U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Download 1.35 Mb.
bet51/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

4.4. ASOSIY VOSITALARNI HISOBDAN
CHIQARISHNING HISOBI
Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi quyidagi hollarda yuz
beradi:
1. Boshqa davlat korxonalariga yuqori tashkilot ruxsati bilan qayta
taqsimlash tarzida naqd pulsiz berilishi.
2. Boshqa korxona va tashkilotlarga sotilishi.




71
3. To‘la eskirishi, tabiiy ofat natijasida va boshqa sabablarga ko‘ra


hisobdan chiqarilishi.
Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi OS-1, OS-3 va OS-4
shakllardagi qabul qilish topshirish aktlari bilan rasmiylashtiriladi.
Asosiy vositalarning sintetik hisobi 13-jurnal orderda yuritiladi. Unga
0100-«Asosiy vositalar», 0200-«Asosiy vositalarning eskirishi», 8500-
«Ustav kapitali» schyotlarining krediti bo‘yicha yozuvlar qayd qilinadi.
Asosiy vositalarni (bino) tugatish operatsiyalari hisobda quyidagicha
aks ettiriladi:
D
0120
K
D
9210
K
D
0220 K
100000
80000
D 6710, 6510 K
D 1090 K
1000
3000
D
1010
K
D
9430 K
500
18500
Asosiy vositalar bepul topshirilganda korxonalar ularni o‘zining
hisobida quyidagicha aks ettiradi.
D 0120 K D 9210 K D 0220 K
Balans qiymati
Eskirish summasiga
Debetli qoldiq asosiy vositalarning qoldiq qiymatida ko‘rsatiladi va
ustav kapitalining kamayishiga yoziladi.
D 9220 K D 9430 K
Qoldiq qiymati
4.5. ASOSIY VOSITALAR ESKIRISHINING
HISOBGA OLINISHI
Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida va tabiat kuchlari
ta’sirida asta-sekin eskirib boradi. O‘zining qiymatini ishlab chiqa-
rilayotgan mahsulot yoki bajarilayotgan ish qiymatiga sekin-asta
o‘tkazadi. Ular ikki xil – jismoniy va ma’naviy eskiradi.

















72
Obyektlarning foydalanish jarayonidagi eskirishi jismoniy eskirish


deyiladi.
Yuqori mehnat unumdorligini ta’minlaydigan, tuzilishi jihatidan
avval foydalanishda bo‘lgan eski obyektlar ularni jismoniy jihatdan to‘la
eskirgunga qadar ishlab chiqarishdan siqib chiqaradi. Bu ma’naviy
eskirish deyiladi.
Asosiy mahsulotlarning mahsulot qiymatiga o‘tkazilgan qismi ularni
qayta tiklash manbayi hisoblanadi.
Mahsulot yoki bajarilgan ish tannarxiga o‘tkazib beriladigan asosiy
vositalar eskirgan qismiining qiymati amortizatsiya ajratmalari
deyiladi. Amortizatsiya summasi obyektning dastlabki qiymatini qayta
tiklash va kapital ta’mir bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashi lozim.
Amortizatsiya summasi avval belgilangan me’yor asosida aniqlanadi.
Uy-joy, bino bo‘yicha amortizatsiya summasi faqat kapital ta’mir
xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi. Yangi binolarni qurish bilan bog‘liq
sarflar esa kapital qo‘yilmalar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23-moddasiga binoan
asosiy vositalarning amortizatsiya normalari quyidagicha belgilangan:

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling