68
4.2. ASOSIY VOSITALARNING BAHOLANISHI VA
HISOB VAZIFALARI
Asosiy vositalar harakatdagi, zaxiradagi
va foydalanilmaydigan
obyektlarga u yoki bu korxonaga qarashliligi nuqtayi nazaridan kor-
xonaning o‘ziga qarashli va ijaraga olingan obyektlarda bo‘ladi.
Asosiy vositalarni hisobga olishning zaruriy sharti bo‘lib ularni
baholash yagona prinsipi hisoblanadi. Asosiy vositalar to‘rt xil
baholanadi: (5-BHMA 11–14-bandlari).
1. Dastlabki qiymati.
2. Tiklash qiymati.
3. Qoldiq qiymati.
4. Tugatish qiymati.
Obyektlarning
dastlabki qiymati – bu asosiy vositalarni qurish
yoki sotib olish boyicha qilingan haqiqiy xarajatlar yig‘indisidir.
Bunga
to‘langan soliqlar, to‘lovlar, keltirish va montaj qilish, o‘rnatish, foyda-
lanishga topshirish va boshqa xarajatlar kiradi.
Tiklash qiymati – asosiy fondlarni qayta
ishlab chiqarish qiyma-
tidan, ya’ni ularni ma’lum muddatga harakatdagi bozor baholari bo‘yicha
qurish yoki sotib olishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: