 20000 so‘m. K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» – 20000 so‘m. Mol yetkazib beruvchiga pul o‘tkazib berilganida: D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» – 120000 so‘m. K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» – 120000 so‘m. Hisobot oyi davomida korxonada 45000 so‘mlik material ishlab chiqarishga sarflandi. Demak, QQS 9000 so‘mga teng: (45000*20%)/100%=9000 so‘m. Bu summaga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: D-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» – 9000 so‘m. K-t 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» – 9000 so‘m. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling