U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


ASOSIY VOSITALARNING QABUL QILINISHI


Download 1.35 Mb.
bet50/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

4.3. ASOSIY VOSITALARNING QABUL QILINISHI
VA HISOBGA OLINISHI
Foydalanishga qo‘yilgan har bir obyekt uchun OS-1 raqami tipik
shakldagi asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi
yoziladi. Asosiy vositalar hisobi korxonalar buxgalteriyasida belgilangan
nomenklaturada har bir inventar obyekti bo‘yicha yuritiladi.
Inventar obyekti deyilganda – ayrim vosita yoki ma’lum ishlab
chiqarish funksiyasini bajarishga mo‘ljallangan buyumlar jami tu-
shuniladi.
Hisobga qabul qilingan har bir asosiy vositalar obyektiga, masalan:
binolarga 001 dan 099 gacha, inshootlarga 100dan 199 gacha, o‘tkazish
qurilmalariga 200 dan 299 gacha va hokazo inventarlar raqami birik-
tiriladi.
Buxgalteriya dalolatnomasi asosida OS–6 inventar kartochkasi
ochiladi va unga obyekt haqidagi hamma ma’lumotlar yoziladi. So‘ngra
inventar kartochkalari OS–7 shaklidagi maxsus ro‘yxatga asosiy
vositalarni turkum guruhlari bo‘yicha ro‘yxat qilinadi. Ro‘yxat qilingan
kartochkalarga asosiy vositalar kartochkalari joylashtiriladi.
Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi (8-shakl) joriy
yilning boshida ochiladi. Bu ma’lumotlardan asosiy vositalar harakati
oborot vedomosti tuzishda foydalaniladi.
Subyektning mulkiy huquqidagi asosiy vositalarning mavjudligi va

70
harakati foydalanishdagi, zaxiradagi, konservatsiya qilingan va joriy


lizing bo‘yicha oborotlarni umumlashtirish aktiv 0100 – «Asosiy
vositalar» schyotida hisobga olinadi. Schyotning debetida asosiy
vositalarni dastlabki qiymatida hisobga olinishi, kreditida esa hisobdan
chiqarilishi aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning tahliliy hisobini tashkil qilish Respublikamiz
hududidagi va xorijdagi ushbu vositalarning mavjudligi va harakati
haqida ma’lumotlar olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Foydalanishdagi, zaxiradagi yoki ijaraga berilgan korxonaga qarashli
asosiy vositalarning holati va harakatini hisobga olish 0100- «Asosiy
vositalar», 0700- «O‘rnatiladigan asbob-uskunalar», 0800-«Kapital
qo‘yilmalar» schyotlarida yuritiladi.
Asosiy vositalar foydalanishga qabul qilinganda quyidagi yozuvlar
amalga oshiriladi:
D-t 0810, 0820, 0840 K-t
D-t 0110-0190 K-t
Qurib bitkazilganda, sotib olinganda kirim qilindi
D-t 8530, 4610 K-t
Tekinga olindi, ta’sischilardan ulush sifatida
balansga qabul qilindi
D-t 0310 K-t
Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy
vositalar korxona mulkiga qabul qilindi
Bepul qabul qilingan asosiy vositalarni montaj qilish, o‘rnatish
bo‘yicha xarajatlar korxona hisobidan olib boriladi va 08-schyotda yuri-
tiladi. Bepul olingan asosiy vositalarni keltirish bo‘yicha xarajatlar 2010,
2310, 2510-schyotlarida hisobga olinadi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling